Название публикации:
«ALISHER NAVOIYNING NASRIY ASARLARIDA
ZUHD MAQOMI VA ZOHID OBRAZI»
Annotatsiya
:
Navoiy Naqshbandiya tariqati vakili. Bu tariqatda “Qo‘ling ishda
qalbing Allohda bo‘lsin” shior asosida umr kechirgan. Shu boisdan tarki dunyo qilgan
zohidlarga halol mehnat bilan luqma toppish, Alloh inoyat qilgan hayotning qadriga yetib,
ezgu amallar ila zuhd qilishni targ‘ib qilgan. Bundan tashqari dunyo Alloh taoloning
tajalliysidir. Shu boisdan, uni sevish lozimligini ham uqtirgan.
Kalit so’zlar
: Alisher Navoiy, Tasavvuf, Zohid, Zuhd, Allah, ijod
Alisher Navoiy ijodi bir ummon bo‘lib, har bir adabiyotshunos shu ummonning bir
qatra suvidan ichishmoqlikni o‘ziga sharaf deb biladi. Biz ham tashna qalbimizni
rohatlantirmoqlik uchun Hazrat ijodining tasavvufiy ohanglarining bir qismini o‘rganishga
harakat qildik. Komil inson konsepsiyasi Alisher Navoiy asarlarining mohiyatini kasb etadi.
Har bir maqom komillik sari intiluvchi bir pog‘onadir. Ruhiy-ma’naviy kamoloti
bosqichlaridan ko‘tarilgan sari komillik sifatlariga yaqinlashadi. Bu yo‘ldagi maqomlar Alloh
visoliga yaqinlashtiradi. Abunasr Sarroj tariqatning tavba, vara’, zuhd, faqr, sabr, xavf, rajo,
tavakkul, rizo maqomatini qayd etgan. Mazkur maqola Alisher Navoiyning “Nasoyim ul –
muhabbat” tazkirasidagi tasavvufiy ohanglar, xususan, zuhd maqomi va zohidlik sifatlari
haqida ma’lumot beradi.
Haq yo‘lga va hidoyat va rahnamolik qiluvchi valiylar haqida ma’lumot beruvchi
“Nasoyim ul – muhabbat min shamoyim il – futuvvat” tazkirasidan o‘rin olgan zuhd maqomi,
zohidlik kabi istilohlar haqida to‘xtalamiz. Zuhd so‘ziga Bertels shunday ta’rif beradi: “Va’ra
halol va hamroni farqlashda o‘ta sinchkovlik bilan ish ko‘rishdir. Bu ehtiyotkorlik tabiiy
ravishda zuhd (nafsni tiyishlik)ga olib keladi. Bu yerda ham turli alomatlar kuzatiladi:
gunohdan, keragidan ortiq narsadan, xudodan uzoqlashtiruvchi, hamma o‘tkinchi ishlardan
tiyilishlik. Bu esa tavakkulga olib keladi.” Najmiddin Komilov “Tasavvuf” nomli risolasida:
“Zuhd – parhez, hazar qilish demakdir. Ammo bunda taom va ichimlikdan saqlanish, halol
va haromni ajratishga alohida ahamiyat beriladi. Zuhd sufiy uchun dunyo va oxirat tarki,
535
dunyo moliga ega bo‘laman deb intilmaslikdir.” Junayd Bag‘dodiy: “Zuhd – qo‘lni mulkdan
holi tutish, dilni esa Haqdan o‘zga har narsadan pok saqlash demak”, - desa, Imom G‘azzoliy:
“Zuhd dunyodan ixtiyoriy ravishda voz kechish va buning uchun qayg‘urmaslikdir
139
”, -
deydi. Demak, zuhd – vujudni ham, ruhiyatni ham dunyo ne’matlaridan parhez qilish, qalbni
poklash, gunoh ishlardan tiyilish, Haqdan o‘zgaga tashna bo‘lmaslikdir. Bu maqomga ega
bo‘lgan kishilar zohidlardir.
“Nasoyim ul – muhabbat” zohid obrazi ikki xil holatda tasvirlangan. Birida Alisher
Navoiy mutasavvuflarning sifatlari keltirilgan o‘rinlarida bo‘lsa, birida esa o‘sha
mutasavvuflarning tilidan aytilgan o‘gitlarda namoyon bo‘ladi. Birin- ketin shularga to‘xtalib
o‘tamiz. Alisher Navoiy ta’rifidagi zuhd va zohidlik tushunchalari quyidagi mutasavvuflarga
berilgan ta’riflarda namoyon bo‘ladi. Isrofil Mag‘ribiy va Abu Turob Naxshabiylarning ta’rifi
keltirilganda zuhd-u tavakkulini e’tirof etadi: “Isrofil Mag‘ribiy r.t. Zuhd-u tavakkuli
muomalotda yaxshi so‘zlari bor
140
.”
“Abu Turob Naxshabiy q.t.s. Futuvvat-u zuhd-u tavakkulda Abu Hotam Attor Basriy
va Hotam Asamm Balxiy bila suhbat tutibdur
141
.”
Najmiddin Komilov “Tasavvuf” nomli risolasida tavakkukga quyidagicha ta’rif
berilgan: Tavakkul – barcha yaxshi-yomon hodisalar, ishlarni Xudodan deb bilish,
Parvardigorga suyanish. Tavakkul ilohiy fayzga e’timodli kishining iymonidir. Bu ma’rifat
kamolidan keladigan oliy maqomdir. Bu ma’rifat kamolidan keladigan oliy maqomdagi
iymondir. Barcha hollarda va amallarda Allohga suyanish, o‘zini bir faoliyat asbobi
hisoblash, barchani Xudoga topshirib, Xudodan o‘zga narsalar ham Xudodan ekaniga chuqur
ishonish. Inson juda ko‘p narsalarni qila oladi, ammo bu harakatlarning bari Ulug‘ tangri
qudrati tufayli, qudratning namoyon bo‘lishi ekanini anglash shart. Xudoning irodasi bizning
irodamizga hokim. “Tavakkul” – iymon haqiqatidir”, - deydi Koshoniy.
142
Abu Turob Naxshabiy haqida Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” tazkirasida
ham ma’lumotlar berilgan bo‘lib, unda balo saflarini buzuvchi, taqvo devosining yagonasi,
139
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. – Toshkent: ”Movounnahr” va “ O‘zbekiston”, 2009-y, 447 b,26-b
140
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami:10 jildlik, 10- jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2013,- 684-b, 108-b.
141
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami:10 jildlik, 10- jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2013,- 684-b, 119-b.
142
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. – Toshkent: ”Movounnahr” va “ O‘zbekiston”, 2009-y, 447 b, 27-b
536
Haq nabiyining merosxo‘ri, zamona shayxi, valiylik sahrosining sayyohi, faqr daryosining
kemachisi, mashoyix ulug‘laridan kabi sifatlari bilan maqtalgan. Abu Turob Naxshabiyga
berilgan “faqr daryosining kemachisi” ta’rifi e’tiborimizni tortdi. “Faqr – ma’nosi
qashshoqlik, benavolik. So‘fiylar nazdida ulug‘vor ilohiy mohiyat kasb etish bo‘lib, Xudoga
bandalikni sidqidildan oliy darajada bajo keltirish, bandakikdan sharaf topish, niyozmandlik
va talabgorlikda yo‘ldagi tuproq misol nomu nishonsiz bo‘lish, Iloh nazdida o‘zini zarra, balki
zarradan ham kam deb hisoblash. Barcha narsalar, olam-u odam Allohga tegishli, insonning
vujudi ham o‘ziniki emas, chunki u ham Yaratganning mulkidir.
143
” Yuqoridagi fikrlardan
kelib chiqib, Abu Turob Naxshabiy solik o‘tadigan tavba, vara’, zuhd, faqr, sabr, xavf, rajo,
tavakkul - kamolot bosqichlaridan o‘tganligini aytishimiz mumkin. Demak, komil inson
sifatiga ega bo‘lish uchun zuhd bosqichidan ko‘tarila olgan solikdir.
“Ahmad b. Muhammad b. Abulhavoriy aning qardoshi, zuhd-u taqvoda aning bila
tenglik qilur erdi.Va o‘g‘li Abdulloh dag‘i ul zamonning zuhhodidin erdi va otasi Maymun
mutavarri’lar va oriflardin. Va alarning xonvodasi zuhd-u taqvo xonvodasi erdi. Va Junayd
q.s. aning bobida debdurkim, Ul debdurki, dunyo mazbalaedur, itlar majmai. Va itdin o‘ksuk
ul kishiki, andin yiroq bormas, nechunki it xojatinki mazbaladin olur ketar va ani sevar kishi
hech hol bila andin ayrilmas
144
.”
Ahmad Abulhavoriy ta’rifi keltirilgan yuqoridagi parchada zuhd va zohidlik
tushunchalari uch o‘rinda tilga olinadi. Ahmad Abulhavoriyning tabaqasi, vatani, nasl-nasabi,
xonadoni zuhd-u taqvo bilan mashg‘ulligi haqida ma’lumot berilgandan so‘ng, uning dunyo
haqidagi qarashlari keltirilgan. Qarindoshi Muhammad bilan zuhd-u taqvoda tenglik qilishi
va o‘g‘li Abdulloh o‘z zamonasining zohidlaridan hamda otasi esa oriflaridan ekanligi
ta’kidlanadi. Bu ta’riflardan ko‘rinadiki, nafaqat Ahmad Abulhavoriy, balki uning avlod-
ajdodlari ham zohidvash kishilar bo‘lishgan. Ahmad Abulhavoriy dunyo haqida shunday
deydi:”Dunyo axlatxonadir, itlar majmui va itdan ham past kishi dunyoni sevadi, unga mehr
qo‘ygan kishi yiroq bo‘la olmaydi”. Zohid uchun dunyo ne’matlariga mehr qo‘ymaslik
aqidasi aynan shu jumlalarda aks etgam. Dunyo va uning ne’matlariga mehr qo‘ygan isonlarni
itga, hattoki itdan ham past kishilarga mengzaydi.
143
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. – Toshkent: ”Movounnahr” va “ O‘zbekiston”, 2009-y, 447 b, 26-b
144
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami:10 jildlik, 10- jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2013,- 684-b, 128-b.
537
Yahyo b. Mu’oz Roziy q.t.r. Ul debdurkim, osiylarning siniq ko‘ngli itoatkorlarning
faxrlanishidan yaxshiroqdir! Ham aning so‘zidurkim, muhabbatning rostligi – mahbubga itoat
qilishlikdadir. Ul debdurki, zohidlar dunyo g‘urubosidurlar va oriflar oxirat
g‘urabosidurlar
145
.
Ma’nosi: Mu’oz Roziq shunday deydi:”Osiylarning siniq ko‘ngli itoatkorlarning
faxrlanishidan yaxshiroqdir. Muhabbatning rostligi – mahbubga itoat qilishlikdadir.” U
zohidlar va oriflar haqida to‘xtalib shunday deydi: “ Zohidlar dunyoning g‘ariblari bo‘lsa,
oriflar oxirat g‘ariblaridir.” So‘fiylikda g‘ariblik – g‘urbatda , ya’ni dunyoyi dunda
yashashdir. G‘aribga asl yurt – Ollohning dargohi. Muhammad Vose’ va Yahyo b. Mu’oz
Roziqlarga xos yana bir mushtaraklik ikkisi ham “Tazkirat ul-avliyo”da keltirilganligidir.
Yahyo b. Mu’oz Roziqni Attor rizo bog‘ining chashmasi, safo Ka’basining nuqtasi,
haqiqatlarga notiq, xaloyiqlarga voiz, muridi murod, davrning latif kishisi, valilar ulug‘i va
Alloh oldida qadrli kabi sifatlar bilan ko‘klarga ko‘taradi. Yahyo b. Mu’oz Roziq shunday
deydi: “Zuhdning harflari uchta: “Ze”, “He” va “Dol”. “Ze” ziynatli dunyoni, “He” havoyi
nafsni, “Dol” dunyoni tark qilmoqdir
146
.”
“Nasoyim ul-muhabbat” asarida nafaqat mutasavvuflar tilidan aytilgan zohidlik
tushunchasida, balki boshqa mutasavvuflar ularga bergan ta’riflarda namoyon bo‘ladi.
Xususan quyidagi parchada Muhammad Muslim Hoshim Sug‘diyni “Ul zohid-u obid erdi,
ko‘ngli dardiga mutaalliq erdi”, - deya Hoshim Sug‘diyga zohid deya ta’rif beradi. Bu
jumlalarda Hoshim Sug‘diy ko‘ngli ishq dardi bilan ziynatlangan zohid-u obid edi, deya
ta’riflaydi.
Yuqoridagi fikrlarga monand tarzda quyidagi parchani keltirishni lozim topdik. Bunda
ham Abubakr Sha’roniyni Shayx Abu Abdulloh Xafif zohidlik sifati bilan ulug‘lab: Abubakr
Sha’roniydek bu dunyodan ko‘ngil uzgan eng sodiq zohidni ko‘rmadim”, - deydi. “Abubakr
Sha’roniy r.t. Shayx Abu Abdulloh Xafif debdurki, zohiran Abubakr Sha’roniydan o‘zga
dunyodan ko‘ngil uzgan eng sodiq zohidni ko‘rmadim
147
.”
145
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami:10 jildlik, 10- jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2013,- 684-b, 122-b.
146
Fariddundin Attor. Tazkirat ul-avliyo. Toshkent, G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2013. – 464
bet, 308-b.
147
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami:10 jildlik, 10- jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2013,- 684-b, 231-b.
538
Quyidagi parchada Abulmuzaffar Tirmiziyni Navoiy zohid deya sifatlaydi. Uning
nasl-nasabi, tabaqasi, yurti, ustozi haqida ma’lumot berib, uning zuhd-u taqvo, vara’ haqidagi
qarashlarini Shayx Abubakr Varroqning so‘zlari bilan keltiradi: “Abulmuzaffar Termiziy
r.t… yaxshi so‘zi ko‘pdur, muomalat va zuhd va vara’ va taqvoda.
148
”
Alisher Navoiyning shoir va ijodkorlar haqidagi tazkirasi “Majolis un-nafois”da ham
zohidlar haqida keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |