Название публикации:
«BUZOQLARNI OG’IZ SUTI BILAN BOQISH VA
PARVARISH QILISH»
Annotatsiya:
Respublikamizda kundan kunga rivojlanib borayotgan sohalar ichida
chorvachilikning o`zgacha o`rni bor. Shu qatorda aholiga sifatli go`sht va go`sht
mahsulotlari, sut va sut mahsulotlari, tuxum, baliq, asal va boshqa bir qator
chorvachilik mahsulotlarini yetkazib berish muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqori-
dagilarni iste’molchilarga yetkazish uchun albatta fermer xo`jaliklarining beqi-yos
o`rni bor. Nasldor qoramollarni buzoqligidan o`stirishda metabolik dastur-lashni
me’yorlashtirish lozim.
Kalit so’zlar:
metabolitik dasturlash, og’iz suti, kolostrometr, ad libitum,
so’rg’ichli shisha, drenjer.
Аннотация:
Среди
развивающихся
отраслей
нашей
страны
животноводство занимает мясными продуктами, молоком и молочными
продуктами, яйцами, рыбой, медом и рядом других продуктов
животноводства. Фермы призваны сыграть уникальную роль предоставлении
потребителям вышеуказанного. Метаболическое программирование должно
быть стандартизировано в племенном разведении крупного рогатого скота
Ключевые слова:
метаболическое программирование, оральное молоко,
колострометр, ad libitum, всасывающая бутылка, дренжер.
Abstract:
Livestock has a special place among the developing industries in our
country. It is also important to provide the population with quality meat and meat
products, milk and dairy products, eggs, fish, honey and a number of other livestock
products. Farms have a unique role to play in delivering the above to consumers.
Metabolic programming should be standardized in the breeding of pedigree cattle.
Keywords:
metabolic programming, colostrum, colostrometer, ad libitum, suction
bottle, drainage.
150
«Buzoqlarni metabolik dasturlash» – bu atama tobora qoramollarni
ko’paytirishga bag’ishlangan seminarlarda ko’p qo’llanilmoqda. Uning mohiyati
quyidagicha: hayotining birinchi haftalarida buzoqlar sutni xohlaganicha qabul
qilishlari kerak – bu yerda ularning kelajakdagi sut mahsuldorligi yotadi. Agar bu
davrda buzoq ozuqa moddalarini kam oladigan bo’lsa, unda buzoqdan mahsuldor sigir
olish qiyinlashadi.
Buzoq uchun birinchi ozuqa og’iz suti. Uni hayvon tug’ilgandan keyin darhol va
iloji boricha ko’p ichishi kerak.
Ba’zi buzoqlar 4 litrgacha og’iz suti ichishi mumkin. Umuman olganda, bu yerda
quyidagi qoida qo’llaniladi: har bir buzoq tana vaznining 10% miqdorida og’iz sutini
hayotining dastlabki uch soatidan (hatoki 1 soat ichida) kechiktirmasdan, lekin 3 litrdan
kam bo’lmagan miqdorda olishi kerak.
Agar hayvonlar sigir yaqinida qarovsiz qoldirilsa, u holda buzoqlarning 50
foiziga og’iz suti yetishmaydi, shuning uchun tug’ilgan har bir buzoqni so’rg’ichdan
yoki naycha (drenjer) yordamida sutini ichirish kerak. Hayotining dastlabki soatlarida
sut ichishi juda muhimdir, chunki bu vaqt davomida ichak shilliq qavatining ozuqaviy
moddalarni qabul qilish qobiliyati maksimal darajada bo’ladi. Ikkinchi marta og’iz suti
hayvon tug’ilgandan 7-10 soat o’tgach beriladi.
Kolostrometr
Ferma og’iz sutini yetarli miqdorda zaxiralashi kerak. U fermada uzoq vaqt bo’lgan
sigirlardan olinadi. Og’iz suti sifati kolostrometr – immunoglobulinlar darajasini
aniqlash vositasi yordamida aniqlanadi. Bunday qurilma fermada bo’lishi zaruratdir,
chunki bu chorva mollarining nobud bo’lishidan va kasalliklarning paydo bo’lishidan
saqlaydi, shuningdek, hayvonlarning immunitetini mustahkamlashda asqotadi.
Og’iz suti «bank»ini yaratishda quyidagi hayvonlar suti ishlatilmaydi:
birinchi tuqqan g’unajinlardan;
boshqa fermer xo’jaliklarining hayvonlaridan;
kasal hayvonlardan;
quruq davri(suxostoy) nuqsonli bo’lgan sigirlardan;
tug’ishdan oldin sog’ilgan sigirlardan;
uzoq vaqt davomida og’iz suti o’z-o’zidan oqib chiqqan sigirlardan.
Og’iz suti qimmatbaho dori kabidir, shuning uchun ichilmagan og’iz sutini
tashlab yubormaslik kerak. Uni kislotalashtirish (ikki kun davomida ichirish),
muzlatish yoki katta yoshdagi buzoqlarga berish mumkin. Xuddi shu narsa o’tish suti
uchun ham amal qiladi.
O
G
'
IZ SUTINING TARKIBI VA XUSUSIYATLARI
Sigirning og'iz suti - sarg'ish tusli, qalin, yopishqoq suyuqlik. Quyidagi xususiyatlar
ilmiy jihatdan tasdiqlangan:
kuchli immunomodulyatsion;
umumiy mustahkamlash;
qo'llab-quvvatlovchi;
gepatoprotektiv.
151
Iste'mol qilinganda, asosiy ta'sir ovqat hazm qilish tizimiga yo'naltiriladi. Ichakning
devorlari tomonidan so'riladi, bilirubin miqdorini pasaytiradi, shuningdek tanani
ko'plab kasalliklar va infektsiyalardan himoya qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |