Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, Sharofat 
Yo’ldosheva, Sharofjon Sariyev “Ona tili o’qitish metodikasi”. 
2. “Ziyonet” internet tarmog’i. 
3. “Boshlang’ich ta’lim” jurnali. 


281 
ФИО автора: 
Mamadaliyeva Mamlakat Qahramon qizi, 
Namangan Davlat universiteti 1 - bosqich magistranti

Название публикации:
«BOLALAR O'YINLARIDA SANAMALARNING 
QO'LLANILISHI» 
Annotatsiya:
 Maqolada bolalar o‘yinlaridagi sanamalar (raqamlar) haqida so‘z 
boradi. Bolalar sevib o‘ynaydigan o‘yinlarda raqamlar ishtiroki qanchalik muhim va 
zarurligi tahlilga tortiladi. 
Аннотация:
В статье рассматриваются детские плейлисты (номера). 
Будет проанализирована важность и необходимость участия чисел в играх, в 
которые любят играть дети. Ключевые слова: игра, “Аист пришел”, 
“Прятаться”, “Погоня”, “Пять камней”, “Карабтеп” 
Annotation:
 The article deals with children's playlists (numbers). The importance 
and necessity of participation in numbers in games that children love to play will be 
analyzed. Keywords: game, “Stork came”, “Hide”, “Chase”, “Five stones”, 
“Karabtep” 
Kalit so‘zlar:
 o‘yin, “Laylak keldi”, “Bekinmachoq”, “Quvlashmachoq”, “Besh 
tosh”, “Qarabtep”. 
 
Bolalar insonlar hayotiga nur olib kiruvchi ajoyib tilsimdir. Ular ushbu foniy 
dunyoni bezab turuvchi go'zal hilqat. Ularning beg'ubor ko'zlariga qarar ekanmiz, bir 
zumga bo'lsa-da, samimiy insonga aylanamiz. Jajji farzandlarimiz bizga doim quvonch 
baxsh etadi. Ular bilan o'ynashimizni juda-juda xohlashadi.Sababi bolalar hayotida 
o’yin juda muhim bo’lgan,bir umr esda qoladigan hayotiy jarayondir.Ular oddiy 
tushuntirishlarimizni ham qiziqarli tarzda, o’yin yoki ertaklar shaklida bo’lishini 
xohlashadi. 


282 
Hech o'ylab ko'rganmisiz bu o'yinlar qachondan mavjud. 
“Bolalar o'yinlarining muayyan bir qismi bevosita qadimgi odamning o'z turmush 
tarzini badiiy talqin etish ehtiyoji tufayli bevosita mehnat qilish jarayonida 
shakllangan. 
Ovchilik,chorvachilik, 
dehqonchilik 
shuningdek 
qadimgi 
hunarmandchilik ajdodlarimizning kundalik turmush tarzi bolalar o'yinlarining kelib 
chiqishiga asos bo'lgan dastlabki va asosiy ijtimoiy manbalar sirasiga kiradi”[1;96]. 
Shunday ekan bolalar o'yinlarini qadimgi davrlarga borib taqaladi deyishimiz 
mumkin. “Ajdodlarimiz- qadimgi turkiy qavmlarning turmush tarzi ovchilik, 
chorvachilik bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Ko'chmanchilikka asoslangan. Turmush 
tarzi ajdodlarimizdan o'z farzandlarini yaxshi chavandoz, qarag'ay mergan kuragi yer 
ko'rmagan paxlavon qilib tarbiyalashni taqazo etadi. Shuning uchun ot o'yinlari, poyga, 
tirandozlik musobaqalari kurash, tuya, qo'chqor, xo'roz urushtirish qadimdan keng 
rasm bo'lgan edi. Ana shu an'analar asosida asrlar davomida o'zbek bolalar folklori 
o'yining badiiy tizimi shakllangan”[1;97]. Ushbu o'yinlarning, albatta, o'ziga xos. 
Shartlari, qonun-qoidalari bo'lgan. 
Milliy o'yinlarga e'tibor bersak,ularning aksariyatida sanash muhim belgi 
hisoblangan. Raqamlar faol qo'llangan o'yin turlarini ayrimlarini keltirib o'tamiz. 
Masalan: “Laylak keldi” o'yini 
Bunda bolalar aylana bo'lib,o'tirib olishadi. Qo‘llarini bir-biriga bergan holda. 
Shundan so‘ng o‘yin boshlanadi. 
Laylak keldi, 
Tuxum qo‘ydi. 
Soni nechta, 
Ayting qani. 


283 
Xohlagan raqam aytiladi. Masalan: 10. Bolalar qo‘llarini bir-biriga urib, sanashni 
boshlashadi. 1.2.3.4.5.6.7.8.9.10 oxirgi son aytilganda, qo‘lini olib qochgan yutadi, 
olib qocholmasa yutqazadi va o‘yindan chiqariladi. 
Sanash bu o‘yinda muhimdir va u o‘yinning asosini tashkil qiladi.Bolalarni 
tezkorlikka,fikrni jamlashga o’rgatadi. 
“Bekinmachoq” o‘yini 
“Bu o‘yin uchun butazor yoki uylar bo‘lishi kerak. Marrada qoladigan o‘ynovchi 
shunday aniqlanadi. Bir to‘da bolalar baravariga : 
-
“Bekinmachoq oshga pichoq, kim oyni ko‘rdi?” – deya solib qo‘llarini baland 
ko‘taradilar. Kim ko‘tarishdan orqada qolsa, o‘sha bola marrada qoladi. 
O‘yinni boshlash navbati aniqlangandan keyin, qolgan bolalar yashirinishga 
ketadilar. Qolgan o‘ynovchi esa yotadi, yoki yuzini devorga qilib turib baqiradi? 
-
Bo‘ldimi?, bo‘ldimi? - deydi va sanay boshlaydi. 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7…. ketdi. 
Bo‘lsa ham bo‘ldi - bola ko‘zini ochadi, tevarak-atrofni sinchiklab kuzatadi va 
bolalarni topish tomonini mo‘ljallab qidira boshlaydi. Birinchi bo‘lib topganini ismini 
aytadi. 
Hamma o‘ynovchi yig’ilib bo‘lguncha o‘yin davom etadi. So‘ngra yangi topuvchi 
aniqlanib, o‘yin boshlanadi.[2]. 
Bekinmachoq o‘yini har bir o‘zbek bolasining sevimli o‘yinidir.Uni o’ynamagan 
biror bola bo’lmasa kerak.Bu o’yin juda qadimiydir.Ushbu qadimiy o’yinni esa 
sanamalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. 
Yana bir musiqali o‘yinda ham tartib sonlar o‘ziga xos ifodalanib, o‘yinga yanada 
e’tiborliroq bo‘lishni talab qiladi. 
“Oltin eshik darvozasi” o‘yini 
Bunda ikki bola darvozabon bo‘ladi. Qolgan bolalar qo‘shiqni aytib, darvozadan 
o‘tishadi. Qo‘shiq so‘nggida darvoza yopiladi. Darvozada qolib ketgan bola o‘yindan 
chiqariladi. 
Oltin eshik darvoza 


284 
Qani o‘ting bolalar 
Birinchi marta o‘tasiz 
Ikkinchi marta o‘tasiz 
Uchinchi marta o‘tmaysiz. 
Shundan so‘ng darvoza yopiladi. Qolib ketgan ishtirokchi o‘yinni tark etadi. 
Qolgan ishtirokchilar bilan o‘yin davom ettiriladi. 
Ushbu o‘yinga ham raqamlar alohida joziba bag’ishlab turibdi.Tartib sonlarning 
qo’shiq tarzida aytib turilishi esa,o’ynovchilarni chalg’itishga xizmat qiladi va o’yin 
ishtirokchilarida epchilik va tezkorlikni talab qiladi. 
“Qishloq bolalari ko‘proq o‘ynaydigan o‘yinlar ularni sanoqlarni o‘rganishga, 
nafas yo‘llarini rivojlantirishga yordam berish bilan birga, lug’at boyligini oshirib, 
faollashtiradi. Bunda, ayniqsa, qo‘shiq o‘yinlar muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bir, ikki, o‘n olti 
O‘n olti deb kim aytdi? 
O‘n olti deb men aytdim, 
Ishonmasang sanab ko‘r…. 
(O‘yindagi bolalar sanaladi) 
Yoki 
Hakkalakam, dukkalakam 
Chori amal, beri amal 
Qayda edi, tog’da edi 
Tog’man, zuvman… 
(Chillak zuvillanadi) 
Ayni paytda qo‘shiq-o‘yinlar, sanoq o‘yinlar bolalarning bilimini oshiradi, aqlini 
charxlaydi, hozirjavob, zukko etib tarbiyalaydi”.[3;184]. 
Bu o‘yinlardan bolalar zavqlanish bilan birga, aqliy qobiliyatlarini ham 
o‘stirishadi. Bolalar o‘yinlaridagi raqamlar esa xotirani mustahkamlashga ham xizmat 
qiladi. Yana shunday o‘yinlardan biri bu “Besh tosh” o‘yinidir. 
Ushbu o‘yin uchun toshlar va xurjun kerak bo‘ladi. 


285 
“Ikki yoki undan ortiq qizlar qo‘llariga xurjunlaridan beshtadan tosh olishadi. 
Toshlarni ikkita qo‘llari ustiga qo‘yib, mo‘ljallangan doira doira ichiga toshlarni 
tashlaydilar 
Doira ichidagi bitta toshni yuqoriga uloqtirib, qolgan doiradagi toshlarni navbat 
bilan yerni elab qo‘liga ilib oladi. 
Boshlovchi qiz o‘yin davomida ushbu qo‘shiqni aytadi: 
Bir tolning yaprog’i 
Ikki tolning yaprog’i 
Uch tolning yaprog’i 
Tegirmonning kepagi. 
To‘rt dedim, qush keldi, 
O‘yin toshim besh keldi 
Har bir yutib olingan tosh xurjunga solinadi. 
O‘yin jarayonida tepaga otilgan tosh tushurilib yuborilsa, yoki ilib ololmasa o‘yin 
to‘xtatiladi. O‘yin so‘nggida xurjundagi toshlar sanaladi. Kimda tosh ko‘p bo‘lsa, 
g’olib deb topiladi.”[4]. 
Ushbu o‘yinda ham sanoq sonlar faol qo‘llangan. Quvlashmachoq o‘yinida ham 
aynan sanoq sonlardan foydalaniladi. 
“Maydon chiziq bilan chegaralanib chiqiladi. Bitta onaboshi - quvlovchi 
tayinlanadi. Boshqa o‘yinchilar uning atrofida doira hosil qilib turadilar. Quvlovchi 
“bir, ikki, uch” ,- deydi. Hamma bolalar har tomonga yugurib ketadilar, xavf tug’ilgan 
paytda o‘tirib olishlari mumkin, o‘tirib olganlarni quvlovchi tutmaydi. Quvlovchi tutib 
olgan bola onaboshi bo‘ladi. O‘yinni istagancha o‘ynash mumkin. 
Bu o‘yinning Sakrash bilan quvlashmachoz variantini ham o‘ynash mumkin. Bu 
ham yuqorida ta’riflangandek o‘ynaladi. Faqat farqi – bir oyoqda sakragan bola bunda 
tutilmaydi.”[5]. Bu o‘yinning tarixiy ildizlariga nazar tashlasak, “Quvlashmachoq” 
o‘yini britaniyalik Kristian Divoga borib taqaladi. Otalar o‘z farzandining bo‘sh 
vaqtlarini sermazmun o‘tkazish maqsadida, ular bilan turli o‘yinlar o‘ynashganligini 
ko‘rishimiz mumkin. Hozirda ko‘plab bolalar sevib o‘ynaydigan “Quvlashmachoq” 
o‘yini bo‘yicha 2016 - yilda Londonda jahondagi birinchi chempionat bo‘lib 


286 
o‘tgan[5].. Hozirgi kunda butun dunyo bo‘yicha xalqlarning milliy - urf odatlariga 
aylanib ulgurgan bolalarning sevimli o‘yinlarini saqlab qolish maqsadida qilingan 
ishlar buning yaqqol misolidir. 
Raqamlarning ishtiroki muhim hisoblangan o‘yinlardan biri bu – “Qarabtep” 
o‘yinidir. Ushbu o‘yin jundan yasalgan “tepki” yordamida o‘ynaladi. Bolalar tepkini 
oyoqning tashqi tomoni, so‘ng ichki tomoni va sakragan holatda o‘ynashlari 
mumkin.Tepilayotgan tepki o‘ynovchi tomonidan sanab turiladi. O‘yin tepki yerga 
tushib ketguncha davom etadi. Eng ko‘p tepgan ishtirokchi o‘yin g’olibi bo‘ladi. Bu 
o‘yin sport o‘yinlaridan hisoblanadi. Ishtirokchilar 1.2.3.4.5.6.7.8.9.10…. kabi 
tepilgan tepkilarni sanashadi. Namangan viloyati Pop tumanida “Qarabtep” o‘yini 
“Lanka” deb atalib, sanalayotgan tepkilarga par so‘zi qo‘shib aytilgan. Masalan: bir 
par ya’ni 1- raqami, ikki par 2- raqami, uch par 3-raqami, to‘rt par 4-raqami v.k tarzida 
davom etgan. Bu o‘yin barcha bolalar tomonidan sevib o‘ynaladi. “Qarabtep” o‘yini 
bo‘yicha sport musobaqalari ham o‘tkazilib kelinmoqda. 2013- yil 21- dekabrda 
Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on shahrida “Qarabtep” xalq o'yini bo'yicha tarixiy 
Respublika birinchiligi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada barcha viloyatlardan yil 
davomida mashg'ulotlar olib borgan va shug'ullangan tepkichilar ishtirok etishgan. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, bolalar o‘yinida sanamalar juda muhim o‘rin tutadi. 
Dunyo bo‘yicha ham, O‘zbekiston bo‘yicha ham har kuni bolalar tomonidan yuzlab 
sanamalar tilga olinadi va ular yordamida qiziqarli o‘yinlar o‘ynaladi. Bu o’yinlar
bolalar hayotiga quvonch olib kirayotganini har qadamda sezamiz va o’z bolaligimizni 
xushnudlik bilan esga olamiz. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish