maʻruza: Umumiy energetika tarixi. Reja: Umumiy energetika. Energetikani boshlanish tarixi



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana23.05.2022
Hajmi0,96 Mb.
#608542
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
resources-15

Gidroenergetika
 — Energetikaning suv resurslari energiyasidan foydalanishga 
doir boʻlimi. Suv resurslari energiyasidan foydalanish uchun suv oqimi maxsus 
qurilgan inshootlar va jihozlar majmui — gidroelektr stansiyalar (GES) yordamida 
elektr energiyasiga aylantiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi "Oʻzbekiston 
energetika vazurligi" 26 GES ni birlashtirgan 7 ta GES kaskadlari hamda Farhod 
GES bor. Eng yirik GES lar: Chorvoq GES (quvvati 620,5 MVt), Xoʻjakent GES 
(165 MVt), Farhod GES (126 MVt), Gʻazalkent GES (120 MVt). Oʻzbekiston 
Energetika tizimidagi barcha GES larning umumiy belgilangan quvvati 1419 MVt. 
Mamlakat gidroenergetikasining istiqboldagi taraqqiyoti, asosan, kichik suv 
havzalari gidroresurslaridan foydalanish bilan bogʻliq (qarang 
Gidroenergetika
). 
Issiqlik Energetikasi
— Energetikaning issiqlikni issiqlik dvigatellari va 
boshlqalar yordamida boshlqa energiya turlari (mexanik energiya, elektr 
energiyasi) ga aylantirib beruvchi issiklik texnikasi boʻlimi. Issiqtik Energiyasida 


asosiy issiqlik va elektr energiyasi shlab chiqaruvchi korxona issiklik elektr 
stasiyalari (IES) hamda Davlat issiqlik elektr stansiyasi (DIES) hisoblanadi. Yirik 
DIES lar: Sirdaryo DIES (3000 MVt), Toshkent DIES (1850 MVt), Tolimarjon 
DIES (loyiha boʻyicha 3200 MVt). Oʻzbekistonning issiqlik elektr stasiyalari 
respublikada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining qariyb 85% ini tashkil 
qiladi. 
Oʻzbekistonning yoqilgʻi balansida gaz va koʻmirning salmogʻi katta (qarang 
Gaz 
sanoati

Issiqlik 
energetikasi
), "Koʻmir" aksiyadorlik jamiyati ham 
"Oʻzbekiston energetika vazurligi " tarkibiga kiradi. 
Fanda Energetika muammolari bilan shugʻullanishda izchil ilmiy tadiqot ishlariga 
asoslangan holda Energetika taraqqiyotining qonuniyatlari, tabiiy anʼanalari va 
optimal yechimlari oʻrganiladi, Energetikani optimal boshlqarishning asoslari 
shakllantiriladi, Energetikaning kompleks muammolari, shu jumladan, uning atrof 
muhitga taʼsiri, yaʼni ekologiya masalalari, Energetikaga doir fan va texnika 
taraqqiyoti masalalari va boshlqalar hal qilinadi.
Oʻzbekistonda Energetika fanlarining rivojlanishi XX-asr 30- yillari oxiri va 
40- yillariga toʻgʻri keladi. Energetikaga doir ilmiy tadiqot ishlari Energetikaning 
ustuvor kompleks masalalarini va amaliy muammolarini hal qilishga qaratildi. 
Elektr energiyasini uzoq masofaga uzatish bilan bogʻliq masala — oʻzgaruvchan 
tokni oʻzgarmas tokka aylantirish nazariyasi, asinxron va sinxron mashinalarning 
magnit oqimlari oʻz-oʻzidan uygʻonishini taʼminlashni hisoblash usullari, elektron 
qurilmalaridagi shikastlanishning murakkab turlari nazariyasini rivojlantirish kabi 
ustuvor masalalar bilan shugʻullanildi, gidroelektr stasiyalari quvvatini samarali 
taqsimlashni hal qilishga doir ishlar bajarildi. 40- yillar oxiri va 50- yillarda ilmiy 
tadiqot ishlari elektr stasiyalari, elektr tizimi va jihozlari ishini yaxshilash
puxtaligini oshirish, samaradorligini koʻtarishga qaratildi (N. N. Shchedrin, H. F. 
Fozilov), elektr tizimlarini hisoblashning ixcham nazariyasi va usullari yaratildi 
(H. F. Fozilov, K. R. Allayev, T, X. Nosirov va boshlqalar). Elektr tizimlari 
rejimini ifodalaydigan katta oʻlchamli chiziqlimas tenglamalarni yechish (S. S. 
Solihov), yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridan kichik quvvatlarni olish 
sxemalarini yaratish, hisoblash nazariyasi va usullarini shlab chiqish (N. 
R.Gʻanixoʻjayev) masalalari tadqiq qilindi. 
Oʻzbekiston energetikasi rivoji uchun tabiiy iqlim sharoitlaridan oqilona 
foydalanish maqsadida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, xususan, quyosh 
energiyasi, 
shamol 
kuchi, 
yer 
osti 
suvlari 
harorati 
va 
kichik 
gidroelektrostansiyalardan foydalanish masalalari borasida keng tadqiqot ishlari 
olib borildi (G. A. Grinevich, R. A. Zohidov).




Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish