Ijtimoiy tarmoqdagi axloq qoidalari
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar
juda mashhur boʻlib ketgan. Shuning
uchun tarmoqdagi muloqot etiketi, ya’ni
netiket ham dolzarb muammolardan
biriga aylanib bormoqda. Ularni alohida
ravishda ishlab chiqadigan tashkilot yoʻq.
Ammo, shunga qaramasdan, ularni ishlab chiqishda albatta mintaqaviy
til qonun-qoidalari hamda madaniyat ham inobatga olinishi lozim.
86
Albatta, shu kungacha shakllanib boʻlgan va rioya etib kelinayotgan
maxsus tavsiyalar mavjud. Masalan, tushunmovchiliklar kelib chiqishini
bartaraf qilish uchun, login sifatida oddiy soʻz yoki haqiqiy ismingiz va
familiyangizdan,
shuningdek,
avatarlar
uchun
oʻzingizning
fotosuratingizdan foydalanishingiz kerak. Lekin oʻzingizga tegishli
boʻlgan shaxsiy ma’lumot berish, ya’ni telefon raqami, yashash manzili,
pasport ma’lumotlari va boshqalar kabi ma’lumotlarni oshkora qoʻyish
tavsiya
etilmaydi.
Sizga
shubhali
tuyulgan
yoki
nomunosib
foydalanuvchi deb bilgan odam bilan aloqa oʻrnatishni bekor qiling. Uni
qora roʻyxatga kiritishingiz yoki tarmoq administratoriga shikoyat
qilishingiz mumkin.
Virtual etika tamoyillari va etika meyorlari
Umuman olganda, virtual haqiqat bilan bogʻliq boʻlgan muammolar
va ayniqsa, Internet-muloqoti bilan bogʻliq ilmiy tushunchalar endi
shakllanib bormoqda. Hatto kashfiyotlar ham kutilmagan salbiy
oqibatlarni olib kelganiday, Internet-kommunikatsiya koʻplab turli xil
holatlarni keltirib chiqarmoqda – asossiz qoʻrquvlardan tortib, to
kutilgan umidlarimizni yoʻqqa chiqarmoqda.
Shu sababli,
virtual odob-axloq qoidalarini
yaratish zaruriyati
tugʻilmoqda. Ya’ni bu virtual haqiqatni tartibga soluvchi amaliy etika
sohasining odob-axloq bilan bogʻliq qismi boʻlib qolishi lozim. U virtual
muloqot jarayonlarini ma’naviy va falsafiy aks etishi va ma’naviy
baholashni oʻz ichiga olishi kerak; axloq me’yorlari va prinsiplarini
nazariy asoslab berishi, ushbu sohadagi xatti-harakatlarni tartibga
87
solishi; va nihoyat, ushbu me’yorlar va prinsiplarga rioya qilish
mexanizmlarini yaratish lozim boʻladi.
Virtual etikaning oʻziga xosligi oʻrganilayotgan obyektning oʻziga
xos xususiyati bilan belgilanadi. Internet hech kimga tegishli emas, hech
kim tomonidan nazorat qilinmaydi. Bundan kelib chiqqan holda aytish
mumkinki, u hech kim tomonidan boshqarilmaydi. Virtual aloqa
ishtirokchisi odatda yashirin boʻlib, istalgan paytda aloqani uzishi,
tarmoqdan chiqib ketishi mumkin va bu faoliyat sohasi qonuniy jihatdan
tartibga solinmagan. Bu foydalanuvchilarga cheksiz erkinlik hissini
berib, ayrim hollarda esa chegaradan chiqib ketishiga olib kelmoqda.
Biroq, har qanday ijtimoiy sharoitda boʻlgani kabi, Internetda muloqot
ishtirokchilari orasida hech qanday tashqi kuchlar ta’sirisiz oʻzaro
ishonch tuygʻusi va qonun-qoidalar shakllanib bormoqda.
Umuman olganda, netiket qoidalari an’anaviy odob-axloq
qoidalaridan juda katta farq qilmaydi: ular muloqot davomida inson
bilan hurmat doirasida va oʻzaro odob-axloq qoidalariga asoslanadi.
Tarmoqda ham odob-axloqning “oltin qoidasi” mavjud. Netiket
qoidalari yozilgan yozma manbaning eng birinchi betida shunday deb
yozilgan: “Tarmoqda ishlayotganda, avvalambor, har qanday taraqqiy
etgan jamiyatda xos boʻlmagan narsalarni qilish man etiladi. Aniqroq
qilib aytadigan boʻlsak, milliy tusdagi etnik kelishmovchilikni keltirib
chiqarish, odamlarni haqorat qilish, qasamyod qilish, oʻgʻirlik qilish,
ataylab biror narsani buzishga urinish, mavjud tizimni agʻdarishga
harakat qiluvchi harakatlar va boshqalar bilan chiqish”.
Shu
bilan
birga,
universal
odob-axloq
me’yorlari
va
xushmuomalalik qoidalari bilan bir qatorda, real va virtual aloqaga teng
88
darajada amal qiladigan, kommunikativ kanalning oʻziga xos
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bir qator muayyan normalarni oʻz
ichiga oladi. Masalan, elektron pochta orqali yozishmalarda bosh harflar
bilan murojaat qilinmaydi (baqirib gapirganga tenglashtiriladi), harflar
shriftlari bilan eksperement qilish, ya’ni har xil shakllarini ishlatish
ma’qullanmaydi, smayliklar (emoji) (emotsiyalarni ifodalash uchun
ishlatiladigan maxsus belgilar) qoʻllanilishi tavsiya etilmaydi. Oʻz
fikringizni aniq, loʻnda va iloji boʻlsa qisqa tarzda ifoda etishingiz kerak.
Oldindan ogohlantirmasdan turib, fayllarni biriktirib yuborish va boʻsh
“Mavzu” (Tema) maydoni bilan xatlarni yuborish umuman tavsiya
etilmaydi. Spamga ruxsat berilmaydi – ya’ni, reklama va notanish
shaxslar tomonidan xat yuborish.
Tarmoqdagi muloqotni axloqiy jihatdan tartibga solish mexanizmi
sifatida professional axloqiy kodekslar qoʻllaniladi. Ularning qoʻllanish
doirasi nafaqat kompyuter mutaxassislariga tegishli, balki barcha tarmoq
foydalanuvchilari uchun ham amal qiladi. Ulardan eng kent
qoʻllaniladiganlari
–
Axborot
Texnologiyalari
Menejerlari
Assotsiatsiyasi, Kompyuter texnologiyalari ishlab chiqaruvchilar
uyushmasi, AQShdagi Axborot Texnologiyalari Foydalanuvchilar
Assotsiatsiyasi
va
Sertifikatlangan
Kompyuter
Mutaxassislari
Assotsiatsiyalari tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan kodekslar
hisoblanadi.
Ushbu kodekslardagi axloqiy me’yorlarga asoslangan holda,
Xalqaro
axborot
texnologiyalari
federatsiyasi
(IFIP)
boshqa
mamlakatlarning oʻziga xos milliy va madaniy an’ana va urf-odatlarini
89
hisobga olgan holda kompyuter axloq kodekslarining oʻz versiyalarini
ishlab chiqishni tavsiya qilgan.
Umumiy axloqiy me’yorlar bilan bir qatorda (ijtimoiy va shaxsiy
mas’uliyat, aloqada boʻlgan tomonlarning tengligi, oʻz kasbiy
majburiyatlarini aniq va vijdonan bajarish va hokazo) barcha kodekslar
virtual aloqaning har bir voyaga yetgan foydalanuvchisiga taalluqli
boʻlgan asosiy huquqlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu huquqlar uchta asosiy
axloqiy me’yorlarga rioya etishga asoslangan: axborot ochiqligi va
shaffofligi, shaxsiy hayot sirlarini saqlash va xususiy mulkning
daxlsizligi.
Axborot jamiyatining asosiy me’yoriy tamoyillaridan biri boʻlgan
“axborot ochiqligi va shaffofligi” tamoyili fuqarolarning aloqa va
muloqot qilish huquqini kafolatlaydi va har qanday muhitda har bir
foydalanuvchiga har qanday axborotni olish huquqini kafolatlaydi.
“Shaxsiy hayot sirlarini saqlash” tamoyili inson shaxsiy hayot
erkingligi va ozodligi huquqini, boshqa insonlar va boshqaruv
vakillarining hujumidan va shaxsiy hayotiga aralashuvidan himoya
qilish huquqini ifodalaydi. Shu sababli, axborot tizimlarining har bir
yaratuvchilari va foydalanuvchilarining asosiy axloqiy me’yorlaridan
biri ishonchli axborotning maxfiyligini ta’minlash majburiyati
hisoblanadi.
“Xususiy mulkning daxlsizligi” tamoyili iqtisodiyotda mulkchilik
munosabatlarini tartibga solishning asosi hisoblanadi. Virtual etikaga
tatbiq etadigan boʻlsak, ushbu tamoyilga rioya qilish axborotga egalik
qilish huquqi va mualliflik huquqining me’yorlariga rioya qilishni
nazarda tutadi.
90
Yuqorida sanab oʻtilgan huquqlar bir qator xususiy tamoyillarga
rioya qilish, masalan, soʻz erkinligi tamoyili, boshqalarning nuqtai
nazarini hurmat qilish tamoyili, ogohlantirish tamoyillari (tarmoq
qoidalarining qoidalariga rioya qilishni oʻz ichiga oladi), aniqlik
tamoyili (axborot tizimlarini boshqarish boʻyicha koʻrsatmalarga rioya
qilish) va boshqalar bilan ta’minlanadi.
Afsuski,
shuni
ta’kidlab
oʻtish
joizki,
nafaqat
oddiy
foydalanuvchilar, balki mutaxassislar tomonidan ham virtual axloqiy
me’yorlarning buzilayotganini koʻp hollarda koʻrishimiz mumkin.
Masalan, himoyalangan axborot tizimlariga ruxsatsiz kirish va ularga
ta’sir koʻrsatish, virus dasturlarini tarqatish, Internetda nomaqbul
hujjatlarni ommaviy ravishda tarqatish, soxta dasturlardan foydalanishga
harakat qilish kabi harakatlarni kuzatishimiz mumkin. Shu sababli
virtual axloqiy tamoyillarni tushuntirish va keng targʻib qilish axborot
jamiyatining eng dolzarb vazifalaridan biri boʻlib qolmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |