chet el
valutasi
jumlasiga tegishli xorijiy davlatda muomalada bo‘lgan va
qonuniy to‘lov vositasi hisoblangan banknot ko‘rinishdagi chet el pullari,
shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki muomaladagi, ammo
O‘zbekiston Respublikasi pul belgilariga almashtirilishi lozim bo‘lgan chet
el pullari; hisobvaraqlarda va omonatlarda bo‘lgan xorijiy davlatlarning
pul birliklaridagi va xalqaro hisob-kitob birliklaridagi mablag‘lar kiradi.
Chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar
— chet el valutasidagi fond
boyliklari (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqalar), chet el valutasidagi
to‘lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditivlar va boshqalar), shu
jumladan yo‘l cheklaridir.
Obyektiv tomondan jinoyat
o‘tkazish maqsadida qalbaki bank biletlari
101
(banknotlar), metall tangalar, Aksiz markalar, qimmatli qog‘ozlar yoxud
chet el valutasi yoki chet el valutasidagi qimmatli qog‘ozlar yasashda va
ularni o‘tkazishda ifodalanadi.
NOTA BENE !
Qalbaki biletlar yoki qimmatli qog‘ozlar
yasash
(soxta pul yasash)
deganda, mazkur narsalarni to‘la yasash yoxud haqiqiy qog‘oz pullar yoki
qimmatli qog‘ozlarga qisman o‘zgartirishlar kiritish (shu narsalarning
raqamlarini yoki boshqa zaruriy qismlarini o‘zgartirish) tushuniladi.
Qalbaki biletlar yoki qimmatli qog‘ozlarni yasash usullari har xil
bo‘lishi mumkin. Bu fotosuratlar, kompyuter texnikasidan foydalanish,
chizish, matbaa yo‘li bilan pul yoki qimmatli
1
qog‘ozlarni bosma usulda
chiqarish va h.k. usullari bo‘lishi mumkin. Jinoyatning kvalifikatsiyasi
uchun uni sodir etish usullarining ahamiyati yo‘q.
Biroq, qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlarning barcha o‘lchamlari,
zaruriy belgilari, ya’ni rekvizitlari haqiqiysiga chindan ham o‘xshash
bo‘lishi jinoyatni kvalifikatsiya qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aks
holda, aybdorning harakatlarini ko‘rib chiqilayotgan modda bo‘yicha
kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Masalan, shaxsning jurnaldan yangi
pulning namuna nusxalarini qirqib olib, ularni yopishtirib sotishga
urinishini qalbaki pul yasash yoki ularni o‘tkazish deb bo‘lmaydi.
Bunday qilmish muayyan sharoitda firibgarlik deb baholanishi mumkin.
Chunki bunday pullar muomalada bo‘la olmaydi va davlatning pul-kredit
tizimi asoslariga putur yetkazmaydi.
Pul birliklari, Aksiz markalari, qimmatli qog‘ozlarni to‘la yoki qisman
qalbakilashtirish (nominalini o‘zgartirish, Aksiz marka va qimmatli
qog‘ozlarning rekvizitlarini o‘zgartirish) mumkin. Qalbakilashtirish shakli
kvalifikatsiyaga ta’sir etmaydi, ammo jazo tayinlashda sud tomonidan
inobatga olinishi mumkin.
1
Қаранг:
Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги «Валютани тартибга солиш тўғрисида»ги 841-
ХП-сон Қонуни (Янги таҳрири) (Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 11 декабрдаги 556-11-сон Қонуни
билан тасдиқланган), 3-модданинг 2-қисми // Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси,
1993 й., 5-сон, 225-модда; 1994 й., 11-12-сон, 285-модда.
102
Qalbaki pul yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, agar ularni o‘tkazish
maqsadi borligi aniqlansa, loaqal bir nusxa yasalgan paytdan e’tiboran
Do'stlaringiz bilan baham: |