ФИО научного руководителя:
QarDu tarix fanlar nomzodi
Qodirova Mamlakat
Название публикации:
«OYDIN-OBOD MAHALLA»
ANNOTATSIYA
Bu maqolada Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida joylashgan obod va
ko'rkam qiyofaga ega "Oydin" mahallasi haqida so'z yuritiladi. Barcha sharoitlarga ega
ko'p qavatli uylarda iste'qomat qilib kelayotgan bu mahallaning fuqarolari naqadar
tinch-totuv, ahil-inoq yashab kelayotganligiga guvoh bo'lishingiz mumkin.
Kalit so'zlar
:
Mahalla, arxitektura, ko'p qavatli binolar, foydali ob'yektlar,
Temir daftar, Ayollar daftari, Yoshlar daftari, mahalla raisi, uyboshi, hashar, mahalla
guzari.
"Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson. Takror aytaman, irodali insondir. Kim
bo'lishidan qat'iy nazar jamiyatning har bir a'zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday
odamlarni yo'ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari
insonni hushyorlikka o'rgatadi, irodasini mustahkamlaydi."
4
Ona-Vatan O'zbekiston bag'rida jahonning ayrim mamlakatlariga ham hududi,
ham nufuzi bilan teng kela oladigan viloyatlar joylashgan bo'lib, ular orasida
Qashqadaryo ham bor. Qashqadaryo vohasi Albaniya, Armaniston va boshqa davlatlar
bilan sarhadlari bobida raqobat qila oladigan yirik viloyat hisoblanadi. Qashqadaryo
viloyati mamlakat janubi-g'arbida, Zarafshon va Amudaryo oralig'ida, Zarafshon va
Hisor tizma tog'lari etaklarida joylashgan. Bir so'z bilan aytganda, viloyat
Respublikaning janubiy vohalaridan biri hisoblanadi. Qadimda bu yurtni Yunon va
Xitoy solnomachilari Janubiy So'g'd, Janubiy Turon deya ataganlar.
5
Qashqadaryo viloyati salkam 3000 yillik tarixga ega bo'lib, viloyat tarixini
ibtidoiy davrdan boshlab o'rganish ishlari akademik Yahyo G'ulomov boshchiligida
amalga oshirildi. Bugun Qashqadaryoning bo'y-basti olamga ma'lum.
Mustaqillik asoschisi, Prezidentimiz Islom Karimov Qashqadaryoda rahbar
bo'lib ishlagan, uning tarixiga, gullab yashnashiga alohida e'tibor bergan edilar.
Shuningdek, Qashqadaryo tarixining oradan 10 asr o'tib, qayta yaratilganligi bevosita
u kishining homiyligi bilan uzviy bog'liqdir.
6
Har bir hudud o'zining misli ko'rilmagan tarixiga ega hisoblanadi. Shunday
hududlar borki, ko'plab tarixchi olimlar tomonidan tarixi ochib o'rganib borilmoqda.
Ular sirasiga bemalol Qashqadaryo viloyatining markazi bo'lgan Qarshi shahrini ham
kiritishimiz mumkin. Shahrimiz etimalogiyasi rang-barang va go'zal bo'lib, bir qator
4
Islom Karimov." Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q".T. 1998. Bet-9
5
Poyon Ravshanov."Qashqadaryo tarixi".T. 1995. Bet-3
6
Poyon Ravshanov."Qashqadaryo tarixi".T. 1995. Bet-7
90
asarlarda izohlab ketilgan. Bir qator taxminlarga tayanib izlanish olib borgan
V.V.Bartold shaharning nomi mo'g'ul xoni Kepekxon qurdirgan Qarshi saroyi
(qadimiy, turkiychada saroy ma'nosini anglatgan) bilan bog'liq deb ta'kidlaydi.
7
Bugungi kunda jahon adabiyotining durdonasiga aylangan "Qutadg'u bilig",
"Boburnoma" kabi buyuk ota-bobolarimizdan meros qolgan noyob asarlarda ham
Qarshi shahrining etimologiyasida to'xtalib o'tilgan. Yusuf Hos Hojib o'zining
dostonida Qarshini saroy va qarama-qarshi turish ma'nosida qo'llagan. Bundan
ko'rinadiki, shahar 2 xil ma'noda asarlarda tilga olingan. Hindistondek dunyoning yirik
davlatini egallagan buyuk sarkarda, shoh va shoir hisoblangan bobomiz Z.M.Bobur
esa, Qarshini saroy, qasr ma'nolarida ko'proq qo'llaydi.
Xalqaro temir yo'l va avtomobil yo'llari kesishmasida joylashgan voha markazi
hisoblanmish Qarshi shahrining maydoni 7,5 ming gektar, aholis esa, joriy yilda 275
ming kishiga yetib qoldi. Turli davrlarda Bolo, Nashebolo, Naxshab, Nasaf nomlari
bilan yuritilib, XIV asrdan boshlab Qarshi deb atala boshlangan.
Jamiyatimiz tayanchi hisoblanib kelayotgan mahallalarning shahar rivojida o'rni
beqiyos hisoblanadi. Har bir shahar o'z ko'rki va obodligini asosan, mahallalarda
ifodasini toptiradi. "Mahalla" atamasi arabchadan olingan bo'lib, "o'rin-joy" degan
ma'noni anglatadi. U turli mintaqalarda mahallot, guzar, jamoa, elat, elod nomlari bilan
atalib kelingan. Mahalla bugungi kunda yurtimizda ma'muriy-hududiy birlik
hisoblanadi. O'zini o'zi boshqarishning xalqimiz an'analari va qadriyatlariga xos
bo'lgan usuli desak maqsadga muofiq bo'ladi. Adabiyotlarda mahallalarning ko'p yillik
tarixga ega ekanligi haqida ma'lumotlar uchraydi. Masalan, Narshaxiyning "Buxoro
tarixi" asarida Buxoroda bundan 1100 yil ilgari bir qancha mahallalar bo'lganligi qayd
etib o'tilgan. A.Navoiy o'zining "Hayrat ul-abror" asarida mahallani: "Mahalla shahar
ichidagi shaharchadir"-deb ta'riflaydi. Mahallalar ayniqsa, Buyuk Sohibqiron Amir
Temur davrida ravnaq topgan. Sohibqiron mahallalarning obod bo'lishiga, har bir
fuqaroning kasbkoriga ko'ra to'g'ri uyushishiga alohida e'tibor qaratgan edi.
Mahallaning asosiy vazifalari: marosimlarni birgalikda o'tkazish, o'z hududini
batartib saqlash va obodonlashtirish, yosh avlodni ijtimoiy ruhda tarbiyalash
hisoblanadi. Aholining ahil bo'lib, uyushib ish ko'rishi avvalambor mahalladan
boshlanadi.
Istiqlol biz uchun ko'p narsani qaytarib berdi. Xususan, mahallalarga bo'lgan
e'tibor shunchalik yuksakki, buni davlatimiz tomonidam berilayotgan munosabatdan
anglab olishimiz mumkin. Biz buni O'zbekiston Respulikasi Konstitutsiyasining 105-
moddasida va 1993-yil sentabrda qabul qilingan "Fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish
organlari tog'risida"gi qonunlaridan ham anglab olishimiz mumkin.
Bu shaharda bir qator mahallalar mavjuddir. Ular orasida o'zining obodligi,
ko'rkamligi bilan shaharda shuhrat topib, tanilayotgani "Oydin" mahallasi hisoblanadi.
Maqolada binolari arxitektura talablari asosida tartib bilan qurilib, ko'p qavatli binolar
oyday yarashib turgan Oydin mahallasining tarixi tanishtiriladi. Bu nom ilk bor 2009-
yilda Qarshi shahar hokimligi tomonidan berildi. "Oydin" so'zini turlicha talqin qilsa
bo'ladi. Oydin- kishi(asosan qizlar, ba'zan o'g'illar) ismi. Qadimgi turkiy tilda uy-yer
sathidan bir muncha quyi joy, o'yiq, do'ng - kichik balandlik deb talqin qilingan. Oydin
7
uz.m.vikipedia.org.
91
- dastlab yaylov, o'tloq nomi bo'lgan, so'ngra shu yaylovdagi qishloq nomiga
aylangan.
8
Biz yuqorida mahallamiz nomining etimologiyasi bilan tanishib chiqdik. Oydin
mahallasi Qarshi shahrining markazida joylashgan bo'lib , ko'p qavatli uylar oldining
foydali ob'yektlar bilan band qilish yuzasidan tinimsiz say-harakatlarni shahar
hokimligi, mahalla faollari tomonidan olib borilmoqda. Fuqarolarning hordiq olish
huquqlari inobatga olingan holda, ko'm-ko'k maysalar va gullar ekilishi, fontanlardan
zilol suvlarning otilib turishi antiqa go'zallik kasb etishi rejalashtirilmoqda.
2009-yildan beri faoliyat olib borayotgan mahallamizni bir qancha mahalla
raislari boshqarishdi. Dastlabki mahalla raisi Karim Shukurov bo'lgan. U kishidan
so'ng bu vazifaga xalq tomonidan saylangan Muhabbat Aminova, Farhod Umirov,
Qo'chqor Hasanov davom etirishdi. Bugungi kunda mahallamiz Shohista Bozorova
tomonidan boshqarilmoqda. Mahalla raislarimiz bilan suhbat qurib yoki, faoliyatlariga
nazar solib ularning naqadar o'z kasblarining fidoyilari ekanligiga ishonch hosil qilsa
bo'ladi.
Har bir mahallaning o'z fidoyilari bo'ladi. Bu mahallada fidoyi insonlar bisyor.
62 ta uyboshimiz bo'lib, ular turli xil kommunal to'lovlar ya'ni, gaz, turli xil soliqlar
yig'ishda jonbozlik ko'rsatishadi. Ular har oy o'tkaziladigan hasharlarda faol qatnashib,
mahalladoshlarimizga bosh-qosh bo'lishadi. Ularning sayi harakatlari bilan bugungi
kunda ko'p qavatli uylarimiz oldi toza va obod bo'lib, ko'rgan odamning bahri dili
ochiladi.
Mahallamizdagi insonlar tinch-totuv, ahil-inoq bo'lib yashab kelishmoqda.
Mahalla raisimiz tomonidan bir qator loyihalar samarali amalga oshirildi. 2015-yil
yolg'iz nuroniy Ismet Abliyazimovdan qolgan 1 xonali uyni mahalla uchun foydali
ob'yektga aylantirishga harakat qilishdi. Shahar hokimining buyrug'i bilan bu xonadon
mahalla guzariga aylantirildi. Kengash a'zosi Sabohat Islomova bu loyiha tashabbusi
bilan chiqqanlarida, 2020-yil tadbirkor Qahramon Shoymardonov sherikchilik asosida
mahalla guzarini qurib berdilar. Bugungi kunda 2 qavatli ko'rgan ko'zni
qamashtiradigan Mahalla guzari "Tabassum" bog'chasining yonida qad rostlab turibdi.
Bunday ajoyib loyihaning amalga oshirilganidan xalqimiz minnatdor!
Mahalla raislarimiz yaxshi kunda ham, yomon kunda ham xalq bilan yonma-
yon, yelkama-yelka turishni o'z vazifalari deb bilishadi. Shu sababli bo'lsa kerak
mahallamiz Qarshi shahridagi aholisi eng ko'p va faol mahallaga aylangan. Afsuski,
mahallamizda urushda ishtirok etgan va Qahramonlik ko'rsatgan insonlar yo'q. Biroq
mahallamiz bir qator jamiyatga foydasi tegayotgan yetuk shaxslarni o'z bag'rida
voyaga yetkazdi. Bugungi kunda bir qator insonlar yuqori lavozimlarda faoliyat
yuritishmoqda. Aktam Navro'zov shahar prokurori, Otabek Qo'ldoshev Sirdaryo
viloyati prokurori, Firdavs Omonov Favqulodda Vaziyatlar Boshqarmasi bo'lim
boshlig'i, Norqulov Boymurod (rahmatli) Inson huquqlarini himoya qilish bo'limi
boshlig'i, hamda Shahriyor Ahmedov Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot instituti
fakultetlarining birida dekan lavozimida faoliyat yuritib kelishmoqda. Buning barchasi
mahallada kurilgan tarbiyaning samarasidir.
8
To'la Lafasov." Qarshi shaharlar tarixi".T. 2011. Bet-190.
92
Mo'jazgina mahallamizda 8214 nafardan ortiq fuqarolar iste'qomat qilib
kelmoqdalar. Bizning mahallada ham kam ta'minlangan "Temir daftar"ga kiritilgan
312 nafar fuqarolar iste'qomat qilib kelmoqdalar. 127 nafar xotin-qiz " Ayollar" hamda,
54 nafar yoshlar "Yoshlar" daftariga kiritilgan. Mahallamizda ushbu daftarga kiritilgan
fuqarolarni ro'yxatdan chiqarish uchun tinimsiz samarali ishlar olib borilmoqda. 2015-
yil boquvchisini yo'qotgan xonadonlarning 7 nafar farzandlarini xatna to'ylari o'tkazilib
berildi. 2022-yil 2-aprel kuni ramazon oyining boshida yana, 7 nafar bolaning sunnat
to'yi o'tkazib berildi. Bu marosimlarda barcha mahalladoshlarimiz va mahalla faollari
ishtirok etishdi.
Oydin mahallasida Toshkent irigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash
muhandislari instituti Qarshi filiali, bir nechta maktab, "Yulduzcha" va "Tabassum"
kabi bog'chalar, yirik savdo majmualari kabi markazlar faoliyat yuritmoqda. Mahalla
fuqarolar yig'ini faoliyati bilan tanishib chiqqan, Qarshi shahar hokimi vazifasini
vaqtincha ijro etib turgan Jahongir Po'latov Oydin mahalla veb-sayt dasturini ishga
tushirilishiga jonbozlik ko'rsatdi. Bugungi kunda 2020-2021- yillarda "Obod mahalla"
dasturi asosida ko'plab ta'mirlash ishlari hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari olib
borilmoqda.
Bizning mahallamiz bugungi kunda bir qator tadbirlarni amalga oshirishga
e'tibor qaratgan. Ehtiyojmand oilalarga qarashish, o'z hududimizdagi aholini ish bilan
ta'minlash, aholiga qulay bo'lgan madaniy-maishiy xizmat ko'rsatishni mahalla faollari
asosiy vazifalari qilib qo'yishgan, bu borada samarali ishlar olib borilmoqda.
Mahallaning asosiy shiori: "Mahallaning qo'lidan kelmaydigan ishning o'zi
yo'q",- deb nomlanadi. Bugungi kunda nafaqat mahalla faollari, balki biz yoshlar ham
mahallamizning nufuzini har tomonlama ko'tarishga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |