Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
Dilbar Hasanova 
O’zbekiston Milliy universiteti 2-kurs magistranti

Название публикации:
«BUGUNGI HIKOYALARDA AYOL RUHIYATI 
TASVIRIDAGI O’ZGACHALIKLAR» 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada milliy hikoyalarimizda ayol ruhiyatidagi 
o’zgarishlar Zulfiya Qurolboy qizining “Rashk”, “Kelin”, “Quyosh men tomonda”
hikoyalari asosida turgan xiyonat motivi vositasida uch ayol taqdiri, ulardagi ruhiyat 
o’zgarishlari tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar:
ayol, ruhiyat, obraz. 
Abstract:
In this article changes in women’s rubies in our national stories Zulfiya 
Kurolboy’s daughter “ Jealousy”, “Daughter in law”, “The sun is on my side”. The fate 
of the three women, the mood swings in them, is analysed through the betrayal motive 
that underlies the stories.
Key word
s: female, psyche, image.
Аннотация:
В этой статъе изменения женской психики в наших народных 
рассказах судьба трех женщин через мотив предательство в основе которого 
лежат рассказы дочери Зульфии Куролбой «Ревность»,«Невеста», «Солнце на 
моей стороне» анализировались изменения настроения у них.
Ключевые слова: 
женщина, двухность, образ 
Ayol – tabiatning noyob mo’jizasi. U bir vaqtning o’zida nozik va qudratli, 
rahmdil va zulmkor, ojiz va dovyurak, kamsuqum va qat’iyatli bo’la oladi. Ayol obrazi 
– Tangri yaratgan noyob mo’jiza sifatida har bir san’at sohasida o’ziga xos tasvirlanadi. 
Islom dinining muqaddas kitobi “Qur’oni karim”ning “Niso” surasi ayollarga 
bag’ishlangan eng yirik suralardan biridir. Mazkur sura ayollar nomi bilan alohida 
nozil qilingan bo’lib, unda shariat ahkomlari, meros va ayollarga munosabat hukmlari 
bayon etilgani dinimizda ayollarning ehtirom qilinganligini ko’rsatib beradi. 


236 
Shuningdek, oyatlarda erkaklarning ayollar bilan go’zal muomala qilishlari va buning 
ortida katta savob mavjud ekanligi, ayolning ona, opa-singil, rafiqa, farzand sifatidagi 
o’rni, ularga munosabat tartiblari, ayol va erkak, ayolning aka-ukalari bilan 
munosabatlari borasidagi ahkomlar o’z ifodasini topgan. 
Kuzatishlar natijasida, ayollarning jamiyatda tutgan o’rni masalasi 
adabiyotshunoslik, psixologiya, falsafa, tarix, siyosatshunoslik, san’atshunoslik kabi 
turfa fanlarning obyekti sifatida qaralishiga guvoh bo’lamiz. Arab tadqiqotchisi 
A.Xalaf “Arab san’atida Ayollar obrazi” nomli maqolasida
:
“Sharq san’atida ayol 
obrazi markaziy o’rinni egallaydi. Ammo bu obraz ko’p ma’nolarga ega bo’lib, 
turlicha talqin qilinadi. Bir tomondan, u ayolni ma’naviy yuksak darajada bo’lsa-da 
“narsa” sifatida, ammo dunyoviy sevgining timsoli sifatida tasvirlaydi. Ikkinchi 
tomondan, ayolga nisbatan dunyoviy sevgi Allohga muhabbat ramzini ifodalaydi. Bu 
ikkinchi xususiyatda ayol tasviri ayniqsa she’riyat va tasviriy san’at sintezida keng 
qo’llanilgan

[5.118.] - deb yozadi. 
Qardosh xalqalar, Yevropa va rus xalqlari adabiyotshunoslik ilmida ayol 
obraziga, uning badiiy asardagi o’ziga xos talqiniga oid qarashlar va ilmiy ishlar 
talaygina. O’zbek adabiyotshunosligida ham ushbu mavzuga oid maxsus ishlar 
salmoqli. X. Lutfiddinovaning Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” hamda 
Cho’lponning “Kecha va kunduz” romanlaridagi ayollar obrazi va yozuvchining 
estetik ideali masalasi o’rganilgan. Tadqiqotchi yozadi: “Insoniyatning tamal toshi 
asosini tashkil qiluvchi ayol va uning obrazi hamda estetik ideal muammolarini 
tadqiqotimiz uchun mavzu qilib olar ekanmiz, uning muhimligi ayniqsa, hozirgi 
hayotimiz uchun dolzarblik kasb etadi. Chunki ayol yer yuzidagi jamiki insoniyatni 
tug’ib, voyaga yetkazgan, bashariyatning davomiyligini ta’min etuvchi zotdir”
[2.76.]. Ayollarsiz bashariyat davom etmaydi, usiz hayotni ham, adabiyot va san’atni 
ham tasavvur etib bo’lmaydi, albatta. 
Adabiyotshunos Z. Isomiddinov shunday yozadi: “Insonshunoslik bo’lmish 
adabiyot birinchi navbatda ayolshunoslik, ya’ni ayolni o’rganish, inkishof etish ilmidir. 
Kuzatsak, eng qadimgi asarlar ham ayolga bag’ishlangan, ular konfliktini ayol va unga 
aloqador narsalar tashkil etadi. Hatto aytish mumkinki, adabiyot taraqqiyoti ayol 


237 
mavzuining badiiy tadqiqi, uning teranlasha borishi bilan chambarchas bog’liq”
[1.47.] 
Darhaqiqat, ayol borki, olam munavvar. Tiriklik manbai, adabiyot va san’atning ham 
badiiy tadqiqi ayol bilan chambarchas bog’liqdir. 
Hozirgi o’zbek nasri taraqqiyotida ayol ruhiyati, uning inja tuyg’ulari tasviri, 
ruhiyatidagi yangilanishlar asosiy va dolzarb mavzulardan sanaladi. Har bir yozuvchi 
asarida yaratgan timsoliga o’zida mavjud bo’lgan yoki bo’lishi kerak deb hisoblagan 
xususiyatlarni singdirish barobarida takrorlanmas badiiy ifoda yaratishga harakat 
qiladi. Ayniqsa, bu holat ayol qahramonlarning yuzaga kelishida o’zgachalik kasb 
etadi. Erkak obrazlar orasida ayrim o’xshash qoliplar uchrashi mumkin. Ammo ayol 
siymosi hech bir asarda bir-birini takrorlagan emas. 
Bugungi kunda ayol ruhiyati, uning qalb kechinma va tug’yonlarini tasvirlash 
borasida Zulfiya Qurolboy qizi, Salomat Vafo, Jamila Ergasheva kabi bir qancha 
adibalarimiz sermahsul ijod qilishmoqda.
Zulfiya Qurolboy qizi qalamiga mansub “Kelin”, “Rashk” va “Quyosh men 
tomonda” hikoyalari mavzu jihatdan bir-biriga yaqin bo’lsa-da,ulardagi ayol obrazlari 
individual, bir-birini takrorlamaydi,bir-biridan farq qiladi. “Kelin” hikoyasidagi 
Xoldor kelinning eri Fayzimurod ham, “Rashk” hikoyasidagi Xosiyat kelinning eri 
Sherali ham, “Quyosh men tomonda” hikoyasidagi Go’zalning eri Tohir ham oilasiga 
xiyonat qiladi. Bu xiyonatni har uchala ayol turlicha qabul qiladi. 
“Kelin” hikoyasidagi Xoldor tabiatan “soddagina, to’porigina, kamgap, 
kamsuqum, mehnatkash juvon. Ertadan kechgacha chol-kampirning xizmati va 
ro’zg’or tashvishlari bilan yelib-yugurib charchamaydi. To’rt bola tashvishidan ortib 
o’ziga qarashga ham vaqt topa olmaydi, eri o’n kunlab uyiga kelmasa ham “miq” 
etmaydi”
[3.228.] Qaynona-qaynotasi o’g’lining cho’ntagidan chiqqan manzil 
bo’yicha izlab borganlarida o’g’lining ikkinchi xotini borligini bilishadi. Xoldorning 
kundoshi – Oygul tarbiyali, shirinso’z, madaniyatli, o’ziga oro berishni joyiga 
qo’ygan ayol. Uyi ham did bilan bezatilgan. Chol-kampir hang-mang bo’lib 
qolishadi. O’g’lining Oyguldan voz kechmasligini bilib, taqdirga tan berishadi. Tez-
tez Oygulnikiga mehmonga kelib turishadi. Xoldor kelin esa baridan bexabar. 
Erining: “Molning tagini tozalab tappi yopib yuraver. Shundan boshqasini 


238 
eplamaysan”
[3.237],-
tarzidagi iddaosi ham uni hushyor torttirmaydi
. Kelinning 
soddaligi, to’poriligi, shu gaplardan keyin ham o’zini o’zgartirishga harakat 
qilmasligi erining xiyonatiga 
sabab bo’lganday ko`rinadi 
Xotinining butkul o’zgarib ketganligi Sheraliga ta’sir qiladi. Har zamonda 
xotinini tanqid qiladi. Dastlab: “Sal o’zingga qarab yursang bo’lmaydimi?”- deganida 
Xosiyat uncha e’tibor bermaydi. Keyingi safar esa: “Tuzukroq ko’ylaging yo’qmi? 
Egningdagining rang-ro’yi qolmabdi-ku” degan e’tiroziga Xosiyat “Atlas ko’ylak 
kiyib, mol tagini tozalaymanmi? – deb keskin javob qaytaradi. Bir kuni kechasi^ 
“Qo’lingdan tappining hidi kelayapti, bor, yaxshilab yuvib ke”,- deb xotinini hovliga 
chiqarib yuboradi. Erining bu gaplari ayolning nafsoniyatiga tegdi. Kelin bo’lib 
tushgandan beri birinchi marta o’ksib-o’ksib yig’ladi. Ertasi kuni ohorli ko’ylagini 
kiyib, pardoz-andoz qilib oldi. Uy ishlariga qo’li kelishmadi. Xitoy laganni sindirib 
qaynonasidan dakki ham eshitib oldi. Oradan vaqt o’tib erining muzqaymoqchi ayol 
bilan munosabati borligini sezib qoldi. Xo’rligi keldi, rashki qo’zidi. Ichida o’z-o’ziga 
va o’sha ikki xiyonatkorga nisbatan isyon ko’tardi.
Xoldor va Xosiyat kelinlarning taqdiri o’xshash. Ammo Xosiyatda ayollarga xos 
noziklik, orzularga intilish va his-tuyg’u bor. Erining unga upa-eliklar, atirlar va 
taqinchoqlar olib berishini istardi. Ayol kishi tejamkor bo’ladi. Ro’zg’ordan orttirib 
o’ziga atir olishni ep ko’rmaydi. Eri undan go’zallik talab qiladiyu, ammo qo’ng’izda 
ham ko’ngil borligi esiga kelmaydi.
“Quyosh men tomonda” hikoyasi qahramoni Go’zal ham erining xiyonatiga 
uchragan personaj. Oiladagi yo’qchilik sabab bo’yida bo’lib qolgan ikki norasidani 
oldirishga majbur bo’ladi. Eri esa parvoyi falak. Uyga juda kech qaytadi, gohida esa 
kelmay ham qo’yaveradi. Go’zalning ich-etini tirnagan narsa erining xiyonat qilb 
yurganini sezsa-da, dilidan tiliga ko’chirib so’ray olmaydi. Bu “yorilmagan yara” 
nihoyat yoriladi. Orada janjal ko’tariladi. Go’zal tunda uydan chiqib ketadi. Eri 
fursatdan foydalanib, Go’zalga tuhmat qiladi. Onaizorining yalinib-yolvorishlari sabab 
uyiga qaytgan Go’zalni eri uyiga kiritmaydi, bolalarini ham ko’rsatmaydi. Ikki orada 
sud bo’ladi. Sud Go’zalga bolalarini ko’rib turishga ruxsat beradi. Uyiga borgan 
Go’zalga begona juvon eshik ochadi. O’zini Tohirning xotini ekanligini, sha’riy 


239 
nikohda to’rt yildan buyon yashab kelayotganini, ikki bolasi borligini aytadi. 
Go’zalning o’z bolalarini o’ziga ko’rsatmaydi. Ayol Go’zalga telefon qilib kunda-
kunora tahdid qilaverib, Go’zal hushidan ketib og’irlashib qoladi. Shu tariqa jinnilar 
davolanadigan kasalxonaga tushib qolgan Go’zalga “shizofreniya” tashxisi qo’yiladi. 
Ayol tez-tez o’zidan ketadigan, og’zidan tupuk sachratib tutqanoqday yiqilib qoladigan 
bo’lib qoladi. Ayol kundan kunga jinniga o’xshab kun bo’yi hovlida aylanib yuradigan, 
tinimsiz “Quyosh har doim mening tepamda turadi-ya. U meniki, axir men tomonda 
turibdi-ku!”
[4.64] deb takrorlaydigan holga tushib qoladi. 
Yuqoridagi tahlillardan ko’rinib turibdiki, uch ayol – uch olam. Yozuvchi bir-
biriga o’xshash vaziyatga uchragan uch ayol taqdiri misolida ayol ruhiyatidagi 
o’zgarish va qalb tug’yonlarini ifodalashga harakat qiladi. “Kelin” hikoyasidagi 
Xoldor kamtar, kamsuqum, soddaginaligi uchun erining xiyonat qilib yurganini sezsa-
da, sirtiga chiqarmaydi. Bolalarini kundoshi Oygulga olib bormoqchi bo’lgan eriga 
ham lom-mim demaydi. “Rashk” hikoyasi qahramoni Xosiyat esa Xoldordan farq 
qilgani holda, erini o’sha muzqaymoqchi ayoldan qizg’anadi, rashk qiladi. O’zini oz 
bo’lsa-da, o’zgartirishga harakat qiladi. Oshiqlarning bog’dagi pichir-shivirlarini 
eshitib chidab turolmagan Xoldor ular tarafga itni qo’yib yuboradi. Shu tariqa 
kundoshidan alamini oladi. “Quyosh men tomonda” hikoyasi qahramoni Go’zal esa 
Xoldor va Xosiyatdan tubdan farq qiladi. Go’zalning yo’qchilikdan shikoyat 
qilaverganidan eri xiyonat ko’chasiga qadam bosadi. Shu tariqa oila parokandalikka 
yuz tutadi. Ayol esa “shizofreniya”ga yo’liqadi. Hayot charxpalagi uch tomon 
uloqtirgan bu uch obrazda ayollar ruhiyatiga xos o’zgarishlar yoritib berilgan. Zero, 
Xoldordagi beparvolik, Xosiyatdagi ichki ezilish, Go’zaldagi shoshqaloqlik yorqin 
bo’yoqlarda o’z aksini topgan. Adiba har uch personaj taqdiridan, asardan xulosa 
chiqarishni kitobxon e’tiboriga havola etadi. 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish