Veterinariya (shu jumladan, veterinariya-sanitariya) qoidalari
hayvonlarning (uy hayvonlarining ham, yovvoyi hayvonlar muhitidan
belgilangan tartibda ajratilgan hayvonlarning ham) epizootiyalari, yuqumli
va yuqumli bo‘lmagan ommaviy kasalliklariga qarshi kurashish maqsadida
belgilangan, shuningdek, veterinariya-sanitariya, davolash, veterinariya-
profilaktika tadbirlarini o‘tkazish qoidalari, karantin qoidalari, kasallik
o‘choqlarini yo‘q qilish tartibi hisoblanadi.
Veterinariya sohasidagi normativ-huquqiy mazmundagi hujjatlar
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Кенгашининг Ахборотномаси, 1993 й., 9-сон, 335-модда; Ўзбекистон
Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1995 й., 6-сон, 118-модда; 1997 й., 4-5-сон, 126-модда.
312
hayvonlar va parrandalarning yuqumli epizootik va epidemik kasalliklarga
chalinishining oldini olishni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi
hududini qo‘shni mamlakatlardan tashib keltiriladigan hayvon va
parrandalarning yuqumli kasalliklaridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan
epizootiyalarga qarshi, veterinariya-sanitariya va davolash tadbirlarini
o‘tkazishga oid ko‘rsatma va talablarni nazarda tutadi.
Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini
buzish
harakat va harakatsizlik ko‘rinishlarida sodir etilishi mumkin.
Birinchi ko‘rinishda buzishda subyektning uy jonivorlarini boqish,
tashish, ulardan foydalanish bilan bog‘liq qonunda taqiqlangan tartib-
qoidalar va muolajalar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga
kasal jonivorlar yoki yuqumli kasalliklar tarqalgan nomaqbul hududlardan
jonivorlar sotib olish hamda olib kelish va hokazolar, shu bilan birga
zootexnik nuqtai nazardan yaramaydigan, jonivorlar kasallanishi va
kasallik tarqalishiga sabab bo‘lgan yem hamda ozuqalar ishlab chiqarish
va ulardan foydalanish bilan bog‘liq harakatlarni sodir etishdan iborat.
Veterinariya va zootexnika qoidalarini harakatsizlik ko‘rinishida buzish
oldini olish (profilaktika) maqsadidagi emlashni amalga oshirmaslik,
karantin muddatlariga rioya qilmaslik, jonivorlarning kasallikka uchragani
to‘g‘risida veterinariya nazorati idoralariga xabar bermaslik, jonivorlar
yuqumli kasalliklari o‘choqdarini yo‘qotish bo‘yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirmaslik va hokazolardan iborat. Qoramol so‘yish ham
veterinariya qoidalariga rioya qilmagan holda amalga oshirilishi mumkin,
masalan, qoramolni dastlabki nazoratdan o‘tkazishdan bosh tortish yoki
undan bo‘yin tovlash, so‘yishda sanitariya (tozalik) me’yorlariga rioya
qilmaslik va hokazolar.
Hayvonlar yoki parrandalar orasida epidemik kasalliklar (epizootiya)
tarqalishi, shuningdek, shu kabi boshqa og‘ir oqibatlar mazkur jinoyatning
oqibatlari hisoblanadi.
Epizootiya
tez tarqaladigan va hayvonlarning keng ko‘lamda qirilib
ketishiga olib keladigan, uy hayvonlari va parrandalarning ommaviy
yuqumli kasallanishi hisoblanadi (masalan, tuman hududida hayvon va
parrandalarning oqsim yoki o‘lat kasalligiga chalinishi).
313
Do'stlaringiz bilan baham: |