Toshkent davlat yuridik instituti o. T. Xusanov


partiyalarning partiya guruhlari ham ko„tarish huquqiga egaligi va shunday holat



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/236
Sana26.05.2022
Hajmi2,53 Mb.
#609208
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   236
Bog'liq
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsyiyaviy huquqi (2)


partiyalarning partiya guruhlari ham ko„tarish huquqiga egaligi va shunday holat 
yuzaga kelganda, hokimni vazifasidan ozod qilish tartibini bayon qilgan edik. 
O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis palatalarining qo„shma 
majlisidagi ma'ruzasida viloyat va Toshkent shahar hokimlarini tayinlashda Bosh 
vazir ishtirokini belgilovchi norma bo„lishi haqida taklif bildirildi va 
Konstitutsiyaning 93-moddasi 15-bandi “viloyatlar va Toshkent shahar hokimini 
qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi” degan so„zlar bilan 


453 
to„ldirildi. 
 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. 
1. Mahalliy davlat hokimiyati organlari nima uchun zarur? 
2. O„zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimi qanday tashkil 
qilingan? 
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining Konstitutsiyaviy vazifalari 
nimalar? 
4. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari qanday? 
5. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qaysi organlar. Nima uchun 
ular vakillik organlari deydilar? 
6. Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari qanday tashkil qilinadi? 
7. Mahalliy vakillik organlarining tashkiliy faoliyat shakli qanday? 
8. Mahalliy ijro hokimiyatini kim amalga oshiradi? 
9. Hokimlarni maqomi qanday? 
10. Hokimlar lavozimiga qanday tayinlanadi va ozod qilinadi. 


454 
XXV bob. Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari. 
 
§ 1. O„zini o„zi boshqaruv va uning demokratik jamiyatdagi o„rni 
O„zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo„liga kirgach,milliy 
davlatchilik an'analariga, qadriyatlariga mos keluvchi va xalqning xohish- irodasini 
to„la aks ettira oluvchi o„zini o„zi boshqarish organlari tizimini barpo etishni 
maqsad qilib qo„ydi. 
Bunda xorijiy mamlakatlarning bu boradagi tajribalari chuqur o„rganildi va 
O„zbekiston sharoiti etiborga olindi. Natijada O„zbekistonning o„ziga xos o„zini 
o„zi boshqarish organlari vujudga keldi. Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish 
organlari Konstitutsiyaning 105-moddasiga asosan fuqarolarning yig„inlari 
hisoblanadi. Ular qishloq, shaharcha, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda 
hamda shahardagi mahallarda faoliyat ko„rsatib, ikki yarim yil muddatga raisni 
(oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi. 
Konstitutsiyaning shu moddasi holatidan ko„rinib turibdiki, fuqarolarning 
o„zini o„zi boshqarish organlari davlat organlari tizimidan ajratilgan va alohida 
turdagi hokimiyatni amalga oshiruvchi organdir. 
O„zbekiston o„zini o„zi boshqarish organlari tizimini davlat organlari 
tizimidan alohida belgilash bilan birga, faoliyati va boshqa tomonlariga mutlaqo 
yangicha jihatlar kiritdi. Jumladan, deyarli barcha mamlakatlarda (Rossiya, 
Turkmaniston, Fransiya, Germaniya va hokazo) bu institut mahalliy o„zini o„zi 
boshqarish deb atalsa, O„zbekiston uni fuqarolarning o„zini o„zi boshqarishi deb 
atadi. Bu shunchaki nomni o„zgartirish emas,masalani mohiyatini bildiruvchi 
holatdir. Mahalliy o„zini o„zi boshqarishga nisbatan, fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish so„zi o„zini o„zi boshqarishni mustaqil demokratik institut sifatida 
to„laroq ko„rsatadi. Sababi, mahalliy boshqaruv faqat o„zini o„zi boshqaruv orqali 
emas, davlat organlari orqali ham amalga oshiriladi, ya'ni mahalliy boshqaruvda 
davlat ham ishtirok etadi. Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning asosiy 
vazifasi mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirishdir. 
Shuning uchun O„zbekistonda o„zini o„zi boshqaruvni mahalliy o„zini o„zi 


455 
boshqaruv emas, fuqarolarning o„zini o„zi boshqaruvi deb nomlanishi, masalaning 
asl mohiyatiga mos keladi va o„zini o„zi boshqaruvning davlat boshqaruvidan holi 
ekanligini ko„rsatadi. 
O„zini o„zi boshqarish fuqarolar faoliyatining bir yo„nalishi, jahon 
davlatchiligi va jamiyat rivojlanishi tajribasida uchraydigan muhim institut 
hisoblanadi.O„zini o„zi boshqarish fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan 
bo„lib, bu huquq fuqarolarning o„zini o„zi boshqaruv organlari orqali amalga 
oshiriladi. 
O„zini o„zi boshqarish, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning 
tarixiy-milliy xususiyatlariga tayangan holda aholi (jamoa) manfaatidan kelib 
chiqib, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal etish maqsadida faoliyat 
ko„rsatadigan fuqarolar faoliyatining tashkiliy tizimidir. 
O„zini o„zi boshqarish tushunchasi bilan, o„zini o„zi boshqarish organlari 
tushunchasi bir biridan farq qiladi. O„zini o„zi boshqaruv tashkiliy tizimdan iborat 
faoliyat bo„lsa, o„zini o„zi boshqaruv organlari shu faoliyatni amalga oshiruvchi 
tuzilmalar (tashkilot) hisoblanadi. 
O„zini o„zi boshqarish faoliyati orqali fuqarolar davlat va jamoat ishlarida 
ishtirok etadi yoki boshqacha qilib aytganda, o„zini o„zi boshqaruv fuqarolarning 
jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini taminlovchi muhim vositalardan biridir. 
Bu Konstitutsiyaning 32-moddasida ham o„z ifodasini topgan. Unga asosan 
fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda o„zini o„zi boshqarish orqali 
ishtirok etadi. 
Bizning Konstitutsiyamiz o„zini o„zi boshqarish masalasiga faqat 
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarini faoliyatini belgilash bilan 
yondashgan. 
Aslida o„zini o„zi boshqarish ancha keng tuzulma bo„lib bir necha 
harakatlarni o„z ichiga oladi. Jumladan, referendum (umumxalq ovozi) ham ayrim 
mamlakatlarning Konstitutsiya va qonunlarida o„zini o„zi boshqarish hisoblanadi. 
Yoki jamoat birlashmalari faoliyatini amalga oshirish, davlat tashkilot, 
korxona, muassasalardagi jamoatchi tashkilotlar ham o„zini o„zi boshqarish 


456 
hisoblanadi. O„quv yurtlaridagi ota-onalar qo„mitalari, “Komolot” yoshlar harakati 
boshlang„ich tashkilotlari ham o„zini o„zi boshqarish ko„rinishidadir. 
Shunday qilib, o„zini o„zi boshqaruv aholi tomonidan turli xil Kengash 
qo„mita va boshqa tuzilmalar orqali amalga oshiriladi. 
O„zini o„zi boshqaruv demokratiyaning bir ko„rinishi bo„lib, xalq 
hokimyatini ro„yobga chiqarish vositasidir. Jamiyat demokratlashib borgan sari 
o„zini o„zi boshqarish kuchayib boradi. U fuqarolik jamiyatining asosiy sharti va 
muhim instituti hisoblanadi. 
O„zini o„zi boshqarish faoliyati kollegialchilik, oshkoralik, turli fikrga 
asoslanib, unda barcha fuqarolar teng asosda ishtirok etadi. Bu o„zini o„zi 
boshqarish organlarini tuzishda, ularning tashkiliy tuzulmalar ishida ishtirok 
etishda ko„rinadi. 
Biror bir yo„l bilan o„zini o„zi boshqarish organlari faoliyatida ishtirok 
etishni cheklash, to„sqinlik qilish mumkin emas. 
“Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari to„g„risida”
1
gi qonunda (7-
modda) o„zini o„zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimyati organlari 
tizimiga kirmasligi ko„rsatilgan va ularning amaliy faoliyati ham shuni ko„rsatadi. 
Ayrim xorijiy mamlakatlarda o„zini o„zi boshqaruv davlat organlaridan 
mustaqil 
deb 
ko„rsatilgani 
bilan 
(Rossiya 
Konstitutsiyasining 
12-
moddasida,mahalliy o„zini o„zi boshqarish organlari davlat hokimyati organlari 
tizimiga kirmaydi, deb belgilangan), ba'zan bu qoidaga zid holatlar mavjud. 
Masalan, Rossiyada 50 mingdan ortiq aholi yashaydigan joylarning mahalliy 
boshqaruv ma'muriyati boshlig„i – o„lka, viloyat mamuriyati boshlig„i, davlat 
organi tomonidan tayinlanishi belgilangan. 
O„zbekistonda fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarini aniq bir xil 
pog„onada mahallarda tuzilishi va bir xil nomlar bilan atalishi, ularning 
O„zbekistonning siyosiy tizimida o„zining munosib o„rnini topishga, bozor 
munosabatlariga asoslangan demokratik-huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati 
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси фаолиятини тартибга солувчи қонун ҳужжатлари 


457 
qurish davrida ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishga sabab bo„ladi. Albatta, shahar 
va mahallalarida tuzilgan o„zini o„zi boshqarish organlari vakolatlarida farq bor. 
O„zini o„zi boshqarish organlari fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida 
ishtirokini taminlovchi, ularning ma'naviy tarbiyasiga, ijtimoy himoyasiga ta'sir 
qiluvchi va boshqa manfaatlarini ro„yobga chiqarishga hissa qo„shuvchi muhim 
tuzilmadir. 
Keyingi paytda fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlari faoliyati 
yanada faollashdi va kengaydi. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o„zini 
o„zi boshqarish organlariga katta umid bog„lanmoqda. Buni Prezidentimizning 
“Biz fuqarolik jamiyatini qurishga intilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, 
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita 
xalqqa topshirish, ya'ni o„zini o„zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish 
demakdir”,- degan so„zlaridan ham bilsa bo„ladi. Fuqarolik jamiyatida fuqarolar 
faqat davlat va jamiyat ishlarida ishtirok etish bilan chegaralanmaydi. Bu 
jamiyatda har bir shaxsning fikri, ovozi e'tiborga olinishi, har bir kishi o„zini 
to„laqonli shaxs, jamiyatning to„la a'zosi deb his qilishi kerak. Bunda ham 
fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish organlarining roli kattadir. 
O„zini o„zi boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda, 
O„zbekistonning eng katta yutug„i ushbu masalani hal qilishga milliy an'analari, 
qadriyatlarni tiklash, aholini tub manfaatlariga mos keluvchi yo„lni tanlash nuqtai 
nazaridan yondoshish bo„ldi. Ya'ni, o„zini o„zi boshqarishda asosiy tayanch 
(makon) qilib mahallar belgilandi. 
O„zbekiston mahallalari kabi kuchli, samarali va ta'sirchan vosita boshqa 
mamlakatlarda yo„q. U uzoq davrlardan ijtimoiy hayotda beqiyos o„ringa ega 
bo„lib kelgan. Inson qalbida Vatan tuyg„usining shakllanishiga, milliy g„ururning 
vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan holi bo„lishda katta ta'sir ko„rsatgan. 
Mahallalardagi muhit orqali jamoat fikrini to„laroq aniqlasa bo„ladi. Demak, 
ushbu hislat O„zbekistonga xos xususiyatdir. Bu esa umume'tirof etgan 
тўплами. –Т.: 2007. 85-94-бетлар.


458 
demokratiya yo„llariga mamlakatimiz qo„shgan hissasidir. Yoki boshqacha qilib 
aytganda, O„zbekiston demokratiyani yangi xislatlar bilan boyitmoqda. 
Mahallalar faqat eski mahalla o„rinlarida tashkil qilinib qolmasdan ularga 
ko„p qavatli binolarning qo„shilishi, yoki ko„p qavatli binolardan iborat 
mahallalarning tashkil etilishi esa ayni muddao bo„ldi, chunki bu ko„p qavatli 
binolarda yashovchilarning hayotiga mahallalardagi ijobiy holatlarni olib kirish 
imkoniyatini beradi. 
O„zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati 
demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda. Bu esa asosiy 
maqsad – fuqarolik jamiyatini qurishga ko„maklashadi. “Biz islohotlarni 
chuqurlashtirish, demokratik tub o„zgarishlar yo„lidan olg„a siljish, hayotimizda asl 
demokratik qadriyatlar qaror topayotgani to„g„risida gapirganda, avvalo, fuqarolik 
jamiyati asoslariga o„tish, fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish muassasalarini 
butun choralar bilan kengaytirishni nazarda tutamiz. Bu barcha islohotlarning 
asosiy mohiyati va bosh mantiqidir”, – deb ta'kidlandi O„zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisning to„rtinchi sessiyasida. 
O„zini o„zi boshqarish muassasalari va ular faoliyatining kengayishi esa 
bevosita mahallalarning mavqyeini kuchaytirish bilan bog„liq. 
Mahalla boshqa mamlakatlarda mavjud bo„lmagan, faqat O„zbekistonga xos, 
davlat bilan fuqarolarni bog„lovchi muhim ko„prikdir. Uning faoliyati natijasida 
davlat bilan fuqarolar o„rtasida alohida munosabat vujudga keladi. 
Fuqarolik jamiyati qurilar ekan, bu jamiyat faqat fuqarolarning jamiyat va 
davlat ishlarida ishtirokini ta'minlash bilan chegaralanmaydi. Jamiyat azolarini 
jamiyatning to„la qonli a'zosi bo„lish uchun imkoniyat yaratilishini nazarda tutadi. 
Bu o„z ichiga siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy masalalarni oladi. O„zini o„zi 
boshqarish organlari, mahallalar fuqarolarining davlat va jamiyat hayotida ma'lum 
mavqyega ega bo„lish uchun asos yaratadi. Bunga esa tarbiya, ijtimoiy muhofaza 
choralarini kuchaytirish ham kiradi. Demak, o„zini o„zi boshqarish organlari yoki 
mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta'minlash, 
kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilish bilan cheklanib qolmaydi. 


459 
Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma'naviy kamolotini oshirish 
uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo„qotish uchun ish olib 
borishi va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an'anlarga, Vatanga, davlatga, boshqa 
fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir. 
O„zini o„zi boshqarish organlari, mahallarning faoliyati, bundan so„ng ham 
takomillashtirilib, vazifalari kengayib boradi. 
“Fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish instituti – mahalla faoliyatining 
tashkiliy asoslarini, yanada takomillashtirish, uning vazifalari ko„lamini 
kengaytirish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o„zoro yaqin 
munosabatlarini ta'minlash alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi”
1

Hozirgi kuning eng muhim masalalaridan biri – davlat organlari faoliyati 
ustidan jamoatchilik nazoratini o„rnatishda ham fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organlariga katta umid qilinmoqda. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   236




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish