397
ФИО автора:
Qo'qon DPI Maxsus pedagogika logopediya yo’nalishi talabasi
M.Xasanova
Название публикации:
«BOLALAR PSIXOLOGIYASI»
Annotasiya:
Zamonaviy jamiyat o’zining tez va chuqur o’zgaruvchan tavsifiga ega bo’lib, bunday
o’zgarishlar jamoatchilik tuzilmalari, jumladan, mustaqil davlatlar, shaxs va jamiyat
o’rtasidagi munosabatlar, ta’lim -tarbiya jarayonlarda yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Shunday ekan psixologiya sohasida kishilarni muloqot jarayonida teran fikrlash ,
hozirjavoblik, ta’sirchanlik, samimiylik, empatiya, kirishuvchanlik, muzokaralar tashkil
qiluvchanlik, raqobatbardoshlik kishilarni shakllantirish va rivojlantirish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Kalit so'zlar: yosh psixologiyasi, tadqiqot usullari, longityud, plastik klinik kiritish,
dunyo qarashni oshirish.
Аннотация:
Современное общество имеет свою быстро и глубоко меняющуюся природу, и
такие изменения проявляются в структурах общественных структур, в том числе в
отношениях между независимыми государствами, личностью и обществом, в
образовательном процессе. Поэтому в области психологии важно формировать и
развивать у людей в процессе общения глубокое мышление, отзывчивость,
чуткость, искренность, эмпатию, инициативность, договороспособность,
конкурентоспособность.
Ключевые слова: психология юношества, методы исследования, лонгитюд,
пластический клинический вклад, совершенствование мировоззрения.
Annotation:
Modern society has its own rapidly and profoundly changing nature, and such changes
are manifested in the structures of social structures, including relations between
independent states, the individual and society, and in the educational process. Therefore,
in the field of psychology, it is important to form and develop deep thinking,
responsiveness, sensitivity, sincerity, empathy, initiative, negotiability, and
competitiveness in people in the process of communication.
Keywords: psychology of youth, research methods, longitudinal, plastic clinical
contribution, improvement of worldview.
398
Bolalar psixologiyasi –psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy
va alohida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni
harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi.
Shu sababli bolalar psixologiyasini ko’pincha yosh psixologiyasi deb ataydilar.
Bolalar
psixologiyasi
bolalarda
psixik
jarayonlar
paydo
bo’lishi
va
rivojlanishini,psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma -xil faoliyatining
rivojlanishinin,bolaning shaxs sifatida shakllanishini o’rganadi.Bolalar psixologiyasi
umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni
qo’llashning o’ziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini o’rganishda
ko’ndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar o’tkaziladi.
Birinchi holatda birgina psixikjarayonning o’zi bir vaqtda turli yosh guruhlariga
taaluqli bo’lgan bolalarda tadqiq qilinadi.Ikkinchi holat (longityuyd ) da esa ma’lum
bir (alohida tanlab olingan)bolalarning psixik xususiyatlari ko’p yillar davomida tadqiq
qilinadi.Bu esa o’z navbatida ular psixikasi rivojlanishining umumiy kechishini
kuzatish imkonoyatini beradi.. Bolalar psixologiyasida asosan ota-onalaga bolaga unga
bo’lgan ishonch, hurmat, qo’llab-quvvatlash , unga bo’lgan e’yiborlarini his qildirish
mumkin bo’lgan va mumkin bo’lmagan holatlar o’rgatiladi.
Bola dunyoni atrofni ota-ona ko’zlari bilan anglaydi. Ota-onaga nima yomon bo’lsa,
bola shuni yomon deb hisoblaydi. Ota-ona kimni hush ko’rsa, bola uchun u inson yashi
bo’ladi. Bu holat bolani 10-12 yoshiga qada davom etadi. Undan keyin bola o’zi xulosa
qilishga o’rganishni boshlaydi. Shunday ekan, bolaning har bir harakati – bu
ko’zgudagi sizning aksingiz.
Bolalar psixologiyasi 19 -asr o’rtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi.
U pedagogika psixologiyasi , ped, oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas
bog’langandir.Uning ma’lumot va xulosalari yosh avlodni o’qitish va tarbiytalash
nazariyasi va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega.
O’zbekistonda Bolalar psixologiyasi nasalalari bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib
borilmoqda.
399
Bola psixikasining rivojlanishi o’ta murakkab va qarama-qarshiliklarga ega bo’lgan
prosesdir, har qanday boshqa rivojanishdagi kabi, bunda ham miqdor o’zgarishlari sifat
o’zgarishlariga olib keladi. Masalan bolada so’z boyligining asta –sekin ortib borishi
yilning Grammatik qurilishini egallashga, ayrim xatti-harakatlar va yurish
turishlarning ko’p marta takrorlanishi esa shaxsda muayyan ko’niklma, odat, qat’iy
xususiyatlar kabilarning shakllanishi bilan yakunlanadi.Bola psixikasi rivojlanishining
eng umumiy qonuniyatlariga, birinchidan izchillik integratsiyasini, ya’ni bolaning
dastlabki tarqoq psixik holatlarini shaxsning barqaror psixik xislatlariga, muayyan
hodisalarga
nisbatan
ayrim-
ayrim
qarashlarni
yaxlit
dunyo
qarashga
birlashtirish;ikkinchidan,, bola shaxsidagi ayrim proseslar, funksiyalar va xislatlarning
notekis rivojlanishining; uchinchidan, ba’zi funksiyalar kamchiliklarni boshqa
funksiyalar bilan to’ldirilishini ta’minlovchi plastik klinik kiritish mumkin. Bola
psixikasining integratsiyasi, masalan, alohida predmet va hodisalarni to’liq idrik qilish
asosida kuzatuvchanlikning ,ayrim mehnat topshiriqlarini mehr-muhabbat bilan
bajarish asosida mehnatsevarlikning shakllanishiga yaqqol namoyon bo’ladi.
Psixika rivojlanishining notekisligi hayotning hamma davlarida sodir bo’lish
mumkin. Masalan, maktabgacha yoshda ayniqsa nutq, o’smirlik yoshida bilishga
qiziqish, ilk yigitlik yoshlarda mantiqiy tafakkur va hokazolar jadallik bilan rivojlana
boradi. Qator psixologlar aniqlashiga ko’ra, bola psixikasi rivojlanishida asosiy ichki
harakatlamtiruvchi kuchlar avvalo quyidagilar hisoblanadi;
Eski, ya’ni allaqachonlar erishilgan imkoniyatlar bilan yangi ehtiyojlar o’rtasidagi
ziddiyatlar;
Eski va yangi xulq shakllari o’rtasidagi ziddiyatlar;
Real hayotning mazmuni va uning bola ongida aks etish shakllari o’rtasidagi
ziddiyat.
Sanab o’tilgan ziddiyatlar ustida qisqacha to’xtalib, misollar krltiraylik.
Endigina tug’ilgan bola yangi qo’zg’atgichlarga nisbatan orientirovka reaksiyalariga
ega bo’ladi. Mana shularning fiziologik asosida keyinchalik qiziquvchanlik, bilishga
400
qiziqish, o’zi uchun ma’lum bo’lgan hamma narsalarni shaxsiy faoliyat doirasida
qo’shishga intilish kabi xislatlar rivojlanib boradi. Bolaning yurish- turishlari va xatti-
harakatlari, odatda dastlab taqlidiy xarakterda bo’ladi ya’ni u kattalarning xatti-
harakatlari va yurish-turishlaridan nusxa ko’chiriladi.
Shunday qilib, bolaning psixik rivojlanishi –bu shaxsda mavjud bo’lgan proseslar va
xususiyatlarning takomillashuvi, shuningdek ular asosida yangi, yanada yuksakroq
sifatlar va xususiyatlarning shakllanishidir.
Psixikaning rivojlanishi shaxs aktivligi, ya’ni bolaning faoliyati protesida ijtimoiy
muhit va tarbiyaning hal qiluvchi ta’sirida sodir bo’ladi. Psixikaning rivojlanishi
to'xtovsiz yuzaga keladigan ichki ziddiyatlarning xal qilinishi tariqasida sodir
bo'ladi.Yuksak berv faoliyatining tipi va temperament xususiyatlari naslga o'tishi
mumkin.Lekin tarbiyaga qarab,yuksak nerv faoliyatining bir tipi asosida harakterning
turli belgilari hosil bo'lishligi mumkin.
Irsiyatning qobiliyatlarga daxli bor.Hosil bo'lgan qobiliyatlar emas,balki bo'lgusi
qobiliyatlarning shart-sharoiti yoki, anotomik-fizilolgik kurtaklari naslga o'tadi.
Ammo kurtaklarning o'zi qobiljyatga aylana olmaydi. Kurtaklarni bo'lik yaxshi donga
o'xshatish mumkin. Don yaramas tuproqqa tushganda ko'karmasdan chirib ketishi
mumkin. Ijtimoiy-tarixiy sharoit va tarbiya sharoiti noqulay bo'lsa, kurtaklar
qobiliyatga aylanmay qolishi mumkin. Yuqorida aytilganlaridan quyidagi xulosalarni
chiqaramiz;
1.Irsiyat taqdirni belgilaydigan kuch emas ;
2.Irsiyat be'tibor qoldirilmay hisobga olinishi lozim;
3.Irsiyatning u yoki bu ko'rinishlari ijtimoiy-tarixiy hayot sharoitiga, bolalarni
o'qitish va tarbiyalash sharoitiga bog'liq.
Bolalarning o'sib kamolga yetishini harakatga keltiruvchi ikkinchi kuch ijtimoiy
muhitdir.Muhit tushunchasi ikki ma'noda ishlatiladi. Keng ma'nodqgi muhit so'zidqn
insoniyatning butub hayot sharoiti: tabiiy geografik va ijtimoiy tarixiy sharoiti
401
tushuniladi. Tor ma'nodagi muhit so'zidan ko'pincha oilaviy turmush sharoiti,tevarak-
atrofdagi ijtimoiy hayot tushiniladi.Shunday qilib,ijtimoiy muhit bolalar psixikasining
taraqqiy etishiga ta'sir ko'rsatadi, lekin muhit o'zgarmaydigan bir narsa emas.Jamiyat
hayotining ijtimoiy-tarixiy sharoiti o'zgargan sari, bola yashayotgan ijtimoiy muhit
ham o'zgarib boradi. Shaxsdagi barcha psixik xususiyatlarning ijodiy aktivligining
rivojlanish manbalari uning tevarak-atrofidagi ijtimoiy muhitida,jamiyatdadir.
Odamning psixik xusisiyatlari uning hayoti davomida, ya'ni ontogenetik tarzda yuzaga
keladi; bu xususiyatlarning tarkib topishi va rivojlqniahida odamning ijtimoiy tajribasi
uning hayot va faoliyat sharoitlari, ta'lim va tarbiya yetakchi, hal qiluvchi rol o'naydi,
deb o'rgatadi. Muhit keng ma'noda olganda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'lim va
tarbiya azaldan berilgan genetik jihatdan qat'i belgilangan nimanidir namoyon qilish
uchun shaoroitgina bo'lib qolmay, balki inson psixik xususiyatlarini tarkib toptiradi.
Ikkinchidan, psixikaning rivojlanishi oqibat natijada tashqi sharoitlarga, tashqi
taassurotlarga bog’liqdir.Lekin bu rivojlanishini bevosita tashqi sharoitdan va tashqi
vaziyatdan keltirib chiqarib bo’lmaydi.
Uchinchidan, odam aktiv mavjudot sifatida o’zi ham ongli ravishda o’z shaxsini
o’zgartirishni ya’ni o’z o’zini tarbiyalash bilan shug’ullanishi mumkin.
Mana shu yuqorida bayon qilingan hamma fikrlardan shunday xulosa chaqarish
mumkinki, bir xil tashqi sharoit, bir xil muhit, turli bolalarga, o’smirlarga, yigit va
qizlarga turlicha ta’sir ko’rsatishi mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
E.G’oziyeva .Umumiy psixologiya
2.
M.E.Zufarova. Bolalar psixologiyasi
3.
P.I.Ivanov. Umumiy psixologiya
402
Do'stlaringiz bilan baham: |