www.ziyouz.com kutubxonasi
tashqaridan tushadigan
havo bosimi tenglashib, nog'ora pardani
yorilib ketishdan saqlaydi. Nog'ora
pardani nina bilan teshib,
shu teshik orqali qil o'tkazsak, qilning uchi yevstaxiev nayi
orqali og‘iz-halqum bo'shlig'iga chiqadi. Erkak baqalar og'iz
bo'shlig'ining
halqumga yaqin, pastki jag' orqa burchaklari-
ning har ikki tomoni yonida bittadan teshiklar joylashgan. Bu
teshiklaming oxirgi uchi erkak baqalar qurullaganda boshning
yon tomonlaridan bo'rtib chiqadigan
rezonator pufakchala-
riga ochiladi. Rezonatomi ko'rish uchun tirik erkak baqa ol
dingi oyoqlari orqasini barmoq bilan siqish lozim,
shunda
rezonatorlar pufaksimon bo'rtib tashqariga chiqadi.
Tilning ikkiga ajralgan orqa uchi joylashgan yerda nafas
yo'liga boruvchi hiqildoq teshigi bor. Agar pinset bilan bu
teshikni yon tomonlarga itarsak, hiqildoq bo'shlig'i va uning
ichida joylashgan tovush paychalari ko'rinadi. Baqaning tana
si kalta va keng bo'lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan
qo'shilib ketadi, chunki baqaning kalta bo'yni tashqaridan
ajralib turmaydi. Tananing oxirida chiqaruv teshigi —kloaka
joylashgan. Baqalarning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa
barcha umurtqali hayvonlamiki kabi yashash sharoitiga mos
tuzilgan bo'lib, baliqlarning juft suzgich qanotlariga gomologdir.
Baliqlarning suzgich qanotlari bitta richagdan iborat bo'lsa,
baqaning (umuman quruqliqda yashovchi hayvonlarning) oy
oqlari uchta ri-chaglari tuzilmasidan tashkil topgan.
Oyoqlar ayrim boiimlarining nomi quyidagicha:
oldingi oyoqlar — yelka, bilak, oyoq kafti;
orqa oyoqlar — son, boldir, oyoq kafti.
Baqalarning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun
va kuchli taraqqiy etgan. Bu bilan
dumli amfibiyalardan farq
qilib, ulaming bir joydan ikkinchi joyga sakrab yurishlarida
asosiy vazifani bajaradi (sakrab yurish dumsiz amfibiyalar tur
kumi vakillarining sharoitga moslanishidagi belgilaridan biri).
Baqaning oldingi oyoqlarida barmoqlari to'rtta.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Quruqlikda yashovchi boshqa
tipik besh barmoqli hayvon-
larniki bilan solishtirganda, baqaning birinchi barmog'i reduk
siyalangan.
Erkak baqalar ichki birinchi barmog‘ining ostida bittadan
katta bo‘rtma qadoq bor, bu bo‘rtma ayniqsa urchish vaqtida
kattalashadi va tuxumni tashqi urug'lantirishda urg'ochi baqa-
ni tutib turishda xizmat qiladi.
Ko'pchilik erkak baqalarning tovush pufagi yoki rezonator-
lari hamda birinchi barmoqdagi bo'rtma ular uchun ikkinchi
jinsiy belgi hisoblanadi. Orqa oyoqlari juda uzun, bu oyoqda-
gi beshta barmoqlari orasiga serbar suzgich parda tortilgan.
Barmoqlarda tirnoq bo'lmaydi.
Suvda yashovchi baqa turlarining barmoqlar orasidagi suz
gich pardasi kuchli taraqqiy etgan. Barmoqlaming ichki to
monida falangalar, chegarasida qo'shuvchi bo'rtmalar, tovon
qismida tashqi va ichki tovon bo'rtmalari bo'lib, ular dumsiz
amfibiyalar turkumi uchun katta sistematik ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: