Og‘izga savm muhridur nedinki, nafs
tamannosi bo‘lg‘ay va nafsg‘a ya’s kofuridur har shay’dinki tabiat taqozosi bo‘lg‘ay.
Og‘izni
ro‘za bilan tamg‘a qilish, nafs istaklari bo‘lgan va nafsga tabiat taqozosi bilan shay turgan
narsalarga umidsizlik qilmoq.
Taom qillatidur onchakim, muyassar va aning jibillati
rioyatidur onchakim, maqdur.
Kam taom iste’mol qilish, erishgan va uning tabiiy saqlanmoq,
imkoniyat.
Xilvatta ulfatdur alad-davom, uzlatga mudovamatdur molokalom.
Tanholikda
mudom ulfatdur, uzlatni hamisha rad etilamaydigan.
Va layl qiyomig‘a muvozabatdur va zikr
davomig‘a mudovamatdur.
Va tun ibodatga (qiyomga) kirishish va zikrni mudom davom
ettirish.
Har solikkakim, bu maqom dorig‘ay xilqati riyozat nuri bila nafsoniyat lavsidin
orig‘ay
.
Har solikkaki, bu maqom xilqati mashaqqat nuri bilan nafsoniy iflosliklarni
tozalagay.
Ko‘ngli uyig‘a oshnolig‘ sham’idin nur yetgay va ul nur partavi aning ko‘nglini
masrur etgay
. Ko‘ngil uyiga oshnolik shamidan nur yetadi va bu nurning yog‘dusi ularning
ko‘nglini sururlantiradi.
Ibodat natoyiji yeta boshlag‘ay va riyozat favoyidi bahramand eta
boshlag‘ay
. Ibodat hosilalar yeta boshlag‘ay va mashaqqat foydalari bahramand eta
boshlaydi.
Ul soatan fasoatan ishida isig‘roq bo‘lg‘ay va lahzatan falahzatan qilmishida
540
qiriqroq bo‘lgay
. O‘sha vaqt chiroyli ishida issiqroq bo‘ladi va o‘sha lahzada qilmishida
tozaroq bo‘ladi.
Bu fayz sog‘arlaridin ichib qonmag‘ay va bu zavq qadahlaridin lojur’a
tortardin o‘sonmag‘ay
. Bu fayzli may kosasidan ichib qonmaydi va bu zavq qadahlaridan
qultumlamasdan ichib zerikmaydi. Ya’ni haqiqiy Alloh ishqini qancha ko‘p tuysa ham, undan
bezmaydi.
Yo Rab, aning jur’ai jomidin mahrum tashnalablarni komyob qilg‘il va bu vodiyda
og‘zi qurug‘onlarni serob etgil, yo Karim, yo Rahim!
Yo Rab, uning qultumli jomidan (
ko‘ngilga kiradigan Alloh ishqi) mahrum bo‘lgan chanqoq (haqiqiy ishqdan chanqoq)larni
kamyob qilgin va bu vodiyda og‘zi quruganlarni ( haqiqiy ishq ta’mini totib, yana ichishni
istovchi) serob qilgin, Yo Karim, Yo Rahim
Bayt:
Bu talabda kimki bo‘lsa anga ro‘zi etma hirmon,
Bu taabda kimki bo‘lsa anga qil vasl ila darmon.
Mazmuni: Bu zuhd yo‘liga talabgorning rizq-nasibasini xirmon qilmagin, bunda kimki
mashaqqat cheksa, xorisa, unga visolga yetishtirib, vaslni darmon qilgin.
Hikoyat: Qudvai ahli yaqin Mavlono Shamsuddin Muiddi Ucha (quddisa sirruhu) Jom
viloyatida mazkur bo‘lgan kentda bo‘lur erdi, O‘tuz yil erdikim, jam’i zohir tana’ummotidin
bebahra erdikim, qoyim ul-layl, soyim ud-dahr erdi.
XV asrda Jomda yashagan so‘fiylar
boshlig‘i , kentda yashar edi. 30 yildan beri jami zohir ne’matlardan bebahra edi
. Bir
masjidda munzaviy erdikim, g‘ayri tajdidi vuzu’ uchun mazkur muddatda andin chiqmaydur
erdi
. Bir masjidda uzlatga chekingan, tahoratni yangilashdan uchundan boshqa paytlarda u
yerdan chiqmaydi.
Va jinsi bashardin nima qabul qilmaydur erdi.
Va insonlardan hech narsa
qabul qilmaydi.
Va hazrati Risolat (sallallohu alayhi vasallam) mutoba’atig‘akim, Uhud
g‘azvasida muborak tishlari shahid bo‘lib erdi, o‘tuz iki tishin ushotib erdi va bu o‘tuz yilda
yoni ostida bir bo‘ryo va boshi ostida bir xisht bila o‘tkarib erdi.
Va hazrat Muhammad
(sallallohu alayhi vasallam)ga ergashdi, Payg‘ambarimiz Uhud jangida muborak tishlari
shahid bo‘ldi. Uhud jangi 624-yil Abu So‘fiyon boshchiligida 3 ming yaxshi qurollangan
qo‘shin Muhammad (s.a.v.) ga qarshi qo‘shin tortadi. Muhammad (s.a.v.) 700 qo‘shin bilan
qarshi chiqib, Uhud degan joyda jang qiladi. Jangda Muhammad alayhissalom boshidan
yaralanadi. Va tosh tegib ikki tishi sinadi. Alining jasorati bilan madinaliklar g‘alaba
qozonadilar. Bu yerda Muhammadning ikki muqaddas jangda yo‘qotgan ikki tishi xotiri
uchun Shamsiddin Muiddi o‘zining 32 tishini sug‘urib tashlagani haqida so‘z ketadi. O‘ttiz
541
ikki tishini ushatdi va bu o‘ttiz yilda yoni ostida bir bo‘yra va boshi ostida bir g‘isht bilan
o‘tkazdi
. Kichik Mirzo (alayhir rahmah) ul viloyatdin o‘tarda bu azizning, mazkur bo‘lg‘an
sifotin ishda, aning ziyoratig‘a yetti
. Kichik Mirzo (Husayn Boyqaroning egachisi
Oqobegimning o‘g‘li, biroz darveshvash kishi edi.) Jomdan o‘tayotganda u kishining sifatini
eshitib, uning ziyoratiga keldi.
Mavlono hamul masjidg‘a kirganda egnidagi xirqa va
boshidag‘i eski bo‘rk bila erdi va taalluq rangi itloqi anga qilsa bo‘lmas erdi.
Mavlono
hamon eski xirqa va bo‘rk kiyar edi va u kishiining martabasiga bu aslo to‘g‘ri kelmas edi.
Mazkur Mirzoninig ko‘ngliga riqat kelib bir ovuch diram kelturub iltimos qilibdurkim, bu
niyozmandlig‘ni qabul qilg‘ay.
Kichik Mirzoning ko‘ngli yumshab, bir hovuch dirham
keltirib iltimos qildi, bu hadyani qabul qilishini iltimos qildi
. Mavlono debdurkim, chun men
bu tariq bila odat qilibmen, hech nimaga ehtiyojim yo‘qdur.
Mavlono debdiki, Men buni odat
qilmaganman.
Agar sizning xotiringiz uchun olsam ham manga ta’lim qilingkim, oni ne qilay
va qo‘yay.
Agar sizning hurmatingiz uchun olsam ham, menga o‘rgatingki, buni nima qilay.
Sizning bir mulozimingizning bir juzviy vasilasig‘a o‘ltururmen minnatdor bo‘ldum
. Sizning
bir mulozimingizning ozgina tuhfasiga minnatdor bo‘ldim
. Siz karam qilib, meni ma’zur
tuting
. Siz sahovat qilib, meni ma’zur tuting.
Kichik Mirzo bu so‘zga javob topa olmay,
yig‘lab, quloq tutib, yer o‘pib chiqibdur, O‘zi rahmatulloh bu faqirg‘a mundoq taqrir qildi.
Kichik Mirzo bu so‘zga javob topa olmay, yig‘lab quloq tutib, yer o‘pib chiqdi, Alloh taolo
bu faqirga bundoq bayon etdi.
Bir necha vaqtdin so‘ngra bu faqir ham Mavlono xizmatig‘a
Musharraf bo‘lub, siyratini ham bu tariq bila muvofiq topdim, balki ortuqroq ham bu tariq
bila muvofiq topdim, balki ortuqroq ham
. Bir necha vaqtdan so‘ng bu faqir ham Mavlono
xizmatiga Musharraf bo‘lib, siyratini ham bu yo‘sinda bilan muvofiqligini ko‘rdim, balki
ortiqroq ham guvohi bo‘ldim.
Haq subhonahu taolo barcha tolibi niyozmandlarg‘a bu tariq
orzumandlarg‘a ul gulistondin nafhaye va ul rayohindin shammaye nasib qilsun.
Haq
subhano taolo barcha tolibi xojatmandlarga bu yo‘sinda orzumandlarga bu gulistondan
xushbo‘y hid taralsin va u rayhondan biroz nasib qilsin.
Bayt:
Kimki ko‘nglidin aning faqr orzusi ketmagay,
Budurur ummedikim, Haq oni navmid etmagay.
151
151
Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami:10 jildlik, 9- jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2013,- 768-b, 485,486- b.
542
Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning ijodini o‘rgangan sari dur-u javohirlar jilo
socha boshlaydi. Navoiy asarlarida obrazlar rang-barangdir. Bu obrazlarni ijodkor shunday
mahorat bilan tasvirlaydiki, poetic jozibadorlik kishini lol qoldiradi. Alisher Navoiy har bir
obrazga bir vazifa yuklaydi. Mana shu maqsad yo‘lida o‘sha obrazni batafsil tasvirlashga
harakat qiladi. “Nasoyim ul – muhabbat min shamoyim il–futuvvat” tazkirasida zohid obrazi
yetakchi obrazlardan biri bo‘lib, bunda u aynan bir shaxs ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu
obraz, asosan, mutasavvuflarning maqomi sifatida namoyon bo‘ladi. Nasriy asrlarda
zohidvashlik fazilat sifatida maqtaladi. Tasavvufning maqomlaridan biri zuhd Navoiy
fikricha, dunyo hoy-u havaslariga muhabbat qo‘ymaslik, nafs yovidan o‘zini asrash, mehnati
orqali halol luqma yeyish, kibrga berilmaslik, qanoatli bo‘lish, shukur qilish, g‘arib bo‘lish,
Ollohdan o‘zga hech kimdan tama’ qilmaslik va muhtoj bo‘lmaslikdir. Zohid esa mana shu
sifatlarni o‘ziga jo etgan zot. Zohidlik tushunchasi “Nasoyim ul-muhabbat” tazkirasida ikki
xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Birida mutasavvuflarni shu mqaom bilan ta’riflasa,
ikkinchisida esa mutasavvuflarning zohidlik haqidagi qarashlarida ko‘rinadi. Navoiy
ummonidan bir qatra ichib, tashna qalbimizni rohatlantirdik.
Hazrat Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida zuhd maqomi, bu yo‘ldagi
solik – zohidga mufassal ma’lumot berilgan. Mazkur fikrlar zohidlik hislati uchun ham
nazariy manbaa bo‘ladi. Navoiy fikricha, zohid dunyo orzularidan kechuvchi, nafsni
o‘ldirgan, mol-dunyodan voz kechgan, qabul umidida riyozatni odat qilgan, nafs talablarini
unutgan, shariat yo‘l-yo‘riqlarini mardona tutgan, riyo bilan ibodat qilmagan, butun tanasini
haromdan saqlagan solikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |