Adabiyotlar:
1.
Ibroimov, S., & Madaminova, M. (2020). Maktablarda geografiya fanini о‘qitish
samaradorligini oshirishda innovatsion texnologiyalarni qо‘llash. Academic research in
educational sciences, (1)
2.
Qodirov R., Roʻziyeva X. Geografiya darslarida amaliy mashgʻulotlarni bajarish
boʻyicha ayrim tavsiyalar. – T.: 2012
3.
Qurboniyozov R. Geografiya oʻqitish metodikasi. – T.: 2001.
4.
Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi 2000.
681
ФИО автора:
Raxmonberdiyeva Surayyo Mirganiyevna,
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Musiqa nazariyasi va
metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi, (O‘zbekiston, Toshkent)
Название
публикации:
«MUSIQIY
NAZARIY
BILIMLAR
ESTETIK
RIVOJLANISHNING MUSTAHKAM POYDEVORI»
Musiqa insonga quvnoq kayfiyatni bag‘ishlaydi inson qalbining yo‘ldoshidir,
go‘zallikni his etishga o‘rgatadi. Musiqa nafosat tarbiyasining bir bo‘lagi.
Musiqaga
yoshlikdan uyg
‘
ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida kuchli ta’sir o
‘
tkazadi,
boshqa ko
‘
nikima va didlarning shakllanishini ta’minlaydi, yaxshi musiqali didni
tarbiyalaydi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning irodaviy sifatlarini, uning tabiatini ham
yorqin aks ettiradi.
Mana shu intilish natijasida insonda qobiliyat, iqtidor va iste’dod
rivojlanib boradi.
Musiqa barcha davrlarda ham bolaning umumiy rivojlanishining zaruriy sharti bo‘lib
kelgan. Bola tug‘ilmasdan, homila davridayoq musiqa tovushlariga munosabat bildira olishi
olimlar tomonidan e’tirof etiladi. Bo‘lajak ona eshitadigan musiqa o‘sayotgan bolaning
rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, uning didini ham tarbiyalaydi. Ushbu fikrlardan xulosa
qilish mumkinki, maktabgacha yosh davrida bolaning musiqiy madaniyati shakllanishi
uchun sharoit yaratish juda muhim masala. Kichkintoyni musiqa bilan tanishtirishni imkon
qadar erta boshlash, musiqiy rivojlantirish mashg‘ulotlarini kechiktirmaslik kerak.
Musiqiy rivojlanish umumiy rivojlanishga juda kuchli ta’sir ko‘rsatadi: emotsional
soha shakllanadi, tafakkur takomillashadi, bola go‘zallik va san’atga nisbatan sezgir
bo‘lishni o‘rganadi. Turli vositalar orqali emotsiyalar, didni tarbiyalash bilan bolani
musiqiy madaniyatga oshno qilish, uning musiqiy qobiliyatlarini kashf etish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo‘yiladigan davlat talablari O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
2707-son qarorida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qarorda belgilangan chora-tadbirlarda Davlat talablarida ilk va maktabgacha yoshdagi
682
bolalarni har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash
vazifalar belgilangan.
Bu vazifalarni amalga oshirish maktabgacha yoshdagi bolalarni
davlat talablariga muvofiq tarbiyalash va musiqiy ta’lim berish dasturlarini ishlab chiqish
hamda tarbiyalanuvchilarning musiqiy savodxonligini shakllantirish texnologiyalarini
kompetentsiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Darhaqiqat, musiqaga yoshlikdan uyg
‘
ongan qiziqish kishining keyingi musiqaviy rivojida
kuchli ta’sir o
‘
tkazadi, boshqa ko
‘
nikima va didlarning shakllanishini ta’minlaydi, ayniqsa
estetik didni tarbiyalaydi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan musiqiy ta’lim, tarbiyaviy ishlar yosh
avlodda oliyjanob fazilatlarni bog‘cha yoshidan shakllantirishda nafosat tarbiyasining
tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi, kichkintoylar qalbida nafosatga mehr uyg‘otilar ekan,
ularni barkamol inson qilib tarbiyalab, voyaga yetkazish, bog‘cha yoshidan boshlab
bolalarning dunyoqarashini shakllantirish hamda musiqiy didni o‘stirib, bolalarga musiqani
o‘rgatish jarayonida unda hayot o‘z aksini topishini anglatishdir. Maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida o‘tiladiga musiqa mashg‘ulotlari beshta faoliyat asosida o‘tiladi, bu
faoliyatlar turlaridan yetakchisi albatta musiqa savodi faoliyatidir, garchi bolalar
bog‘chasida musiqa mashg`ulotlari o‘tilishida notagacha bo‘lgan den e’tirof etilsada, lekin
umumiy boshlang‘ich musiqa savodi haqidagi ilk nazariy tushunchalar bolalar ongigiga
tushunarli bo‘lgan oddiy atamalar orqali bolalarning musiqiy savodxonligi tarkib
topdiriladi. Har bir faoliyatlar o‘tilishida musiqa savodxonligiga tayanib ish ko‘rilishi
mashg‘ulotning samarali o‘tilishiga yordam beradi.
Musiqa mashg‘ulotlari oldiga qo‘yilgan pedagogik maqsad va vazifalarni amalga
oshirish uchun, avvalo, bolalarning musiqiy uquvi va qobiliyatlarini muntazam ravishda
o‘stirib borish lozim. Mashg‘ulotda belgilangan pedagogik maqsadlar, musiqiy faoliyatlar
uzviy yaxlitlikda olib borilganda bolalarda musiqiy va musiqiy-nazariy bilimlarni
o’zlashtirish jarayoni samarali kechadi.
Musiqa savodi musiqa mashg‘ulotining ta’limiy vazifasini bajaradi. Musiqa savodi
faoliyatining asosiy negizi va pedagogik maqsadi, yangi “Ilk qadam” dasturida rejadagi
yillik mavzularda berilgan kuylash va tinglashga doir asariarini musiqa rahbari tomonidan
oddiy savodli tablil qilish orqali amalga oshiriladi. Bular asosan bolalarning kundalik
683
hayotidan olinayotgan taassurotlari yuzasidan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir va musiqiy
tajribalari asosida o‘rgatiladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida olib boriladigan musiqa mashg‘ulotlarida kichik
guruhdan boshlab ilk nazariy tushunchalar mashqlar tarzida olib borilsa bolalar uchun ham
qiziqarli, hamda ular idrok etishi uchun qiyinchilik tug‘dirmaydi. Masalar: bolalarning
musiqiy uquvini yani musiqiy tovushlar baland-pastligini his etish qobiliyatini rivojlantirish
uchun yugurish, tartibli qadam tashlash, sakrash harakatlarini musiqa ostida bajarilishi
kichkintoylarni bir vaqting o‘zida ham tinglab ham harakat qilishi orqali tovushlarning
xilma –xilligini his qilishiga yordam beradi. Musiqa ostidagi bu harakatlar keyingi
guruhlarda takomillashib boradi, bu esa o‘z navbatida bolalarning musiqiy uquvini doimiy
ravishda rivojlanib borishiga yordam beradi. Bolalarning ritm tuyg‘usini o‘stirishda tartibli
qadam tashlash bilan bir vaqtda, kichik asarlarga chapak chalish, chertmak chertib jo‘r
bo`lish orqali rivojlantirish mumkin, bu harakatlar ham keyingi guruhlarda murakkablashib
bolalar yoshiga mos tarzda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Registr haqidagi boshlang‘ich tushunchalarni ham kichik guruhdan boshlab turli
harakatlar orqali farqlashga o‘rgatish mumkin. Masalan: musiqa rahbari yuqori registrda
ijro etgan asariga bolalar qo‘llarini yoygan holatda zal bo‘ylab yugurib qushlar kabi harakat
qilishlari, ularni yuqori registrni his qilishlariga yordam beradi. Past registrda ijro etilgan
asarga esa bolalar zal bo‘ylab ayiqpolvon singari salmoqli tebranib yurishlari orqali past
registrni farqlashni o‘rganadilar. Bu usul orqali bolalarning boshlang‘ich registr haqidagi
tushunchalari tarkib topdiriladi. Bora-bora bolalar musiqa rahbari tomonidan ijro etilgan
asarlarni tinglab ular qaysi registrda ijro etilganini tushunib farqlashga o‘rganib boradilar.
Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarning tembr uquvi ya’ni musiqiy tovushlarni bir-biridan
farq qilishga o‘rgatib borishda kichik guruhdan boshlab musiqa rahbari tomondan ijro
etilgan asarlarga turli shovqinli cholg‘u asboblarida: qo‘ng‘iroqcha, shaqildoqlarda jo‘r
bo‘lish orqali erishish mumkin. Keyingi guruhlarda cholg‘u asboblarining soni tobora
ko‘payib boradi. Tayyorlov guruhlarga kelganda bolalar o‘zbek xalq milliy cholg‘ulari va
chet el cholg‘u asboblarida ijro etilgan asarlarni tinglab bu cholg‘ularni farqlashni o‘rganish
bilan birga, kichik hajmli asarlarini ijro etishni ham o‘rganadilar.
684
Musiqa mashg‘ulotlarida bolalarga musiqa rahbari tomonidan turli templardagi asarlarni
ijro etish orqali ya’ni sekin ijro etiladigan va tez ijro etiladigan asarlarni tinglash orqali ilk
temp haqidagi tushunchalar bilan tanishtirib boriladi. Tayyorlov guruhga kelib bolalar yirik
hajmdagi o‘zbek va qardosh xalqlar mumtoz musiqalarni tinglab nafaqat asar tempini
aniqlashadi, balki bu tinglangan asar yuzasidan o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadilar, bu
esa albatta bolalarning fikrlash doiralari kengayib borayotganligidan dalolat beradi.
Notalarning uzun qisqaligini farqlash uchun katta va tayyorlov guruhlarida bolalarga
ko‘rgazma asosida plakatga chizilgan uzun-qisqa grafik chiqlarga chapak chalish orqali,
ya’ni qizqa chiziqlarga qisqa chapak, uzun chiziqlarga esa chapak chalib bir oz ushlab
turishimiz haqida tushuntirib berib, so‘ngra bu berilgan namunani musiqa rahbari bolalar
bilan birgalikda ketma-ketlikda chapak chalish orqali bajarishi bolalarda dastlabki nota
cho‘zimlari haqidagi bilimlari shakllanadi
Bolalarning musiqiy qobiliyatlari faqatgina musiqa savodi faoliyatida emas, balki
musiqa mashg‘ulotlarning barcha elementlarini amalga oshirish jarayonida muntazam
ravishda rivojlanib boradi. Musiqa savodi faoliyatida amalga oshiriladigan pedagogik
faoliyat bolalarning musiqiy tafakkur va musiqiy dunyoqarashi, musiqiy xotira, musiqiy
idrokini shakllanishiga xizmat qiladi. Kichik guruhdan boshlab musiqa savodi mazmuni
bolalarni tobora shakllantiradi va ularni fikrlash doirasini tobora kengaytirib,
chuqurlashtirib boradi shu bilan birga bolalarning deyarli musiqiy psixologik
xususiyatlarning barchasi shakllanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa rahbari
bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan xolda musiqa mashg
‘
ulotlarida boshlang
‘
ich
musiqiy nazariy bilimlarni berishida ijodiy yondashishi, bolalarning
qiziqish, xoxish-
istaklarini hisobga olishi, ko‘rgazmali texnik vositalardan unumli foydalanishi, ularning
musiqiy nazariy bilimlarining yanada oshishiga va
keyingi estetik rivojlanishlari uchun
mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |