Toshkent davlat yuridik universiteti shaxsiy rivojlanish


Mutafakkirning vido maktubi



Download 4,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/128
Sana23.05.2022
Hajmi4,07 Mb.
#607823
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
fayl 1944 20210924 (1)

Mutafakkirning vido maktubi 
 
“Mabodo Alloh Taolo mening taqdirimdan ko‘z yumsa-yu, latta 
monand hilvirab qolgan shu vujudimga yana bir parchagina hayot hadya 
etsaydi, hoynahoy, o‘ylayotganlarimning hammasini aytmasam ham, 
gapirayotganlarimning hammasini o‘ylagan bo‘lardim. 
Shunda… tevarakdagi narsalarni narxlariga qarab emas, shakliga 
qarab baholardim. Ko‘zim yumuq mahalda o‘tkazilgan har bir daqiqada 
yorug‘likning yuz soniyasini yo‘qotayotganimni idrok etgan holda, 
kamroq uxlagan, ko‘proq orzu qilgan bo‘lardim. Qolgan hamma to‘xtab 
turgan mahalda o‘tirar, hamma uxlayotgan paytda uxlamasdim.


133 
Agar Tangri Taolo menga yana bir on hayot bersa… kamtarroq 
kiyingan, quyoshning issiq nurlariga faqatgina boshimni emas, qalbimni 
ham toblab yotgan bo‘lardim.
Ey, Parvardigorim! Agar menda yurak bo‘lsaydi, barcha 
nafratlarimni muzga yozib, oy chiqishini kutardim. Uyqum bilan 
yulduzlarga hurriyat poemasining suvratini chizardim, ozodlik qo‘shig‘i 
esa mening Oyga qilgan tuhfam bo‘lib qolardi. Tikanlarining achchig‘ini 
va gulbarglarining qirmizi o‘pichlarini his qilish uchun ko‘zyoshlarim 
bilan lolalarni sug‘orardim. 
Ey, Qodir Egam! Agar yana bir parchagina hayot bo‘lagi tanimda 
qolsaydi, bir kunimni ham tevaragimdagi o‘zim suygan insonlarga ularni 
sevishimni aytmasdan o‘tkazardim. Men uchun qiymatli bo‘lgan har bir 
kishini muhabbatimga ishontirgan, muhabbatni sevib yashagan 
bo‘lardim. Qartayganda dilni muhabbat tark etadi, deb adashganlarga, 
muhabbatni tark etganlari uchun qarilik kelishini tushuntirardim. 
Bolakaylarga qanot hadya qilar, ammo uchishni o‘zlari o‘rganishlariga 
imkon bermasdim. Qariyalarni esa, ajal keksalik tufayli emas, xatolar va 
yanglishishlar tufayli kelishiga ishontirardim. 
...Anglaganim eng buyuk haqiqat – butun olam tog‘larning 
cho‘qqilarida yashashni istar ekan, haqiqiy saodat-chi, u yerda yashash 
emas, u yerdan tushishda ekan! 
Shuni tushunib yetdimki, murg‘ak bolakay kichkina barmoqchalari 
bilan otasining barmog‘ini qisimlagani on, uni hech qachon qo‘yib 
yubormasin! 
Angladimki, inson bolasi boshqa birovga, faqatgina yuqoriga 
ko‘tarilishi uchun yordam berayotganidagina balanddan qaray olar ekan! 


134 
...Keksa ham, yosh ham ertaga nima sodir bo‘lishini bilolmaydi. 
Balki suygan insonlaringni so‘nggi bora ko‘rib turgandirsan?!
Shu bois, nimanidir kutma, bugunoq bajarma, chunki ertangi kun 
hech qachon kelmas bo‘lsa, sen – birgina jilmayish, birgina bag‘irga 
bosish, birgina o‘pish uchun vaqt topolmaganing, so‘nggi istakni 
bajarishga kelganda juda-juda band bo‘lgan kuningga la’natlar 
o‘qimaysan. O‘zingga yaqin insonlarni qo‘llab-quvvatla, quloqlariga 
senga qanchalar kerak ekanliklarini baqirib ayt, ularni ehtiyot qil, 
“afsus”, “meni kechir”, “rahmat” va “marhamat” degan so‘zlarni va 
o‘zing bilgan hamma xush kalomlarni aytish uchun vaqt top. Hech kim 
seni fikrlaring boisgina eslab o‘tirmaydi.
Parvardigori Olamga, hissiyotlaringni tilingga chiqara olishing 
uchun donolik va kuch-quvvat so‘rab iltijo qil. Do‘stlaringga ular sen 
uchun qanchalar qiymatli ekanlarini ayt. Agar sen bularni bugun 
qilmasang, ertanggi kuning ham xuddi kechagi kuning kabi bo‘lib 
qoladi. Va agar sen bularni amalga oshirmasang, hech narsaning 
ahamiyati qolmaydi, qiladigan ishing 
hech narsa, hech narsa va faqat 
hech narsa 
bo‘lib qoladi! 
Buning vaqti soati yetdi…” 

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish