Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 
1. 
А
bdukh
а
lil
о
v
а
, D. (2020). M
о
rph
о
l
о
gi
са
lf
еа
tur
е
s
о
fd
о
ubl
е
w
о
rds in G
е
rm
а
n
а
ndUzb
е
kl
а
ngu
а
g
е
s. "
С
urr
е
ntissu
е
s
о
ff
о
r
е
ignphil
о
l
о
gy
а
ndlingu
о
did
ас
ti
с
s" K
а
rshiSt
а
t
е
Univ
е
rsity.
2 Qarshiyeva. D. E. (2020). Uzluksiz malakaviy amaliyotni tashkil etish uchun 
metodik tavsiyalar.
Аса
d
е
mi
с
R
е
s
еа
r
с
h in 
Е
du
са
ti
о
n
а
lS
с
i
е
n
се
s, 1 (4), 526- 536.
3. R
а
khm
а
t
о
v, F. (2020). Till
а
rd
а
z
а
m
о
n k
а
t
е
g
о
riy
а
sini umumiy-qiy
о
siy 
о
'rg
а
nish. 
Аса
d
е
mi
с
r
е
s
еа
r
с
h in 
е
du
са
ti
о
n
а
ls
с
i
е
n
се
s, (3).


267 
4. S
а
n
а
kul
о
v, Z. (2020). 
Со
mp
а
ris
о
n
о
fG
е
rm
а
n
а
ndUzb
е
kw
о
rdf
о
rm
а
ti
о
nm
е
th
о
ds (
о
nth
ее
x
а
mpl
ео
f
а
bbr
е
vi
а
ti
о
ns). Uz
АСА
D
Е
MI
А
S
С
I
Е
NTIFI
С
- M
Е
TH
О
DI
СА
L J
О
URN
А
L, 1(1), 45-50.
5. www.ziy
о
n
е
t.uz 


268 
ФИО автора: 
Norboboyeva Maftuna
O‘zbekiston Milliy universiteti 2-kurs magistranti 
Название публикации:
«FARIDUDDIN ATTOR VA SAYYID QOSIMIYNING 
“ILOHIYNOMA” DOSTONLARI O‘RTASIDAGI MUSHTARAKLIKLAR» 
Annotatsiya: 
Mazkur maqolada Fariduddin Attor va XV asr ikkinchi yarmida 
yashagan shoir Sayyid Qosimiyning “Ilohiynoma” dostonlari o‘zaro qiyoslangan. 
Ularning ifoda uslubi, tasvir vositalaridagi mushtarakliklar, o‘xshash va farqli jihatlari 
yoritib berilgan. Qiyoslashda Fariduddin Attorning “Ilohiynoma” asarini 2007-yilda 
O’zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan tarjima qilinib, “Musiqa” 
nashriyotida nashrdan chiqqan nusxasidan foydalanildi.
 
Kalit so‘zlar: 
Fariduddin Attor, Sayyid Qosimiy, “Ilohiynoma” dostoni, 
hikoyat, tasavvuf. 
 
Fariduddin Attor sharq adabiyoti rivojiga ma’naviy-ma’rifiy tafakkuri orqali 
chuqur ta’sir qilgan alloma ekanligi barchaga ma’lum. Alisher Navoiy Attor
“Ilohiynoma”si haqida: “ilohiy sirlar sharhidan iboratdir” degan ta’rifni beradi. 
69
Fariduddin Attor “Ilohiynoma”sini ma’naviy doston deb tushunishimiz lozim. Chunki 
doston ichida bir qamrovli hikoya va bir qancha kichik hikoyat mujassamlashgan.
Qamrovli hikoyaning mazmuni quyidagicha: Bir podshoh olti o‘g‘lidan: «Dunyoda 
eng sevgan narsalaringiz nima ekanini ayting», deydi. Birinchi o‘g‘li parilar 
podshohining qizini sevishini, ikkinchisi sehrgarlikni yoqtirishini, uchinchisi - Jomi 
Jamni (Jamshid qadahini), to‘rtinchisi - obihayotni, beshinchisi — Sulaymonning 
uzugini, oltinchisi – al-kimyoni orzu qilishini aytishadi. Podshoh farzandlariga faqat 
bu dunyo havaslariga berilmaslikni, dunyoda ulardan ham yuksakroq orzular borligini 
uqtiradi. Asosiy hikoya shu bilan boshlanadi va uning to‘qimasiga kichik hikoyatlar 
singdiriladi. Podshoh tasavvufiy mavzularda bahs etadi va birinchi hikoyatni “Pokiza 
ayol sadoqati” bilan boshlaydi.
69
Abdurahmonov P. “Yoshlik”, 2015, 1-son 


269 
Har ikkala shoirning “Ilohiynoma” dostonlari ham masnaviy yo’lida bitilgan 
bo‘lib , Attor “Ilohiynoma”si 282 ta rivoyat, hikoyat, va kichik qissalarni o’z ichiga 
olgan bo’lib, hajm jihatdan Qosimiy “Ilohiynoma”sidan ancha katta.
Qosimiy dostonning asosiy mazmunini bitta hikoyat zamiriga quradi. Ayol 
sadoqatini tarannum etuvchi hikoyatni keltiradi. Fariduddin Attorda bu hikoyat 
“Pokiza ayol sadoqati” nomi bilan keltiriladi. Asarda ayol kishining sabri, metindek 
irodasini ko’rsatuvchi, vafodorlik xislatlari ko’rsatib beriladi. Ushbu asar 
tadqiqotchilar tomonidan “ayol sadoqatining betimsol durdonasi” e’tirof etiladi.
Qosimiy hikoyatida ham ayolini ukasiga omonat tashlab hajga ketayotgan yigit voqeasi 
bilan boshlanadi. Ayol qaynisining tuhmati qurboni bo’lib toshbo’ron qilinadi. Attor 
shu voqeani tasvirlashda ayolni ayblashda to’rtta guvohni pul bilan yollaganini kiritadi. 
Bu voqea Qosimiyda uchramaydi. Ayolni arab topib olgani va uning ham ayolga oshiq 
bo’lgani, rad javobini bergach, qarindosh tutingani bayon qilinadi. Arabning 
xizmatkori ham unga oshiq bo’lishi va rad javobini olgandan keyin xo’jaynining 
go’dak bolasini pichoqlab ayolga tuhmat qilishidagi voqealar sujeti garchi bir xil 
bo’lsada, ikkala ijodkorning bayon uslubida, tasvir vositalarida farq bor. Shoir ayol 
tilidan pand-nasixat berib, u orqali insonlarni oqil bo‘lishga chorlaydi. Yostig‘ining 
tagidan chiqqan pichoqni dalil qilishganda ayol shunday deydi: 
Ayitdikim: Xudo erur guvohim, 
Bu ishda yo‘qturur zarra gunohim.
70
Ammo bu so‘zlarga hech kim quloq solmaydi. Tanasiga tayoq neligin bildirish 
uchun kaltakladilar. Arabga seni farzandingni o‘ldirishdan nima maqsad bor menga, 
gumoningdan pushaymon bo’lma deganida arab unga uch yuz dirham berib endi ket 
deydi. Ayoli ko‘rib dili ozor chekishini o‘ylagan arab, bu yerda qolsa xalq unit tinch 
qo‘ymasligidan havotirda ekanligini aytadi. Ayol ketadi va xalq to‘plangan joy ustidan 
chiqadi. Odamlardan hiroj to‘lamagan yigit haqida batafsil gapirib beradi.
Ayol dor ostidan uch yuz dirham evaziga yigitni qutqaradi. Afsuski u yigit ham 
unga oshiq bo‘lib qoladi va rad javobidan olib, nobakorlik qilib uni savdogarlarga sotib 
yuboradi. Yigitning oshiqligini tasvirlashda afsonaviy Vomiq va Uzrodek muhabbatni 
70
Sayyid Qosimiy. Masnaviylar majmuasi, Fan, 1992


270 
ta’ma qilishi bilan bog‘liq misralar Attor hikoyatida uchramaydi. Kemaga tushib 
qolganda ham Allohdan panoh so’rashi va hammaning halok bo’lishi ayol uchun inoyat 
edi. Bundan tashqari eranlarning libosini kiyib, shohning yoniga borishi va boshidan 
kechirganlarni so’zlab berishi, shoh tomonidan imorat qilib berilishi Attor 
“Ilohiynomasi”da uchramaydi. Hajdan qaytgan aka ukasining ko’r va shol bo’lib 
qolganligi uchun odamlardan eshitib, bilmagan holda ayolini oldiga borib qoladi. Ayol 
uzoqdan erini tanib, oldilariga kelishgach yigit aybini bo‘yniga olsa tuzalishini aytishi 
uning nihoyatda zukkoligidan edi. Pinhona ular ko’rishadi.
Attor hikoyatida ayol erini yurtga shoh, arabni vazir qilib tayinlagani va o‘zini 
ibodatga bag’ishlagani haqida bayon etiladi. Qosimiyda esa bu o’rinlar uchramaydi.
Qosimiy hikoyat so‘nggida Attordan ozuqa olganligini quyidagi misralarda 
bayon etadi: 
Ilohiynomayi Attor bu dur, 
Davayi siynai afgor bu dur. 
Oni turki birla Qosimiy aydi, 
Ma’oniy guharini elga yoydi. 
Qosimiy bu asarni yozishda Attor ruhiga suyanganligini aytadi. Ustozlarga 
ehtirom ko‘rsatish mumtoz adabiyotdagi an’analardan biri hisoblanadi. Umuman 
olganda, asarni qiyoslash jarayonida bir-biriga o‘xshash va farqli jihatlarga duch 
keldik. Fariduddin Attor “Ilohiynoma” asaridagi birgina hikoyat Qosimiyni doston 
yozishga undagan bir sabab deyish mumkin. Qosimiy dostonga o‘zgacha ruh berib, 
tasvirlar bilan boyitgan. Ammo ikki dostondagi hikoyatning asosiy mohiyati 
folklordan 
ozuqa 
olishdir.
Hikoyatdagi ayol obrazi orqali oddiy xalq uchun ham tushunarli bo’lgan 
ma’naviy ma’rifiy hayotni ochib berish va ayolning sadoqatini vafodorligini sinov 
orqali mustahkamlashdir. Davr muhiti jihatidan ayollarga ojiza deb qaralgan bir paytda 
bu mavzuda qalam tebratish oson bo‘lmagan. Ayol obrazini yaratish orqali shoir uni 
ko‘pgina qiyinchiliklar va sinovlar yoqasiga olib borib qo‘yadi. Hammasini yengib 
o‘tib, o‘z e’tiqodiga sodiq qolgan ayol obrazini mahorat bilan gavdalantiradi. Bu orqali 
Qosimiy jamiyatda ayollarga past nazar bilan qarash aqidasini ko‘rsatib beradi.


271 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish