Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

subyektiv tomondan 
ehtiyotsizlik yoki aybning murakkab shakli 
(sodir qilinayotgan qilmishga nisbatan qasd hamda kelib chiqqan jinoiy 
oqibatga nisbatan ehtiyotsizlik) bilan sodir etiladi. 
Jinoyatning 
subyekti 
16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy 
shaxs bo‘lishi mumkin. 
Aksariyat hollarda, agronomlar, brigadirlar va shu kabi mutaxassislar 
tahlil qilinayotgan jinoyatning subyekti bo‘ladilar. O‘simlik kasalliklari 
yoki zararkunandalariga qarshi kurash talablarini o‘z mansab vakolatidan 
foydalangan holda buzgan mansabdor shaxslar mansabdorlik jinoyati 
uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari kerak. 
8-§. Veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini 
buzish (JK 200-moddasi) 
Jinoyatning 
bevosita obyekti 
chorvachilik sohasidagi ekologik huquq-
tartibotni ta’minlash maqsadida belgilangan veterinariya va zootexnik 
qoidalarni tartibga soluvchi hamda ekologik xavfsizlik, insonlar hayoti va 
sog‘lig‘i, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qaratilgan ijtimoiy 
munosabatlardir. 
Jinoyatning 
predme
ti uy va yovvoyi hayvonlardir. 
Obyektiv tomondan 
JKning 200-moddasida nazarda tutilgan jinoyat 
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini buzish 
natijasida hayvon yoki parrandalar epidemiyasi (epizootiya) tarqalishiga, 
311 


ularning yalpi qirilib ketishiga yoki boshqacha og‘ir oqibatlar kelib 
chiqishiga sabab bo‘lgan veterinariya qoidalarini buzish harakatlari yoki 
harakatsizlik bilan sodir etilishi mumkin (masalan, profilaktik tadbirlar 
o‘tkazish bo‘yicha belgilangan talablarga rioya qilmaslik, yuqumli 
kasalliklarga chalingan hayvonlar va ularning mahsulotlarini, chorvadan 
olingan xom ashyoni sotish, kasal molni so‘yishdan bo‘yin tovlash va 
hokazolar shular jumlasidandir). 
Mazkur modda dispozitsiyasi blanketlidir. Qilmishni kvalifikatsiya 
qilishda aybdor shaxs tomonidan veterinariya, veterinariya-sanitariya 
qoidalari va normalarini aynan qaysi bandi buzilganligi aniqlanishi zarur. 
Veterinariya qoidalari va talablari 1993 yil 3 sentyabrdagi «Veterinariya 
to‘g‘risida»
1
Qonun asosida O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi 
tomonidan, turli vazirliklar va idoralarning ko‘p sonli idoraviy 
yo‘riqnomalari orqali, shuningdek, hayvonlarni, ularning ozuqasini, 
chorvachilik mahsulotlarini va hokazolarni olib kirish, olib chiqish hamda 
ularning tranzit tashish qoidalarini belgilovchi xalqaro kelishuvlarda 
belgilanadi. 
Veterinariya qoidalari hayvonlarni kasalliklardan himoya qilish va 
davolashga oid davlat, jamoat, xo‘jalik va ijtimoiy tadbirlar majmui bo‘lib, 
ishlab chiqarish va aholini yaxshi sifatli chorva mahsulotlari bilan 
ta’minlash, odamlarning hayvonlar og‘riydigan kasallikka chalinishining 
oldini olish, shuningdek, atrof muhitni muhofaza etishning veterinariya-
sanitariya muammolarini hal qilishni o‘z ichiga oladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish