boshlab maktablar vujudga kelgan bo'lib, ularda o'ziga to'q kishilarning
farzandlari ta'lim olgan. Maktablarning quyi sinflarida adabiyot, til,
grammatika fanlari o'qitilgan. Yuqori sinflarida esa astronomiya,
matematika, geometriya, tibbiyot va veterinariya
hamda diniy darslar
o'tilgan. Maktablar davlatni boshqarish uchun xodimlar tayyorlagan.
Hindiston haqli ravishda qadimgi Sharqning yuksak madaniyatli
mamlakatlaridan biridir.Hindiston yarim oroli qadimdan tabiiy rang-
baranglik, boy o'simlik, hayvanot va qimmatbaho yer osti boyliklariga ega
bo'lgan. Yarim orolda ser suv Hind va Gang kabi daryolar mavjud.Mil.
avv. V ming yillikning oxiri IV ming yillikdan boshlab Hind daryosi
vodiysida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik vujudga kelgan. IV
ming yillik o'rtalariga kelib bu joyda o'ziga xos eng qadimgi hind
madaniyati vujudga kelgan. Dehqonchilik, hunarmandchilik,
chorvachilik, savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida qishloq va shaharlar
paydo bo'lgan. Nihoyat, Hind daryosi va uning Panjob viloyatida qadimgi
davlatlar yuzaga keladi. Bu davlatlarning Mohinjo-Daro, Xarappa kabi
katta shaharlari bo'lgan. Mohinjo-Daro
hozirda Pokiston hududida
joylashgan bo'lib, shaharning maydoni 270 gektardan iborat. Bu yerdan
arxeologlar ko'chalar, pishiq va xom g'ishtdan qurilgan turar joylar,
saroylar, omborxonalar, ibodatxonalar va podsho qarorgohining
qoldiqlarini topishgan. Shaharda pishiq g'ishtdan qurilgan suv tarmog'i
va kanalizatsiya ham bo'lgan. Badavlat kishilarning uylari, shuningdek
ibodatxonalar 2-3 qavatli qilib pishiq g'ishtdan 4,5 ming yil avval
qurilgan. Xarappa shahridan arxeologlar 500 ga yaqin yodgorliklar
topishgan. Shahar qurilishi Mohinjo-Daro bilan deyarli bir xil. Shaharda
me'morchilik, to'qimachilik, kulolchilik, toshtaroshlik,
zargarlik,
qurolsozlik ancha rivoj topgan. Xarappaliklar o'zlarining ieroglif
yozuvlariga ham ega bo'lgan2. Ikkala shaharda ham yirik g'alla omborlari
topilgan bo'lib, bu davlatni markazlashganlik darajasini ko'rsatadi.
Hindlar dunyoda birinchi bo'lib paxtadan mato to'qib, kiyimlar tikkanlar,
chunki shahardan kiyim tikish, qurolsozlik ustaxona qoldiqlarni topilgan.
Xarappa suv yo'li va quruqlik orqali shumerlar bilan savdo aloqalari olib
borgan ilk quldorlik davlati edi.
Mil. avv. II ming yillik o'rtalaridan boshlab Eron va Turon orqali
Hindistonga ko'chmanchi, chorvadororiy qabilalari bostirib kiradi. Ular
Gang va Panjob daryo vohalarining unumdor yerlariga kelib
o'rnashganlar va keyinchalik mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar.
Oriylar bilan mahalliy xalq o'rtasidagi qonli janglar hindlarning xalq
og'zaki ijodiyoti namunalari bo'lgan «Mahobxarat» va «Ramayana»
dostonlarida ham aks ettirilgan.Hindlar o'zlarining qadimiy yozuvlariga
ega bo'lganlar. Ularda astronomiya va matematika ham ancha rivoj
topgan. Hindlar quyosh va suv soatlaridan foydalanganlar, o'zlarining
taqvimlarini tuzganlar. Xalq og'zaki ijodining yuksak namunasi –
Vedalar, gimnlar, qo'shiqlar, afsunkor va diniy duolardan iborat to'plam
tuzilgan. Vedalarda hayot va o'lim masalalari bo'yicha fikr
yuritiladi.
Buddizm ta'limoti to'rt haqiqatda o'z ifodasini
topgan:
1. Turmush azob-uqubatlardan iborat;
2.Azob-uqubatlar sababi – kishilarning istaklari va nafslaridir:
3.Azob-uqubatdan qutilish uchun kishilaro'zlarining
istak va nafslarini
tiyishlari kerak;
4.Azob-uqubatlardan halos bo'lish uchun Budda kashf etgan qoidalarga
amal qilishi kerak.I-VII asrlarda Bombey yaqinida tog'ni o'yib, 24 ta g'or
monastirlari va 5 ta ibodatxona qurilishi, ya'ni Ajanta majmuasi dunyo
madaniyatida arxitektura, haykaltaroshlik va tasviriy san'atning o'ziga
xos sintezi hisoblanadi. Chunki uning qurilishida yuqorida ko'rsatilgan
san'at turlarining hammasidan
foydalanilgan.
Chjou davrida Xitoyda metall tangalarni (dunyoda birinchi marta)
muomalaga chiqarildi3. Dengizlarda suzish uchun kompas ixtiro qilingan
(uning strelkasi Shimolni emas, Janubni ko'rsatgan). Dunyoda birinchi
bo'lib, Xitoyda porox ixtiro qilingan bo'lib, undan bayramlardagi
mushakbozlilar foydalanilgan. Artileriya, miltiq, arbalet-miltiqlar ham
dastlab Xitoyda yaratilgan.
Mil. avv. I asr oxiri va yangi asr
arafasida xitoyliklar latta, po'sloq va
bambuk aralashmasidan qog'oz tayyorlaganlar. qog'oz yog'och, bambuk
va shoyiga qaraganda arzon bo'lib, u yozish va saqlash uchun qo'lay
hisoblangan. qog'ozning ixtiro qilinishi maorif, fan, madaniyatning
rivojlanishi va davlat ishlarida muhim ahamiyatga ega bo'lgan.
Buyuk Xitoy devori qurilishi mil.avv. IV asrda boshlanib, shimoldagi
Xunn qabilalarining hujumlaridan saqlanish va savdo-sotiq ishlarini
ko'zlab qurilgan. Devor Leodun qo'ltig'i qirg'og'idagi Shayxayguan
shahridan boshlanib, g'arbda Dunьxuan qal'asigagacha davom etgan.
Devorning umumiy uzunligi 5.000-6.000 km., uning balandligi joyiga
qarab 6-10 metr, qalinligi 5,5-7 metr bo'lib, har 60-100
metrda
mustahkam minoralar
qurilgan.
Xitoy ajoyibotlaridan yana biri, bu ipakning kashf etilishi va Buyuk ipak
yo'liga asos solinishidir. Imperator rafiqasi Si-Lingchi tomonidan
mil.avv. 2600 yili ipakning kashf etilishi va mil. avv. 128 yili Xitoy
sayyohi-diplomati Chjan-Szyanь tomonidan Buyuk ipak yo'liga asos
solinishi katta tarixiy o'zgarish
bo'lgan.Buyuk ipak yo'li birgina savdo-
sotiq bilan cheklanibgina qolmay u ayni paytda diplomatiya, diniy va
ma'naviy qadriyatlarni tarqalish yo'li ham edi. U Sharq va G’arb
sivilizatsiyasini bog'lovchi yo'l bo'lib, unda Markaziy Osiyo xalqlari
vositachilik rolini
o'ynaganlar.
Qadimgi Xitoy tabiblari kasallik va jarohatlarni davolashda uqalash, igna
sanchib davolashdan, o'simlik va hayvonlardan hosil qilinadigan
dorilardan,
xususan jenьshen, kiyik shohidan olinadigan panti, choy va
boshqa dori-darmonlardan keng foydalanganlar. O'sha davrdayoq Xitoy
tibbiyotida mingdan ortiq dorilar bo'lgan.qadimgi Xitoy tabiblari ichida
Va Shu Xe, Ban Sio va Xua Tu lar mashhur bo'lgan. Van Shu tibbiyotga
oid «Ney-Szin» («Odam tabiati va hayoti»), Ban Sio esa «qiyinchilik
haqida kitob» kabi asarlar yozganlar.Bulardan
bittasi
Konfutsiylik
bo'lib, uning asoschisi Kun-szi edi.U mil.avv. 551 yilda zodagon oilada
tug'ilgan bo'lib, 15 yoshidan o'zi mutoala qilib ma'lumot olgan. Uning
ta'limotida qadimgi urf-odatlar va ularga to'la rioya qilish muhim o'rin
tutadi. Hammaning ularga amal qilishi jamiyatni halokatdan qutqarib,
uni gullab-yashnashiga olib keladi deb uqtiriladi.Davlat to'g'risidagi
ta'limotda «… agar podsho haqiqiy podsho o'rnida bo'lsa, fuqarolar-
fuqaro o'rnida, ota-ota, ona-ona o'rnida, bola-bola o'rnida bo'lsagina
davlat gullab-yashnaydi» deyiladi. Agar davlat o'z nomiga munosib
bo'lsa,
unda yetarlicha oziq-ovqat, yetarlicha qo'shinlar bo'lishi va unga
ishonch bo'lishi zarurligi ko'rsatiladi.Qadimgi Xitoy tarixchilari ichida
mil. avv. 145-90 yillarda yashagan Sim Syan mashhur bo'lib, yuqorida
qayd qilingan «Tarixiyxotiralar» asarini yozgan.Unda Xitoyningeng
qadimgi davridan II asrgacha bo'lgan davri yoritilgan. Milodning 32-92
yillarida yashagan Ban Gu o'zining «Xan podsholigi tarixi» asarini
yozgan.Qadimgi Xitoyning kulolchilik maxsulotlari, ayniqsa chinni
buyumlar hozirgacha o'zining nafisligi, betakrorligi,
pishiqligi bilan
ajralib turadi. Ularda ishlatilgan rang,tanlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: