Gidroenergetika
— Energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga
doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus
qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr stansiyalar (GES) yordamida
elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekiston
energetika vazurligi" 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod
GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES
(165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston
Energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt.
Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan, kichik suv
havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq (qarang
Gidroenergetika
).
Issiqlik Energetikasi
— Energetikaning issiqlikni issiqlik dvigatellari va
boshlqalar yordamida boshlqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr
energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik Energiyasida
asosiy issiqlik va elektr energiyasi shlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr
stasiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) hisoblanadi. Yirik
DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon
DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqlik elektr stasiyalari
respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil
qiladi.
Oʻzbekistonning yoqilgʻi balansida gaz va koʻmirning salmogʻi katta (qarang
Gaz
sanoati
,
Issiqlik
energetikasi
), "Koʻmir" aksiyadorlik jamiyati ham
"Oʻzbekiston energetika vazurligi " tarkibiga kiradi.
Fanda Energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil ilmiy tadiqot ishlariga
asoslangan holda Energetika taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va
optimal yechimlari oʻrganiladi, Energetikani optimal boshlqarishning asoslari
shakllantiriladi, Energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof
muhitga taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, Energetikaga doir fan va texnika
taraqqiyoti masalalari va boshlqalar hal qilinadi.
Oʻzbekistonda Energetika fanlarining rivojlanishi XX-asr 30- yillari oxiri va
40- yillariga toʻgʻri keladi. Energetikaga doir ilmiy tadiqot ishlari Energetikaning
ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi.
Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — oʻzgaruvchan
tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning
magnit oqimlari oʻz-oʻzidan uygʻonishini taʼminlashni hisoblash usullari, elektron
qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi
ustuvor masalalar bilan shugʻullanildi, gidroelektr stasiyalari quvvatini samarali
taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda ilmiy
tadiqot ishlari elektr stasiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash,
puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga qaratildi (N. N. Shchedrin, H. F.
Fozilov), elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi
(H. F. Fozilov, K. R. Allayev, T, X. Nosirov va boshlqalar). Elektr tizimlari
rejimini ifodalaydigan katta oʻlchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish (S. S.
Solihov), yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish
sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini shlab chiqish (N.
R.Gʻanixoʻjayev) masalalari tadqiq qilindi.
Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan oqilona
foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh
energiyasi,
shamol
kuchi,
yer
osti
suvlari
harorati
va
kichik
gidroelektrostansiyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari
olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov).
Do'stlaringiz bilan baham: |