Microsoft Word turk fil kir10. doc


-MAVZU: TURKIY TILLARINING



Download 286,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana26.05.2022
Hajmi286,84 Kb.
#609078
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
9-MAVZU: TURKIY TILLARINING 
TOVUSH SISTEMASI VA GRAMATIK QURILISHI 
REJA: 
1.
Turkiy tillarning unlilar sistemasi. 
2.
Hozirgi turkiy tillirda unlilar mosligi. 
3.
Turkiy tillarning undoshlar sistemasi. 
4.
Turkiy tillirda sinxron nuqtai nazaridan undoshlar mosligi. 
5. Turkiy tillarda o’zak va affiks. 
6. Ealik, kelishik va grammatik kategoriyalar. 
7. Turkiy tillarning sintaktik xususiyatlari. 
Har bir til oilasining boshqa til oilalaridan ajratib turuvchi xususiyatlari 
mavjud. Masalan,turkiy tillir oilasi uchun xos bo’lgan sigarmronizim,so’z boshida 
undoshlarning kema-ket kela olmasligi, gap bo’laklarining joylashish tirtibi kabi 
xususiyatlari uni boshqa til oilalaridan farqlab turadi. Mana shunday til 
xususiyatlarining yigindisi shu til oilasining til qurilishi deyiladi. Til oilasining 
qziga xos hususiyatlari gapirilganda, muayyan davr nazarda tutiladi, chunki tilga 
xos xususiyatlar qotib qolgan, doimiy bo’lmay, o’zgaruvchandir. Biroq shuni ham 
nazarda to’tish kerakki, turli tillardagi o’xshash hodisalar doimo uning bir 
manbadan kelib chiqishiga bog’lik bo’lmaydi. Genetik qarindoshlik natijasi 
bo’lgan umumiy o’xshash hodisalar hamda tillirning bir-biriga ta’siri natijasida 
vujudga kelgan o’xshashliklardan farqlash kerak. 
Turkiy tillirni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan 
farqlovchi xususiyatlaridan biri leksik sostavning bir-biriga juda yaqinligi va 
grammatik qurilishning o’xshashligidir. Shuning uchun chuvash va yoqutlardan 
boshqa hamma turkiy xalq vakillari o’z ona tillirida gaplashganlarida bir-birini 
muayyan darajada tushuna oladi. 
Turkiy tillarning unlilar sistemasi. 


46
Dunyodagi barcha tillirda bo’lgani kabi turkiy tillirda ham unli va undoshlar
oppozisiyasi mavjud. 
Hozirgi turkiy tillarda unli va undosh tovushlar miqdori bir xil emas. Ba’zi 
turkiy tillirda unlilarning miqdori 20 tadan ortiq /masalan, tuva,g agauz, chulim-
tatar tillarida /,ko’pchiligida 8ta / hozirgi o’zbek adabiy tilida xatto 6 ta /.Undosh 
tovushlar miqdorida esa bunchalik katta farq yuq. Turkiy tillir fonetikasiga 
bag’ishlangan asarlarda undoshlar miqdori 20 tadan kam ko’rsatilmaganidek, 30 
tadan ortik ham qayd qilindaydi. 
Hozirgi turkiy tilarning deyarli hammasida har bir unli paydo bo’lish 
o’rniga ko’ra oppozisiya xosil qiladi /hozirgi o’zbek tili bundan mustasno /, ya’ni 
old qator unlilar \o’zarol farqlanmaydi: 
Orqa qator unlilar Old qator unlilar
a, o, u, y a, o, u, y,
Bu sakkizta unli V.V.Radlovning fikricha, umumturkiy bobotil davrida ham
mavjud bo’lgan. 
Turkiy tillardagi sigarmonizim hodisasi unlilarning mana shu tipda bir-
biridan farqlanishga asoslanadi. 
Sigarmonizm hodisasi oldingi bo’g’indagi /yoki o’zakdagi / unliga keyingi 
bo’g’indagi /yoki bo’g’inlardagi / unlilarning, ba’zan undoshlarning artikulyasiya 
o’rni va usuliga ko’ra moslashuvidir. A. M. Shcherbak ta’kidlaganidek, bir 
bo’g’inli so’zlardagi unli sifat jihatidan doimiy va mustaqil bo’lib, ko’p bo’g’inli
so’zlardagi keyingi unlilar esa birinchi bo’g’inga muvofiklashadi. Masalan, bar, 
gan, -lar, kol-ga, kolga /o’zbek tili qipchoq shevalari /,yuk-soltmak /ozarbayjon 
tili /. 
Bu hodisalarning birinchisi va uchinchisining birinchi bo’g’inida orqa qator 
/qattik / unli bo’lgani uchun keyingi bo’g’inlarda ham shunday unlilar kelgan. 
Ikkinchi va to’rtinchi misollarning birinchi bo’g’inida oldingi qator /umshok /unli 
bo’lgani uchun keyingi bo’g’inlardagi unlilar va undoshlar unga moslashgan. 
Singarmonizmning bu ko’rinishi poatal yoki tanglay singarmonizmda birinchi 
bo’g’in unlisi mustaqil bo’lib, keyigi bo’g’indagi unlilar unga tobe bo’ladi, ya’ni 
birinchisiga moslashadi. 
Hozirgi turkiy tillarda labial singarmonizm ham mavjud: birinchi bo’g’inda 
lablangan unli kelsa, keyingi bo’g’inlarda ham unlilar keladi. Masalan: quldor 
/"qullar" qirgiz tili /, kolu /" kuli" turk tili /. 
Singarmonizmning bu ikki ko’rinishidagi birinchisi eng qadimgi bo’lib, u 
turkiy bobotil davriga borib taqaladi. Turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan hozirgi 
uyg’ur tilida singarmonizmning boshqa ko’rinishi ham mavjud. Bu tilning o’ziga
xos hususiyati asl turkiy bir bo’g’inli so’zlarda /ba’zan ko’p bo’g’inli so’zlarda 
ham /keyingi bo’g’indagi tor i unlisi ta’sirida undan oldingi bo’g’indagi keng a
unlisi torayadi, a tovushiga o’tadi: bash-beshi, bala-balasi. 
Bu hodisa teskari singarmonizm deb ataladi. Teskari singarmonizm, uyg’ur 
tilidan tashqari, o’zbek tilining Namangan va Uychi shevalarida ham uchraydi: 
belik / baliq /, joy-jeyim, tom-teming, yangi-engi. 


47
Palatal singarmonizm ko’p bo’g’inli so’zlarning oxirgi bo’g’inlarida o’z 
kuchini yo’qotishi mumkin: keyingi bo’g’inlardagi unli birinchi bo’g’indagi unliga 
artikulyasiya o’rniga ko’ra moslashmay qo’yadi. Bunga, birinchidan, bo’g’inning 
ko’payishi va ta’sir o’tkazuvchi markazdan o’zakdan uzoqlashish, ikkinchidan, 
singarmonizim qoidasiga bo’ysunmaydigan ayrim affikslarning mavjudligi sabab 
bo’ladi. Masalan, turkman tilida: b ladur, b lamayduran: turk tilidagi-dash,-iston,-
ki,-yor: chuvash tilidagi- dash,-iston,-ki,-yor: chuvash tilidagi-sam,-e kabi affikslar 
tarkibidagi unlilar singarminizimga bo’ysunmaydi. 
Turkiy o’zaklar tarkibidagi unlilar turkiy tillarda, hatto bir turkiy til 
doirasida bir xil bo’la bermaydi: ayni bir so’zning birinchi bo’g’ini bir turkiy tilda 
yoki shevada oldingi qator unlisi, ikkinchi turkiy tilda / shevada / orqa qator unlisi 
kelishi mumkin. Bunday hodisa turkologiyada sigarmonistik variantlar deb 
uritiladi /masalan, qadimgi uyg’ur tilida: turna tirna, qirg’iz tilida: chomul-
chomul, qozoq tilida: shay-shay, ozarbayjon tilida: okuz-okuz. 
Turkiy tillardagi labial singarmonizm unli hosil bo’lishida labning 
ishtirokiga asoslanadi: o,o,u,u, unlilari lablangan, a,a,q,i, unlilari lablanmagan 
unlilardir. Masalan, turkum, duioloro /tuyalarga /, oglonloro /o’g’illarga /, qirg’iz, 
qopoloq /kapalak/, tundo /tunda/, koldorunuzdun /qo’llaringizdan /. Labial 
singarmonizm ayniqsa qirg’iz tilida yaqqol ifodalangan. Singarmonizmning bu turi 
o’g’uz gruppa va qipchoq gruppa tillarda ancha tarqqiy etgan. CHunki o’zbek, x
akas kabi turkiy tillarda deyarli yo’q darajada. 
Turkiy tillarning ichida hozirgi o’zbek adabiy tili singarmonizmning 
butunlay yo’qligi bilan ajralib turadi. O’zbek tiliga oid dastlabki yozma 
yodgorliklar tilida, Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Alisher Navoiy asarlarida 
singarmonizmning buzilish hollari uchraydi. Bu o’zbek tilida singarmonizmning 
buzilishi o’zbeklarning xalq sifatida shakllanishi jarayoni bilan bir davrda 
boshlangan degan fikrga olib keladi. O’zbek tilida singarmonizmning buzilishi, 
birinchi navbatda, o’zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida uz berdi. Bu boshqa 
turkiy tillardagi singarmonizmga bo’ysumaydigan affikslar, singarmonistik 
variantlarning mavjudligi ham ko’rsatadi. Biroq bu prosessning tezlanishida 
so’g’d, xorazmiy, sak va tojik kabi sharqiy eroniy tillarining ham roli katta 
bo’lgan. Bu til vakillarining juda katta qismi turkiy qabilalar bilan aralashishi, 
uzoq vaqt ikki tilning hukm surishi oqibatida turkiy tilning /eski o’zbek tilining/ 
fonetikasi, leksikasi, grammatikasida ayrim o’zgarishlar paydo bo’ldi. Qisqa qilib 
aytganda, turkiy asosda buzila boshlagan singarmonizmning butunlay yo’qolishida 
sharqiy eroniy tillar va arab tili katalizatorlik rolini o’ynadi. 
Turkiy tillirning bir qanchasida, jumladan, oltoy, gagaus, qirg’iz, tuva, 
turkman, yoqut kabi tillarda va o’zbek tilining Qorabuloq shevasida unlilar uzun va 
qisqaligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq qiladi. Bu fiziologik farq bo’lib, ma’noni 
farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, qorabuloq shevasi: a: t-ism, at-ot /x
ayvon /, a: ch-korni och -eshikni och. 
Bular birlamchi cho’ziq unlilar hisoblanib, o’sha so’z tarkibida azaldan 
cho’ziq holda mavjud. Hozirgi turkiy tillarda so’zdagi ayrim fonetik o’zgarishlar 
natijasida vujudga kelgan cho’ziq unlilar ham mavjud. Masalan, uyg’urcha o:


48
gak /o’roq /, o: dak /o’rdak /kabi so’zlarda birinchi unli cho’zib talaffuz qilinadi. 
Bunday unlilar turkologiyada ikqilamchi cho’ziq unlilar deb uritiladi. 
Yirik turkolog olimlardan E.D.Polivanov, E.Ligeti va boshqalar birlamchi 
cho’ziq unlilar turkiy bobotil davrida ham mavjud bo’lgan degan fikrni 
bildiradilar. Cho’ziq unlilar mo’g’ul tillarida ham uchraydi va cho’ziq bo’lmagan 
unlilar bilan fonematik oppozisiya hosil qiladi: sas / kor /, saas /qog’oz /, ur /oila /, 
uur /uya /. 
Hozirgi turkiy tillarda unlilar moslashuvi . 
Har bir til oilasida bo’lgani kabi, turkiy tillir orasida ham unlilar mosligi mavjud. 
Tovush mosligi deganda bir qarindosh tildagi biron bir tovushga ikkinchi 
qarindosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi. 
Masalan o’zbek tilidagi e tovushiga tatar tilida i tovushi mos keladi : kel / / qil, et / 
/it, bet / /bit kabi o’zbek tilidagi e tovushiga ozarbayjon tilidagi a tovushi mis 
keladi : men / /man, kel / /gal, ellik/ / alli kabi. 
Hozirgi turkiy tillar ichida chuvash tili o’zining fonetikasi /ayniksa, leksikasi 
/ jihatidan alohida ajralib turadi. SHuning uchun boshqa turkiy tillar bilan chuvash 
tili unlilarining mosligini solishtirish diqqatga sazovordir. Boshqa turkiy tillardagi
a unlisiga ko’pincha hozirgi chuvash tilida u unlisi mos keladi. 
Boshqa turkiy tillarda Chuvash tilida: 
bar//par 
pur/bor/ 
kaz//gaz 
xur/goz 
atla//xatla 
o’t/hatlamoq 
jat 
jut 
baliq 
pula/baliq 
bayan 
pujan/boy 
alti 
ult/olti 
Tovush mosligi muayyan qonuniyat asosida sodir bo’ladi. Tovush 
mosligining kashf qilinishi bilan /R.Rask tomonidan 1818 yilda kashf qilingan/ 
tarixiy fonetika vujudga keldi Tarixiy fonetika tildagi tovushlar taraqqiyotida 
qonuniyatlarni o’rganuvchi fandir. Uqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, 
o’zbek tilidagi E, tatar tilidagi I, ozarbayjon tilidagi A tovushlari turkiy 
bobotildagi bir tovushning, ba’zan har-xil vaziyatdagi tovushlarning taraqqiyoti 
natijasidir. Bunday tovushlar mosligi til taraqqiyotiga xos ma’lum bir davr, ya’ni 
sinxronik nuqtai nazardan belgilanadi. Tovush mosligi bir tilning yoki qarindosh 
tillarning turli davrdagi xolati, ya’ni diaxronik nuqtai nazardan ham belgilanishi 
mumkin. Masalan, Alisher Navoiy davridagi U tovushiga hozirgi tilimizda
ma’lum pozisiyada A tovushi mos keladi: Turur-turar, kelur-kelar, bilur-bilar. 
TURKIY TILLARNING UNDOSHLAR SISTEMASI. 
Turkiy tillarning undoshlar sistemasida ham xos xususiyatlar mavjud. 
Undoshlarning har bir turkiy tilda o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan birga, 
umumiy o’xshash tomonlari ham ko’p. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so’z 
sostavida qo’llanish pozisiyasi nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadi. Sof turkiy 
so’zlar sonor tovush bilan boshlanmaydi /bunday so’zlar uchrasa, ular boshqa 
tildan o’zlashgan yoki keyingi fonetik taraqqiyot natijasida uzaga kelgan bo’ladi/. 


49
Sonorlar ko’proq so’zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo’lmagan undoshlar 
esa so’zning boshida ham, oxirida ham kelaveradi. Bu hodisa turkiy tillar tarix
ining eng qadimgi davrlarida kuchli bo’lgan. Turkiy bobotil va undan keyingi 
davrlarda hatto jarangli undoshlar ham so’z boshida juda kam qo’llangan. 
Umuman, turkiy tillar taraqqiyotida so’z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan 
qochish harakterli hol bo’lgan. Masalan, prof. A.SHcherbak tiklagan bir bo’g’inli 
turkiy bobotil o’zaklari ichida na /nima/ o’zagidan boshqa birorta sonor yoki 
jarangli undosh bilan boshlangan o’zak uchramaydi /bundan y bilan boshlangan 
o’zaklar mustasno/. Hozirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan 
o’zaklar fonetik o’zgarishlar hosil bo’lgan ikqilamchi hodisadir. 
So’z boshida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi turkiy tillarning 
hammasida bir xil sodir bo’lmaydi. Ba’zi turkiy tillarda bu prosess juda tor doirada 
voqea bo’lib, boshqalarida esa juda keng tus olgan. 
Turkiy tillarning o’g’uz gruppasida /turkman, turk, ozarbayjon tillarida/ so’z 
boshida undoshlarning jaranglilashuvi keng tarqalgan: boshqa turkiy tillarda so’z 
boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o’rnida bu tillarda g, b, m, d 
jarangli undoshlar keladi. Masalan, o’zbek tilidagi kel, kur, tog, tosh so’zlari 
ozarbayjon tilida gal, gur, dag, dash ko’rinishiga ega. So’z boshida undoshlarning 
jaranglilashuvi qorluq, qipchoq tillarida ham uchrab turadi. Masalan, o’zbek tili va 
uning dialektlarida bir so’zning teraza-deraza, tokcha-dakcha, tala-dala kabi 
jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari mavjud: qozoq tilida 
bayg /poyga/, di rmen/ tegirmon/ kabi so’zlar jarangli tovush bilan boshlanadi. 
So’z boshida jarangsiz undoshlarning ko’proq saqlanishi Sibirp arealidagi turkiy 
tillar va chuvash tili uchun harakterli hodisadir. 
Turkiy tillarga xos fonetik hodisalardan biri so’z o’rtasidagi jarangsiz 
undoshlarning intervokal pozisiyada jaranglilashuvidir. Shu nuqtai nazardan turkiy 
tillarni ikki gruppaga bo’lish mumkin: 
1/bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’ladigan turkiy tillar: 
2/bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’lmaydigan turkiy 
tillar. 
Birinchi gruppa tillarda bir bo’g’inli o’zaklarga unli bilan boshlanuvchi 
affiks qo’shilsa, o’zak oxiridagi jarangsiz undosh jaranglashadi. Masalan, xakas 
tilida: pas-pazq / bosh-boshi/, at-adi/ot-oti/: tuva tilida: as-azqp/ osib/: qozon tilida: 
shqk-shqgib / chiqib/, t k-t gib/tikib/, kap-kabq /kopi/: tatar tilida: ak-agqm /oqim/ 
kabi. 
Ikkinchi gruppa tillarida bir bo’g’inli o’zaklarga har qanday sharoitda ham 
jarangsiz undosh saqlanadi. Masalan, o’zbek tilida:ot-oti, ek-ekib, oq-oqib, lekin 
bu tillarda ko’p bo’g’inli so’zlarning oxiridagi k, k, p jarangsiz undoshlari 
intervokal pozisiyada jaranglilashadi: o’zbek tilida : o’rtoq-o’rtog’i, o’simlik-
o’simligi: uyg’ur tilida: yazlik-yazligi /ezligi/ , ayak-ayigim kabi. Bunday 
jaranglilashuv undoshlardan keyin egalik affiksi qo’shilgandagina sodir buladi, 
boshqa hollarda esa ular jarangsizligicha qoladi: qishloqi, uynoqi, qo’riqib, qiziqib 


50
kabi. Qorluq va o’g’uz gruppa tillariga boshqa tillardan kirgan so’zlarda ham bu 
undoshlar jaranglilashmaydi. 
Turkiy tillarda ayrim jarangli undoshlarning /masalan, b, d, undoshlarining/ 
so’z oxirida kelishi nihoyatda chegaralangan, shuning uchun o’zbek tiliga boshqa 
tillardan jarangli undoshlar bilan tugagan so’z qabul qilinsa, bunday undosh
jarangsizlashadi. Masalan, o’zbek tilida : kitop, et / kitob, ed/ , uyg’ur tilida: javop, 
qirim-tatar tilida : sharap, qozoq tilida: mekteb kabi. Bu so’zlarga unli bilan 
boshlanadigan affiks qo’shilsa, ular yana jaranglilashadi: kitobi, edida, javobi, 
sharobi, mektebi kabi. 
Turkiy tillarning konsonantizmida turli-tuman mulohazalar tug’ilishiga sabab 
bo’lgan hodisalardan biri undoshlar geminasiyasi asli undoshning miqdor jihatdan 
o’zgarib, cho’ziq tovushga o’tishi, ya’ni ikqilanishidir. YOzuvda bunday undoshlar 
ikkita bir xil harfni ketma-ket yozish bilan aks ettiriladi. A.SHcherbakning 
fikricha, intervokal pozisiyada undoshlar jaranglilashuvi mavjud bo’lgan 
tillardagina geminatlar bo’lishi mumkin. Intervokal pozisiyada undoshlarning 
jaranglilashuvi esa hamma turkiy tillarga xos. Demak, turkiy bobotil davrida ham 
undoshlar geminasiyasi mavjud bo’lgan. 
Undoshlar geminasiyasining assimilyasiya natijasida vujudga kelishi turkiy 
tillarda eng ko’p tarqalgan: o’zbek tilida: etti /etdi /, shahari /shaharni /: kumik 
tilida: minni /mindi /, ulanna /ulgonda /: qozoq tilida: atti /otni/, soldattar /soldatlar 
/ kabi. 
Geminat tovushlarning o’zak tarkibida uchrashi turkiy tillarda bir x
il emas. Qorluq, o’g’uz va bulg’or gruppa tillarida bunday tovushlar ancha ko’p 
uchrasa, qipchoq gruppasida va Sibirp arealidagi tillarda /yoqut tili bundan 
mustasno/ bu hodisa kam uchraydi yoki mutlaqo uchramaydi. Masalan, o’zbek 
tilida: dogguz, chuvash tilida taxhar, qozoq tilida: toguz qirg’iz tilida: togus. 
Turkiy tillarda sinxron nuqtai nazardan undoshlar mosligi. 
Turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro juda yaqinligiga qaramay, har bir gruppa 
turkiy tillar va alohida olingan turkiy til o’ziga xos fonetik taraqqiyoti jarayoniga 
ega. SHuning uchun turkiy bobotilda ayni bir undosh bo’lgani holda, konkret 
turkiy tillarda boshqa-boshqa undosh qo’llanila boshlagan. Bu jihatdan ayniqsa y-
j-d-ch undoshlarining qo’llanilishi harakterlidir. Qiyoslang: 
O’zbek tilida: turkman tilida: qozoq tilida: oltoy tilida:
yil yil jil dil
yuk yok jok dok 
tuva tilida: 
chil 
chok 
Misollardan ko’rinib turibdiki qorluq va o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida 
keladigan y tovushi o’rnida qipchoq va Sibirp gruppa tillarida j, d va ch 
tovushlari qo’llanadi. 
Qorluq, qipchoq va Sibirp tillarida so’z boshida keladigan k, t tovushlari 
o’rnida o’g’uz tillarida g, d tovushlari ishlatiladi, ya’ni g, d tovushlari k, t
tovushlarining funksiyasini bajaradi: 


51
o’zbek t : ozarb t : uyg’ur t : turkm t : yokut t : tatar t : boshk t : 
kel gal kal gel kel kil kil 
tosh dash tash dash tas tash tash 
Bulardan tashkari,turkiy tillarda sh-s /uzb yanga shor.nena 
uzb. yomon -sagay.naman /kabi undoshlar mosligi hodisasi ham mavjud. 
Turkiy tillar fonetik mosliklari orasida eng diqqatga sazovori rotasizm 
hodisasidir. Rotaszim yo tovushining r tovushi bilan mosligi bo’lsa, labdaizm sh 
tovushining l tovushiga mosligidir. 
Rotasizm 
va 
labdaizm 
chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh tovush 
mosligida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi uz, ez, to’qqiz, qozon, 
kuz, eshik, eshit, etmish, oltmish so’zlari chuvash tilida ser r, taxhar, x
uran, ker, alak /darvoza /, ilt, s itmel, utmal ko’rinishlariga ega. Bu jihatidan 
chuvash tili mug’ul tillariga ancha yaqinroqdir. Mo’g’ul tillari bilan boshqa turkiy 
tillar orasida ham l-sh mosligi mavjud /tanil -tanish/. Bu holat chuvash mo’g’ul 
kontakti ancha uzoq vaqt davom etganidan dalolat beradi. 
Rotasizm va labdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi: 
o’zbek tilida: semir-semiz, ko’rar-ko’rmas, sergak-sez: ozarbayjon va turkman 
tillarida: deshik-delik /teshik/: boshqird tilida: kashik,kalak /choy qoshiq /. 
Uqorida qorluq va qipchoq gruppa tillarida y-j mosligi mavjudligi haqida 
gapiriladi. Lekin bu umumiy fonetik qonuniyatdan chekinish xollari ham uchraydi. 
Masalan, qorluq gruppa tillarida so’z boshida ba’zan y emas j keladi. Masalan, 
uzb, jo’namoq, jun: uyg’ur. jurak /urak/ kabi: o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida t 
o’rnida d tovushining qo’llanishi harakterli bo’lgani holda, ozarbayjon tilida ayrim 
so’zlarda aksincha: tanish, tarla /dala /, tutashma /ushlamoq/ kabi: o’zbek tilida 
so’z boshida y va d tovushlarini parallel qo’llash hollari ham mavjud: dumaloq // 
umaloq / kabi. 
Turkiy tillar faqat kelib chiqish jihatidan qarindosh tillar bo’lib qolmasdan, 
hozirgi paytda tipologik jihatdan ham bir xil:tillarning morfologik klassifikasiyasi 
bo’yicha agglutinativ tillar gruppasiga kiradi. Turkiy agglutinativ tillarning o’ziga 
xos hususiyati quyidagilardan iborat: 
1.So’z doimo o’zakdan boshlanadi. 
2.O’zak, asosan, o’zgarmaydi. 
3.So’z formalari asosan affikslar vositasida hosil bo’ladi. 
4.So’z formalari faqat bir o’zakdan xosil qilinadi. 
5.O’zak va affiks organiq birikib ketmaydi, ular orasidagi chegara aksariyat 
xollarda aniq va ravshan bo’ladi. 
Masalan, boshlandi so’z formasida bosh - o’zak, -la -fe’l yasovchi affiks va -
di- zamon yasovchi, bular bir-biridan ajralib turadi. 
6.Har bir grammatik ma’noni ifoda etishda alohida affiks qo’shiladi, shuning 
uchun bir so’z formasida bir necha affiks ketma-ket keladi: 
Masalan: so’zlashganingizni, sez = le = sh = gan =ingiz = i. 
Turkiy tillarda so’z o’zak va affikslarga ajratiladi. Turkiy tillarda o’zak 
fonetik jihatdan quyidagi qurinishlarga ega: g- unli, S-undosh, GS ol-ot ,SG-na 
(nima), ma:SGS- bosh, qo’l, yoz: SGSS-turt, tort: SGSG-bola. 


52
O’zakning bir ko’rinishlari ichida SGS strukturasi ko’p tarqalgan. G va SG 
tip kam uchraydi.Turkiy tillarda o’zakning strukturasi va uning taraqqiyoti hakida 
turli fikrlar mavjud.Ba’zi tadqiqotchilar uqorida ko’rsatilgan o’zak tiplarining 
hammasi azaldan mavjud desalar, boshqalari esa SGS tuzilishi o’zaklar turkiy tillar 
uchun tipik bo’lib, qolgan ko’rinishdagi o’zaklar esa ana shu SGS tipi 
o’zaklarning taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan deb hisoblaydilar. Masalan, 
mana shu olimlardan biri N.A.Baskakov. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa SGS 
tip o’zaklarning taraqqiyoti natijasida xosil bo’lgan deydilar. SGStip o’zak 
birlamchi ekanini isbotlash maqsadida, masalan, bol-fe’lining taraqqiyot natijasida 
o’g’uz gruppa tillarida ol, ikki tovush holatiga kelib qolganini ko’rsatadilar. 
SGStip o’zakka nisbatan keyingi hodisa deb hisoblovchilar esa hozir uch tovushga 
ega anchagina o’zaklar turkiy yozma yodgorliklaridan misol keltiradilar. sa- (sana), 
bo-(bogla ) yu (uv), si-(sin) qabilar. 
Demak, turkiy o’zak hakida uch xil fikr mavjud bo’lsa, bulardan 
chinchisitugrirokdir. CHunki, birinchidan,turkiy o’zak daxlsiz bulib, har qanday 
uzgarish,asosan, nutk oqimida o’zakdan keyin qo’shilgan vositalar yordamida 
sodir bo’ladi, ikkinchidan, agglutinasiya qoidasiga binoan yangi ma’no o’zakdan 
muayyan tovushni tishlash bilan emas, balki tovush qushish bilan uzaga keladi. 
Turkiy tillar taraqqiyotining barcha bosqichlarida yangi so’z o’zakka affiks 
qo’shish bilan xosil kilinadi. Turkiy tillarda affikslarning turlaridan affikslar 
mavjud bulib,o’zakdan keyin kushiladi. Prefiks,infiks kabi affiks turlari turkiy 
tillarda bulmaydi.Agar biror turkiy tilda prefiks uchrasa,masalan,o’zbek tilida, u 
boshqa tilni ta’sirida paydo bo’lgan,ya’ni uzlashgan buladi.Turkiy tillardahar bir 
kelishikning bitti affiksi buladi,shunga kura turkiy tillarda bitta turlanish tipi 
mavjud :qaysi so’z turkumi va birlik yokiko’plik formasida bulishdan kathiy 
nazar,kenlishik affikslari bir xil buladi. 
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatdan uncha ko’p farq kilmaydi. 
O’zbek, qoraqalpoq, turkman, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida 6ta, qozoq tilida 
7ta xakas va suvoli tilida 8ta, yokut tilidaesa 9ta kelishik bor.Turkiy tillarda hozir 
ishlatilmaydigan,lekin qadimda keng qo’llanilgan boshqa kelishik formalari ham 
mav jud bo’lgan.Bu formalar ayrim so’zlar tarkibida kotib kolgan holda hozir ham 
uchraydi. Masalan, qozoq, korakolpok, nugay, x akas, qirg’iz tillarida hamma so’z 
turkumlari junalish kelishigida-ga formasiga ega bulsa, kishilik olmoshlari esa shu 
kelishikda menga, senga, unga formasida emas,balki maga, magan, sogan, ogan, 
kabi ko’rinishda qo’llaniladi. 
Urxun-Enisey yozuvi yodgorliklarida,"Devonu -lug’otit turk" asarida hozirgi 
turkiy tillardagi ayrim so’zlar tarkibida vositi kelishigi formalarisaklanib kolgan. 
Masalan,yozin-kishin, ostin ustun qabilar.Qadimgi turkiy tillarda junalish-urin 
kelishigi ham bulib,uning formasi ra-ru ko’rinishlariga ega bo’lgan.Bu kelishik 
affiksi ichra,sungra, uzra kabi so’zlar.tarkibida o’zak bilan birlashgan holda 
uchraydi. Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda makon ma’nosi ifoda 
etuvchi formalar keng tarkalgan bulib,til taraqqiyoti prossesida bu ma’noni ifoda 
etuvchi formalar,miqdor jihatdan ancha kam. 


53
Grammatik son kategoriyasi odatda birlik va ko’plik formalarining 
oppozisiyasidan tashkil topadi.Birlik turkiy tillarda nolg’ ko’rsatkichli 
bulsa,ko’plik-lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi.Lekin 
turkologiyada turkiy tillardagi grammatik son kategoriyasi formalarini boshqacha 
ifodalash ham mumkin.Bu nuqtai nazarga kura turkiy tillarda grammatik son 
kategoriyasi birlik va ko’plik formalariga ega emas.Turkiy tillarda-lar affiksi 
olmagan otlar umumlashgan predmet nomini bildiradi,ya’ni kitob so’zi yakkat 
kitobni ham: kitoblar yigindisi ham ifoda etadi.SHu asosda K.M.Lubimov-lar 
affiksi kushilmagan formani noaniq son formasi deb nomlaydi.Turkiy tillardagi 
ko’plik formasi hisoblangan-lar,ko’plik ma’nosini ifodalashdan tashkari boshqa 
funksiyalarni ham bajarish xususiyatiga ega: 
1)Ekspressiya ifodalaydi: (xayrli tong) 
2)Makon va vaktni kengaytirish ma’nosini ifodalaydi: 
u yoklarda. 
3.Xurmat 
ma’nosini 
ifodalaydi: 
(Xurmatli Alining xonimi) 
Shuni ham aytish kerakki,qadimgi turkiy yozma yodgorliklarda -lar affiksi 
nixoyatda kam ishlatilgan -lar formasining hozirgi turkiy tillardagi funksiyasi ham 
bir xil emas.Masalan,- lar o’zbek va turk tillarida xurmat ma’nosini ifodalash 
uchun qo’llansa, qozoq, qirg’iz tillarida bunday funksiyani bajarmaydi. 
Umuman,turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi rus va boshqa F lektiv 
tillardagi son kategoriyasidan o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq 
qiladi.Ko’plik formasi-lar faqat ot tkrkumida so’zlarga emas,balki barcha mustakil 
turkum so’zlarga ham kushiladi.Grammatik son kishilik olmoshlarida o’ziga x
os ravishda ifoda etiladi.Keyinroq barchi turkiy tillarda biz,siz olmoshlari ikkinchi 
shaxs birlikni ifodalay bolagach,ko’plik uchun bizlar,sizlar formasi vujudga 
kelgan.Egalik kategoriyasi faqat turkiy tillarga xos bulmay turkiy tillardan 
tashkari,ko’pchilik agglutinativ tillarda,semit tillarida,xatto ayrim xind-Evropa 
tillarida ham mavjud.Egalik kategoriyasi krashlilik ma’nosini ifoda etadi,ya’ni 
egalik formasini olgan so’z anglatgan predmetga karshlik buladi.Egalik 
kategoriyasining formalari qaratkich kelishigining formasi bilan boglik.Egalik 
formasi bilan qo’llangan so’z oldida juda ko’p xollarda qaratkich kelishi 
formasidagi so’z keladi. Masalan, (mening) kitobim. SHuning uchun ba’zi 
olmoshlar egalik kategoriyasini qaratkich kelishigi bilan boglab o’rganganlar. 
SHunday o’rganish asosida B.A.Serobrennikov turkiy tillarda dastlab qaratkich 
kelishigining hamda prefikslarning yukligi bu tillarda egalik formalarini vujudga 
keltirgan deb hisoblaydi. 
Egalik affikslar kishilik olmoshlari asosida,uzaga kelgan. 
Masalan,men - m, sen -ng, biz - miz. Shu sababli egalik affikslar aynivaktda shax
s va son ma’nolarini ifodalaydi. Masalan, kitobim misolida-im affiksi birinchi shax
sni hamda birlikni ifoda etadi. 
Kumakchilar turkiy tillarga xos yordamchi so’z turkumi bulib,ularni turkiy 
tillarga mansub eng qadimgi yodgorliklarda ham uchratish mumkin.Urx
un-Enisey yozuvi yodgorliklarida qo’llangan teng (-day, kabi) ,tegi (-gacha,to 


54
)kabi kumakchilarning juda ko’pchiligi ayrim fonetik uchragan holda hozirgi 
turkiy tillarda ham ishlatiladi.Hozirgi turkiy tillarda tirixiy tirakkiyot jarayonida 
mustakil ma’noli so’zlardan yangi-yangi kumakchilar ham paydo 
buldi.Masalan,gura (kura),son (sung).Ma’lumki, ikki soitavli gaplarning asosini 
ega va kesim o’rtasidagi toblanishga asoslangan birikma tashkil etadi.Turkiy 
tillarda ega va kesim shaxsda mislashuvi shart.Masalan,men keldim.Ot bilan 
ifodalangan kesim 1 va 2 shaxsda ega bilan kesimlik affiksi olib 
moslashadi.Masalan,men odamman, sen injenersan. 
Turkiy tillarda ega va kesim son jihatidan ham moslashadi.Masalan,men 
keldim.Biz keldik.Lekin ular keldilar. 
Tobelanish asosidagi brikmaning eng keng tarkalgan formalaridan biri 
aniqlovchi aniqlanmish munosabatidir. Aniqlovchi aniqlanmish munosabatida ham 
turkiy tillar o’ziga xos ajrilib turuvchi xususiyatlarga ega. Turkiy tillarda 
sifatlovchi sifatlanmishga bitishuv yuli bilan tobelanadi. Masalan, qizil kitob, qizil 
kitoblar. 
Sifatlovchi bilan sifatlanmishning sonda va kelishikda o’zaro moslashuvi 
boshqa tip tillarining kuchli ta’siriga uchragan karaim tilidagina kuzatiladi. 
Aniqlovchi qaratkich kelishik formasidagi so’z bo’lganida, turkiy tillarda 
aniqlanmish doim egalik afffisi bilan qo’llanadi. Masalan, ozabayjonlar. Bqzim 
kitabqmqz. Turkiy tillarda aniqlovchining yana bir turi borki u tilshunoslikda 
turkiy izofa deb ataladi Turkiy izofa tashqi ko’rinishdan urni almashtirilib 
kuyilgan forsiy izofani bildiradi. Masalan, Toshkent shahri, Navoiy ko’chasi.
Turkiy tillarda gap bo’laklari, boshqa til oilalardagiga masalan, xind-evropa 
tillari oilasidagi nisbatan o’zining muntazam joylashish tartibiga ega. Agar 
so’zlovchida tarkibidagi biron bir elementni ajratib ko’rsatish maqsadi bulsa, 
odatda, gapning boshida ega o’z sostavi bilan gapning oxirida kesim keladi. 
O’zbek tilida aniqlovchi va kesim ning urni boshqa bo’laklarga nisbatan 
katiy ekanligi o’zbek tilida gap bo’laklarining urni rus tiliga nisbitan ancha turg’un 
ekanligini kusatadi. 
Turkiy tillarning boshqa til oilalaridan farq qiladigan yana bir tomoni shuki, 
bu tillarda qo’shma gapning ergashgan qo’shma gap tipidan tashkari,funksianal va 
struktural jihatdan boshqa til vakillaridagi ergash gapga teng keluvchi teng 
keluvchi ravishdosh,sifatdosh, iboralari keng tarakkiy etgan. Masalan, qozoqlarda 
kg’tibqn bala ubadq. Ruscha tarjimasi bilan kiyos kilsak Uchenik katoriy knigu 
derjal ne chistom vide, ocheng’ otkqdilsya. O’zbek tilida: men Salimning kecha 
Toshkendan kelganini eshitdim. Kiyoslasak: YA slqshal chto Salim vchera 
vernulsya iz Toshkenta. 
TURKIY TILLARNING GRAMMATIK QURILISHI MAVZUSI BO’YICHA 
NAZORAT SAVOLLARI 
1.Agglutinativ tillarning o’ziga xos xususiyatlarini sanab bering? 
2.Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdori knday farqlanadi? 
3.Turkiy tillarda egalik va kelishik kategoriyasi qanday farqlanadi. 
4.Turkiy tillarda negiz hosil bo’lishi. 


55
5.Turkiy so’zformalarining o’ziga xosliklari. 
6.Turkiy affikslar. 
7.Egalik kategoriya. 
8.Kelishiklar, ularning gramatik belgilari. 
9.Turkiy tillarda so’z birikmasining shakllanishi. 
10.Turkiy tillarda gap qurilishi. 
TAYANCH SO’Z (IBORA)LAR 
1.Morfologik tasnif. 
2.Flektiv va agglutinativ tillar. 
3.So’z formasi. 
4.Turkiy o’zak. 
5.Grammatik kategoriya. 
6.Sintaktik munosabat. 
7.Turkiy izofa. 
ADABIYOTLAR 
1.I.Ko’chqortoev,B.Isabekov."Turkiy filologiyaga kirish" T., 1984. 
2.I.A.Baskakov. V vedenie v izuchenie turkiskixyazikov. M., 1974. 
3.X.SHayxulov V vdenie v izuchenie altayskiy yazikov.M.,1969. 
TURKIY TILLARNING TOVUSH SITEMASI. 
MAVZUSI BO’YICHA NAZORAT SAVOLLARI. 
1.Turkiy tillarda unlilar miqdori qanday? 
2.Singormanizm hodisasi hozirgi turkiy tillarning qaysilariga xos? 
3.Turkiy tillarda unlilar moslashuvi qanday kechadi? 
4.Turkiy tillarning undoshlar sistemasiga xos bo’lgan asosiy belgilarni sanab 
bering? 
5.Lambdaizm qanday hodisa? 
6.Turkiy tillarda unlilar tasnifi. 
7.Turkiy tillar unlilarining o’ziga xosliklari. 
8.Turkiy tillarda undoshlar tasnifiga oid. 
9.Turkiy tillarda portlovchi va sirg’aluvchi undoshlar. 
10.Barcha turkiy tillar uchun umumiy bo’lgan tovushlar. 
T A YA N CH A T A M A L A R 
1.Unlilar tizimi. 
2.Undoshlar tizimi. 
3.Singarmonizm. 
4.Palatal singarmonizm. 
5.Sanorlar. 
6.Intervakal pozisiya. 
7.Labdaizm. 


56
A D A B I YO T L A R 
1.A.M.Shcherbak. Sravnitelnaya fonetika tur.yazqkov.L.,1970. 
2.N.A.baskakov. Vvedenie v izuchenie turskixyazqkov.M.,1969. 
3.Ko’chqortoev I. Turkiy filologiyaga kirish.1984 y. 

Download 286,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish