Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Jismoniy qarshilik ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladigan faol



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet336/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Jismoniy qarshilik ko‘rsatish shaklida amalga oshiriladigan faol 
qarshilik ko‘rsatish 
— o‘zining xizmat yoki fuqarolik majburiyatlarini 
bajarayotgan shaxslarning badaniga qasddan shikast yetkazish, urish, 
do‘pposlash, bog‘lash, qamab qo‘yish yoki ularning erkinligini boshqacha 
usulda cheklab qo‘yish. 
NOTA BENE ! 
Hokimiyat vakili – 
davlatning biron-bir hokimiyat organining nomidan 
ish ko‘rib, muayyan vazifalarni doimiy yoki vaqtincha amalga oshiruvchi 
va o‘z vakolatlari doirasida ko‘pchilik yoxud barcha fuqaro yoki 
mansabdor shaxslar uchun majburiy bo‘lgan harakatlarni sodir etish yoki 
farmoyishlar berish huquqiga ega bo‘lgan shaxs. 
(«Hokimiyat vakili» tushunchasi yuzasidan JK 205-moddasi tahliliga 
qarang.) 
JK 219-moddasi mazmuni bo‘yicha hokimiyat vakillari qatoriga ijro 
etilishi majburiy bo‘lgan qonuniy ko‘rsatmalar berish huquqi berilgan 
mas’ul mansabdor shaxslar kiritiladi. Bular huquqni muhofaza qiluvchi, 
nazorat qiluvchi organlar xodimlari: prokurorlar, ichki ishlar xodim 
organlari va prokuror qarorlarining ijrosini ta’minlashni amalga oshiruvchi 
ichki ishlar organi xodimi; Milliy xavfsizlik xizmati organi xodimi; soliq 
huquqbuzarliklari bo‘yicha departament xodimi; sud ijrochisi; bojxona 
xizmati xodimi, shuningdek, qonun bo‘yicha huquq-tartibotni muhofaza 
qilish asosiy yoki asosiy vazifalardan biri hisoblanuvchi organlarda xizmat 
vazifas ni bajaruvchi boshqa shaxslar. 
Hokimiyat vakillari funktsiyalarini bajarayotgan huquqni muhofaza 
qiluvchi organlar, jazoni ijro etish muassasalari xodimlariga qarshilik 
ko‘rsatish bilan bog‘liq qilmish tegishli belgilar bo‘lgan hollarda JK 220-
moddasi yoki 221-moddasi bo‘yicha kvalifikatsiya qilinadi. 
Fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxs 
deganda, davlat hokimiyati 
yoki boshqaruv organlari, jamiyatga yordam berayotgan, o‘zining 
402 


konstitutsiyaviy yoki boshqa qonuniy majburiyatlarini bajarayotgan har 
qanday shaxs tushuniladi. Boshqacha aytganda, fuqarolik burchini 
bajarish, bu — fuqarolar tomonidan qonun va jamiyat, davlat va boshqa 
shaxslarning manfaatlari doirasida har qanday harakatlarni amalga 
oshirish. Ko‘p hollarda o‘zining fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslar 
jabrlanuvchi bo‘lib qoladi va qonunga asosan shunday shaxs deb tan 
olinadi. 
Hokimiyat vakili yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsning xizmat 
majburiyatlari huquqiy tartibot va ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlash va 
himoya qilishga qaratilganligi sababli, hokimiyat vakilining ko‘rsatmasi 
yoki fuqaroning harakati qonun va huquq doirasida bo‘lishi lozim. Mazkur 
xizmat majburiyatlari hokimiyat vakillariga tegishli qonun hujjatlarining 
alohida toifasidan kelib chiqadi. 
Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga 
qarshilik ko‘rsatish xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakiliga 
qarshilik ko‘rsatish tarzida sodir etilsa, aybdor mazkur modda bo‘yicha 
jinoiy javobgarlikka tortiladi. Qarshilik ko‘rsatish o‘z xizmat vazifalarini 
bajarmayotgan vaqtda hokimiyat vakiliga yoxud fuqarolik burchini 
bajarmayotgan shaxsga nisbatan sodir etilgan hollarda aybdorning qilmishi 
JK 219-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. 
Basharti shaxs hokimiyat vakilining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga 
qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsa, u ana shunday xatti-harakati uchun ham JK 
219-moddasi bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin emas. 
Jinoyat xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy 
faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik 
ko‘rsatish boshlangan vaqtdan boshlab, oqibat kelib chiqishidan qat’i 
nazar, 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish