Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

IV
1
 BOB. TADBIRKORLIK FAOLIYATIGA TO‘SQINLIK 
QILISH, QONUNGA XILOF RAVISHDA ARALASHISH BILAN 
BOG‘LIQ JINOYATLAR HAMDA XO‘JALIK YURITUVCHI 
SUB’EKTLARNING HUQUQLARI VA QONUNIY 
MANFAATLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN BOSHQA 
JINOYATLAR
1
 
6-sxema
1
XIII
1
боб Ўзбекистон Республикасининг 2015 йил 20 августдаги ЎРҚ–391-сонли Қонуни билан киритилган. 
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2015 й., 8-сон, 312-модда. 
Tadbirkorlik faoliyatiga to’sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda 
aralashish bilan bog’liq jinoyatlar hamda xo’jalik yurituvchi 
subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan 
boshqa jinoyatlar
Xususiy 
mulk 
huquqini 
buzish 
JK
192
1
-m 
Tadbirkorlik 
subyektlarining 
faoliyatini 
tekshirish va 
moliya-xo’jalik 
faoliyatini taftish 
qilish tartibini 
buzish 
JK 192
2
-m 
Tadbirkorlik 
sub’ektlarining faoliyatini 
va (yoki) ularning 
banklardagi 
hisobvaraqalari bo’yicha 
operatsiyalarni qonunga 
xilof ravishda to’xtatib 
turish 
JK 192
3
-m 
Tadbirkorlik 
subyektlarini 
homiylikka va 
boshqa 
tadbirlarga 
majburiy jalb 
etish 
JK 192
4
-m 
Litsenziyalash 
to’g’risidagi 
qonun hujjatlarini 
va ruxsat berish 
tartib-taomillari 
to’g’risidagi 
qonun hujjatlarini 
buzish 
JK 192
5
-m 
Imtiyozlar va 
preferentsiyalarni 
qo’llashni 
g’ayriqonuniy 
ravishda rad etish, 
qo’llamaslik yoki 
qo’llashga 
to’sqinlik qilish 
JK 192
6
-m 
Xo’jalik yurituvchi 
subyektlarga va 
boshqa 
tashkilotlarga pul 
mablag’lari berishni 
asossiz ravishda 
kechiktirish 
JK 192
7
-m 
Tadbirkorlik 
subyektlarining 
hisobvaraqlarida 
pul mablag’lari 
mavjudligi 
to’g’risidagi 
axborotni qonunga 
xilof ravishda talab 
qilib olish 
JK 192
8
-m 
Tijoratda pora 
evaziga og’dirib olish 
JK 192
9
-m 
Nodavlat tijorat tashkilo-
tining yoki boshqa nodavlat 
tashkilotining xizmatchisini 
pora evaziga og’dirib olish 
JK 192
10
-m 
Nodavlat tijorat tashkilotida 
yoki boshqa nodavlat tashki-
lotida mansabdor shaxslar 
tomonidan o’z vakolatlarini 
suiiste’mol qilish 
JK 192
11
-m 
240 


1-§. Xususiy mulk huquqini buzish (JK 192
1
-moddasi) 
O‘zbekistonda xususiy mulk daxlsizligi, davlat tomonidan himoya 
qilinishiga alohida e’tibor qaratilayapti. Konstitutsiyamizda xususiy mulk 
boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasida ekani, mulkdor 
faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda hamda tartibdagina mulkidan 
mahrum etilishi mumkinligi qat’iy mustahkamlangan. Ta’kidlash joizki, 
o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda ushbu konstitutsiyaviy qoida 
asosida xususiy mulk va mulkdorlarni himoyalashga qaratilgan ishonchli 
me’yoriy-huquqiy asos hamda kafolatlarni, jumladan, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikka zarur sharoit hamda imtiyozlarni yaratish bo‘yicha 
ko‘pgina ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Chunonchi, 2012 yilda 
O‘zbekiston Respublikasining «Xususiy mulkni himoya qilish va 
mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 may sanasida 
chiqargan «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi 
to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni aynan 
mazkur sohadagi muhim hujjatlardan biri bo‘ldi. Mazkur farmon asosida 
respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o‘rni va rolini tubdan oshirish, 
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va 
cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, 
yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali 
ishtirokidagi ulushini izchil oshirish asosiy vazifa etib belgilandi. 
Shuningdek, xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi 
to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqildi. 
Mazkur dasturning 2-bandi birinchi va uchinchi xatboshilariga ko‘ra, 
«Huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi va boshqa organlarning 
mansabdor shaxslarining javobgarligini oshirish maqsadida: 
qonuniy tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilganlik, xususan 
tadbirkorlik faoliyati erkinligini himoya qilish sohasidagi qonunchilikni bir 
necha bor buzganlik uchun xattoki jinoiy javobgarlikni qo‘llash; 
241 


xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish, ularga zarar yetkazish, ya’ni 
mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum 
etish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon bo‘lgan 
shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni 
yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, 
shuningdek mulkdorning mulkini olib qo‘yish yoxud uni o‘z mol-mulkiga 
bo‘lgan huquqidan voz kyechishga majburlaganlik uchun Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga hamda Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar 
kiritish nazarda tutildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd 
etilgan Qarori asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 
«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulk, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni 
ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga 
qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni 
ushbu yo‘nalishdagi muhim qadam hisoblanadi, zero u xususiy mulkni 
qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini ishonchli ta’minlash bo‘yicha chora-
tadbirlarni normativ-huquqiy jihatdan mustahkamlash maqsadida ishlab 
chiqilgan.
Mazkur qonun qabul qilinishi bilan O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik, Uy-joy, Soliq, Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga hamda «Dehqon xo‘jaligi 
to‘g‘risida»gi, «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi qonunlarga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Shuningdek, JKning 192
1
-192
11
-moddalarini 
o‘zida jamlagan 
Tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashish 
bilan bog‘liq jinoyatlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qiladigan boshqa jinoyatlar 
deb nomlanuvchi XIII
1
bob ham ushbu qonun asosida kiritilgan.
Xususan, Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksga xususiy mulkni himoya qilish va xususiy tadbirkorlik 
huquqlarini himoyalashning kafolatlarini ta’minlash uchun mulkdorning 
manfaatlariga ancha miqdorda zarar yetkazgan holda mulk huquqini 
242 


qonunga xilof ravishda cheklash va undan mahrum qilishga qaratilgan 
harakatlarni sodir etish, nomaqbulligi oldindan ma’lum bo‘lgan shartlarni 
mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan, uning mol-mulkini 
tortib olib qo‘yishda aybdor shaxslarning, jumladan, mansabdor 
shaxslarning javobgarligini oshirish maqsadida kiritilayotgan qo‘shimcha 
xususiy mulk huquqini buzish haqidagi yangi moddada o‘z aksini topdi.
Sharhlanayotgan 192
1
-modda aynan xususiy mulk huquqini buzganlik 
uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi. Biroq, mazkur normaning 
qo‘llanilishida ma’muriy preyuditsiya mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. 
Ya’ni, xususiy mulk huquqini buzganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortish 
uchun nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat 
organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi 
xususiy mulk huquqini buzganligi uchun ilgari MJtKning 241
1
-moddasi 
bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi lozim hisoblanadi.
Mazkur normaning MJtKning 241
1
-moddasidan farqli jihati shundaki, 
nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat 
organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisiga 
nisbatan jarima ma’muriy jazosi qo‘llanilgan bo‘lishidir.
Jinoyatning 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish