Umurtqalilar zoologiyasi



Download 16,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/161
Sana23.05.2022
Hajmi16,68 Mb.
#607312
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161
Bog'liq
26umurtqalilarzoologiyasi laboratoriya mashg\'uloti

ichki burun teshiklari 
yoki 
xoanalar 
deb 
ataladi. Burunning tashqi va ichki teshiklari bilan o'zaro 
bogianishini kuzatish uchun tashqi burun teshigiga qil yoki 
nina tiqib ko'rish kerak. 
Baliqlarda umuman (ikki xil nafas oluvchi baliqlardan 
tashqari) xoanalar bo'lmaydi, suvda ham quruqlikda yashovchi- 
larda esa xoanalarning bo'lishi ulaming atmosfera havosidan 
nafas olishga moslashganliklari bilan bog'liq. Og'iz bo'shlig'i 
to'rini aniq ko'rish uchun yuqori va pastki jagiaming birlash­ 
gan orqa uchlarini qaychi bilan qirqib, ulami pastga va yu­ 
qoriga ko'tarish lozim. Bunda og'iz to'ri yon tomonlariga 
joylashgan bir juft teshik —yevstaxiev naylarini ko'ramiz. O'rta 
quloq bo'shlig'i bilan og'iz bo'shlig'ini birlashtirib turuvchi 
yo'l 
Yevstaxiev nayi 
deb ataladi. 
Yevstaxiev nayining fiziologik xususiyati o'rta quloqqa tashqi 
havo o'tkazishdan iborat. Natijada nog'ora pardaga ichkari va 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
tashqaridan tushadigan havo bosimi tenglashib, nog'ora pardani 
yorilib ketishdan saqlaydi. Nog'ora pardani nina bilan teshib, 
shu teshik orqali qil o'tkazsak, qilning uchi yevstaxiev nayi 
orqali og‘iz-halqum bo'shlig'iga chiqadi. Erkak baqalar og'iz 
bo'shlig'ining halqumga yaqin, pastki jag' orqa burchaklari- 
ning har ikki tomoni yonida bittadan teshiklar joylashgan. Bu 
teshiklaming oxirgi uchi erkak baqalar qurullaganda boshning 
yon tomonlaridan bo'rtib chiqadigan rezonator pufakchala- 
riga ochiladi. Rezonatomi ko'rish uchun tirik erkak baqa ol­ 
dingi oyoqlari orqasini barmoq bilan siqish lozim, shunda 
rezonatorlar pufaksimon bo'rtib tashqariga chiqadi. 
Tilning ikkiga ajralgan orqa uchi joylashgan yerda nafas 
yo'liga boruvchi hiqildoq teshigi bor. Agar pinset bilan bu 
teshikni yon tomonlarga itarsak, hiqildoq bo'shlig'i va uning 
ichida joylashgan tovush paychalari ko'rinadi. Baqaning tana­ 
si kalta va keng bo'lib, kattagina yassi boshiga bilinmasdan 
qo'shilib ketadi, chunki baqaning kalta bo'yni tashqaridan 
ajralib turmaydi. Tananing oxirida chiqaruv teshigi —kloaka 
joylashgan. Baqalarning oyog'i quruqlikda yashovchi boshqa 
barcha umurtqali hayvonlamiki kabi yashash sharoitiga mos 
tuzilgan bo'lib, baliqlarning juft suzgich qanotlariga gomologdir. 
Baliqlarning suzgich qanotlari bitta richagdan iborat bo'lsa, 
baqaning (umuman quruqliqda yashovchi hayvonlarning) oy­ 
oqlari uchta ri-chaglari tuzilmasidan tashkil topgan. 
Oyoqlar ayrim boiimlarining nomi quyidagicha: 
oldingi oyoqlar — yelka, bilak, oyoq kafti; 
orqa oyoqlar — son, boldir, oyoq kafti. 
Baqalarning orqa oyoqlari oldingi oyoqlariga nisbatan uzun 
va kuchli taraqqiy etgan. Bu bilan dumli amfibiyalardan farq 
qilib, ulaming bir joydan ikkinchi joyga sakrab yurishlarida 
asosiy vazifani bajaradi (sakrab yurish dumsiz amfibiyalar tur­ 
kumi vakillarining sharoitga moslanishidagi belgilaridan biri). 
Baqaning oldingi oyoqlarida barmoqlari to'rtta. 


www.ziyouz.com kutubxonasi 
Quruqlikda yashovchi boshqa tipik besh barmoqli hayvon- 
larniki bilan solishtirganda, baqaning birinchi barmog'i reduk­ 
siyalangan. 
Erkak baqalar ichki birinchi barmog‘ining ostida bittadan 
katta bo‘rtma qadoq bor, bu bo‘rtma ayniqsa urchish vaqtida 
kattalashadi va tuxumni tashqi urug'lantirishda urg'ochi baqa- 
ni tutib turishda xizmat qiladi. 
Ko'pchilik erkak baqalarning tovush pufagi yoki rezonator- 
lari hamda birinchi barmoqdagi bo'rtma ular uchun ikkinchi 
jinsiy belgi hisoblanadi. Orqa oyoqlari juda uzun, bu oyoqda- 
gi beshta barmoqlari orasiga serbar suzgich parda tortilgan. 
Barmoqlarda tirnoq bo'lmaydi. 
Suvda yashovchi baqa turlarining barmoqlar orasidagi suz­ 
gich pardasi kuchli taraqqiy etgan. Barmoqlaming ichki to­ 
monida falangalar, chegarasida qo'shuvchi bo'rtmalar, tovon 
qismida tashqi va ichki tovon bo'rtmalari bo'lib, ular dumsiz 
amfibiyalar turkumi uchun katta sistematik ahamiyatga ega. 

Download 16,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish