3.
Elektron auksionda savdo mexanizmi
Davlat xaridlari tizimida ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, ishtirokchi
Hisob-kitob
kliring palatasiga avans to‘lovini kiritadi.
Bunda:
Komission yig‘imlar –
shartnoma qiymatining 0,15% miqdoriga teng.
Zakalat qiymati –
boshlang‘ich narxining 3% ni tashkil etadi.
Zakalat mablag‘larini kiritmasdan siz elektron xaridlarida ishtirok etay olmaydi.
Ishtirokchi elektron xaridlarda ishtirok etish uchun shaxsiy kabinetga elektron
raqamli imzo yordamida kiradi.
Byudjet buyurtmachilari uchun -
dxarid.uzex.uz
Korporativ buyurtmachilar uchun –
exarid.uzex.uz
Har ikkala sayt bo‘yicha shaxsiy kabinetlar funktsional jihatdan o‘xshashdir.
Elektron auksionda ishtirok etish uchun zarur lotni topish kerak bo‘ladi.
Buning uchun shaxsiy kabinetning o‘ng tomon burchakdagi “Filtr ko‘rsatish”
tugmasi bosiladi va “Filtr” bo‘limiga o‘tiladi.
Zarur parametrlar kiritiladi va “Qidiruv” tugmasi bosiladi. Qidirishni quyidagi
parametrlar bo‘yicha amalga oshirish mumkin:
Lot raqami yoki nomi;
Tovar kategoriyasi
Ro‘yxatdan tovar tanlash
O‘rtacha summasi
Hudud
Tuman
Buyurtmachining STIR
Muddati
Auksionni o‘tkazish chog‘ida ishtirokchilar auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi
e’lon chop etilgan kundan e’tiboran va u tamom bo‘ladigan paytga qadar butun
muddat ichida narx bo‘yicha takliflarni cheklanmagan miqdorda berishga haqli.
Auksion uni o‘tkazish haqidagi e’londa ko‘rsatilgan muddatda (sana va
vaqt), biroq oxirgi taklif kelib tushgan vaqtdan so‘ng besh minutdan kam bo‘lmagan
vaqtda tugagan deb hisoblanadi.
Mazkur vaqt ichida yangi taklif berilgan taqdirda, ishtirokchilardan
takliflarni qabul qilish muddati oxirgi taklif olingandan so‘ng yana besh minutga
uzaytiriladi.
Bunda, auksionning tugash muddati operatorning ish kuni va ish vaqtiga
to‘g‘ri kelishi lozim.
Ishtirokchi o‘zi etkazib berishi mumkin bo‘lgan tovar bo‘yicha buyurtmalarni
qidirayotganda, tovarning etkazib berish shartlari, uning spetsifikasi va
buyurtmachining alohida talablarini, albatta, ko‘zdan kechirishi lozim. Agar
ishtirokchi bu shartlarni bajara olmasa yoki tovar belgilangan talablarga mos
kelmasa, u insofsizishtirokchilarningyagona reestriga kiritilishi mumkin.
Zarur lot tanlangandan so‘ng siz bevosita onlayn auksionda ishtirok etishingiz
mumkin.
Har ikki yo‘nalishda ham portalga joylashtirilgan lot 10 kun davomida faol
bo‘ladi. Shu vaqt mobaynida ishtirokchilar boshlang‘ich narxni 2% miqdorda
bosqichma-bosqich pasaytirib borish yo‘li bilan narx taklif qiladilar.
Ishtirokchi tomonidan taklif etilgan narx boshlang‘ich narxdan 15% va
undan past miqdorda bo‘lsa, boshlang‘ich va taklif etilgan narx o‘rtasidagi farq
qilayotgan qiymatda qo‘shimcha zakalat kiritilishi talab etiladi.
Auksion yakunida elektron tizim avtomatik tarzda eng past miqdorda berilgan
narx egasini auksion g‘olibi, deb topadi.
Auksionni yakunlanish muddati faqat birjaning ish kunlari va vaqtlariga
to‘g‘ri keladi.
Auksion natijasiga ko‘ra buyurtmachi va etkazib beruvchining shaxsiy
kabinetida elektron shaklda shartnoma shakllanadi. Buyurtmachi va ishtirokchi
o‘rtasida elektron raqamli imzo yordamida tuzilgan shartnoma haqiqiy deb
hisoblanadi
Agar auksionda bir ishtirokchi yoki umuman hech kim ishtirok etmasa,
auksion o‘tkazilmagan, deb hisoblanadi. Bunday hollarda buyurtmachi 3 kun ichida
auksionni 5 kunga uzaytiradi.Bu holatda ham savdo bo‘lib o‘tmasa, buyurtmachi 10
kunlik tanlov o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |