255
tarbiyalash, topganini baravar baham ko„rish xalqimiz ma'naviyatiga xos bo„lib,
urf-odatga aylangan.
Ikkinchi jahon urushi davrida urush natijasida ota-onasidan ajragan ko„plab
bolalar O„zbekistonda o„z oilalarini topgan. Ayniqsa oddiy temirchi
Sh.Shomaxmudovni 14 ta yetim bolani tarbiyalab oyoqqa qo„yishi
butun jahon
ahlini tahsiniga sazovor bo„lgan.
Shu davrdagi yetim bolalarni boquvchi oilalarga davlat e'tibori bilan hozirgi
kunda yetim bolalarni tarbiyalovchi oilalarga davlat e'tibori butunlay boshqacha.
Hozir yetim bola boquvchi oilalar davlat va jamiyat tomonidan doimiy ko„mak
olib turadi.
Mamlakatimiz aholisi soniga nisbatan boshqa mamlakatlarga qaraganda
“Mexribonlik” uylari kamligi, bizda ota-onasizlar ko„plab oilalarda tarbiya olishi
bilan xarakterlanadi.
Ota-onasiz, yetim bolalarga jamiyat va davlat g„amxhrligini
amalga
oshirishda, turli jamg„armalar ham katta rol o„ynaydi. Bunday jamg„armalar
O„zbekistonda yetarlicha. Bular jumlasiga “Sen yolgiz emassan”, “Mehr-shavqat
va salomatlik”, “Sog„lom avlod uchun” jamg„armalari kiradi. Davlat tomonidan
qo„llab-quvvatlanuvchi bu tashkilotlar jamiyat nomidan yetim-yesirlarni boqish,
tarbiyalash, o„qitish ishlariga katta yordam bermoqda.
Konstitutsiyaga asosan, dunyoga kelgan farzand ota-onasining nasl-
nasabidan va fuqarolik holatidan qatiy nazar qonun oldida tengdirlar.
“Onalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi”
degan
Konstitutsiyaning 65-moddasi qoidalari, farzandlarga teng huquqlilik va teng
imkoniyat bo„lishini nazarda tutadi hamda har qanday holda onalik va bolalikni
davlat tomonidan himoyaga olinishini ko„rsatuvchi
yana bir muhim huquqiy
asosdir.
Ota-onasizlar jamiyat va davlatning ko„magi ostida hayotda o„z o„rnini
topmoqda. Davlat yetim-yesirlarga faqat umumiy ta'lim olishda imtiyoz va
imkoniyatlar yaratib kelmasdan, ularni ta'limni boshqa bosqichlarida qo„llab-
quvvatlamoqda. O„quv yurtlariga o„quvchi qabul qilishda ota-onasizlarga tegishli
256
hujjatlar asosida imtiyozlar berilgan. Ana shu imtiyozdan foydalanib ko„plab ota-
onasizlar o„zlari uchun zarur kasblarga ega bo„lmoqda. Ular o„quv
muassasalari
tomonidan iqtisodiy jihatdan qo„llab-quvvatlanmoqda.
2006-yilni “Homiylar va shifokorlar yili” deb e'lon qilinishi, u bo„yicha
qabul qilingan hujjatlar va belgilangan tadbirlar ota-onasiz bolalarni boqish,
tarbiyalash, o„qitish uchun katta imkoniyatlar yaratishni nazarda tutgan edi. Bu
ham davlat va jamiyatning o„z vazifasiga jiddiy qarashini ko„rsatmoqda.
Bozor munosabati natijasida mamlakatimizda mulkdorlar ko„payib
bormoqda, ular ham o„z mablag„larini ma'lum qismini ihtiyoriy ravishda ota-onasiz
bolalarni tarbiyasiga sarflamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: