2-§. Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini aniqlash tartibi
Jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini soliqqa tortishda aso-siy ish
joyidan hamda asosiy bo`lmagan ish joyidan, yakka tartibdagi tadbirkorlik
faoliyatidi va boshqa daromadlari soliqqa tortiladi. Bunday daromadlarga
quyidagilar kiradi:
- mehnatga haq to`lash shaklida olingan daromadlar;
- jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi;
- jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan kelgan yalpi daromadi .
Mehnatga haq to`lash shaklida olinadigan daromadlariga jismoniy
shaxslarning mehnat shartnomasi bo`yicha qilingan ishlaridan va fiaqarolik-
huquqiy shartnomalar bo`yicha olingan daromadlari kiradi. Mehnatga haq to`lash
shaklida olinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
- xodimlarga sotiladigan tovar (ishlar, xizmatlar) qiymati bilan bunday
tovarlarni (ishlar, xizmatlar) xarid qilish narxi yoki ularning tannarxi o`rtasidagi
manfiy farq;
- ish beruvchi tomonidan xodimlarning chiqimlarini qoplash uchun qilingan,
ularning faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan xarajatlar;
- xodim ish beruvchiga toiashi kerak bo`lgan, ammo ish beruvchining qarori
bilan hisobdan chiqarilgan qarz summalari;
- ish beruvchi o`z xodimlarining hayoti va sog`lig`ini ixtiyoriy sug`urtalash
badallarini to`lash uchun qilgan xarajatlar;
- ish beruvchining jismoniy shaxsdan ushlab qolishi kerak bo`lgan to`lovlar
yuzasidan to`langan summasi;
- ish beruvchining o`z xodimlarining bevosita yoki bilvosita daromadlarini
tashkil etadigan boshqa xarajatlari.
Xodimlarga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan
me'yorlar doirasida beriladigan xizmat safari to`lovlarining summalari jami yillik
daromadga kiritilmaydi.
Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadiga foizlar, dividendlar bo`yicha
olingan daromad, mol-mulkni ijaraga berishdan keladigan daromad kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadiga
tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan, daromad olish maqsadida tavakkal
qilib, o`z mulkiy javobgarligi ostida yakka tartibda amalga oshiriladigan, qonun
hujjatlarida tasdiqlangan boshqa faoliyatdan keladigan barcha tushumlar kiradi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromaddan
soliq solinadigan daromadlarni aniqlash vaqtida mazkur yalpi daromadni olish
(topish) uchun qilingan xarajatlar, majburiy to`lovlar, chiqimlar va ajratmalar
chegirib tashlanadi.
Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromaddan
chegirib tashlashi lozim bo`lgan xarajatlar, majburiy to`lovlar, chiqimlar va
ajratmalarni aniqlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi. Jismoniy shaxslarning shaxsiy iste'mol bilan bog`liq
bo`lgan xarajatlari tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromaddan chegirib
51
tashlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |