M. Y. Ayupova



Download 16,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/289
Sana21.05.2022
Hajmi16,96 Mb.
#605768
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   289
Bog'liq
Logopediya Ayupova M.

sh-x

t-s, к -p, k-t,
r-l).
Tovush alm ashtirishning ozgina qismigina artikulator o'xshashliklar 
tufayli ro'y beradi. K etm a-k et kelgan undoshlarni n o to 'g 'ri talaffuz 
qilishning sababi bo'lib, so'zdagi undoshlarni noaniq eshitib farqlay bilish 
hisoblanadi.
So'zlardagi b o 'g 'in strukturasining buzilishi hatto b u tu n bir b o 'g 'in
tushirib qoldirishda ham nam oyon bo'ladi (televizor — tvizor, q o'lb ola- 
bala). B o'g'in tushirib qoldirish asosan so 'z boshida va o 'rtasid a yuz 
beradi (kitob-tob, qo'zichoq-zich oq, m ashina-shina, ayiqcha-iqcha).
B o'g'in strukturasining buzilishi faqatgina 3-5 m urakkab so'zlardan 
boshlab, ko'proq yonm a-yon kelgan undoshlarda yuz beradi. Bolalarga 
tanish bo'lgan va tez-tez foydalanib turiladigan k o 'p b o 'g 'in li so'zlar, 
kam foydalaniladigan ham da yaxshi tanish bo'lm agan so'zlarga nisbatan 
kam roq buzib talaffuz qilinadi.
Aqli zaif bolalarning nutqi k o 'p hollarda m a’nosiz, tushunarsiz va
436


em otsional bo'yoqsiz b o ia d i. B a’zilarida nutq sekinlashgan, b a ’zilarida 
esa tezlashgan, shu bilan birga, bolalarining ovozi past, b a ’zilarining 
ovozi chinqiroq b o ia d i.
Ayniqsa, D aun kasalligi bilan og'rigan bolalarda nutqning buzilishi 
yaqqol nam oyon b o ia d i. N u tq tezligi past b o iis h i, o 'ta kuchli ruhiy 
holatdagi duduqlanish kuzatiladi. Bunday bolalarda disfoniya — ovoz 
o'zgarishi keng tarqalgandir. Ovoz past va b o 'g 'iq ; nafas olish, ovoz, 
artikulator apparatining koordinatsiyasi buzilgan b o ia d i.
Aqli z a if bolalarda tovush talaffuz buzilishini to 'g 'rila s h , norm al 
rivojlangan bolalarga nisbatan ancha uzoq davom etadigan jarayondir. 
U lar bilar. olib boriladigan ish shartli refleks aloqalari hosil b o lish in in g
qiyinligi tufayli, yangi tovush shakllanishining sekinlashishi va uzoq davom 
etishini keltirib chiqaradi. Asab (nerv) jarayonining inertligi, sekinlashish 
va asabiy kuchayishning o 'ta buzilishi, eski-oddiy aloqalardan yangilariga 
o'tishdagi bir xillikni ko'rsatishda nam oyon b o ia d i. Buning natijasida u 
yoki bu tovushni n o to 'g 'ri talaffuz qilish uzoq vaqt saqlanib qoladi.
Yangi tovushni nutqqa kiritish, ya’ni avtom atizatsiya bosqichi uzoq 
vaqtni talab qiladi. B a’zida bir tovushni m e ’yoriga yetkazish uchun 3-5 
m ashg'ulotning o 'zi kifoya qiladi, lekin uni avtom atizatsiyalash 1-1,5 
yilda nihoyasiga yetadi. Buning asosiy sababi, aqli za if bolalardagi oliy 
nerv faolyatining o'ziga xos tom onlari, o 'z nutqi va to 'g 'ri talaffuz qilish 
ustidan nazorat yo'qligi hisoblanadi.
Bu k o 'rsa tk ic h n i G .A . K ashening ta d q iq o tla ri h am tasdiqlaydi. 
K o'pchilik bolalarda tovushni to 'g 'ri talaffuz qila boshlash bosqichi bir 
o 'quv yili davom ida am alga oshirilar ekan. 96 tovushdan 72 tasi o 'q uv
yili oxiriga borib to 'g 'rilan g a n , lekin m ana shu 72 tovushdan faqat 22 
ta s i n u t q d a t o 'g 'r i t a l a f f u z q i l i n g a n , 50 ta s i e s a n u t q d a
m ustahkam lanm agan va bolalar ulardan foydalanm aganlar.
T ovushlar talaffuzidagi nuqsonlarni to 'g 'rilash n i aqli za if bolalarning 
idrok qilish faoliyatining rivojlanishi bilan bog'lash, qiyoslash, analiz va 
s in te z n in g h a r a k a tla ri b ila n b o g 'la s h lo zim . T o 'g 'r i ta la ffu z d a g i 
buzilishlarni to 'g 'rilash d a g i logopedik ishlarda qiyoslash usulini keng 
qo'llaniladi. M asalan, tovushni to 'g 'rilash bosqichida to 'g 'ri va n o to 'g 'ri 
talaffuz qiyoslanadi. A vtom atizatsiya bosqichida shu tovushning o 'zi 
fonetik jihatdan b ir-b iridan uzoq b o ig a n tovushlar bilan qiyoslanadi. 
K orreksiya (to 'g 'rila s h ) ja ra y o n id a tovush m iq d o rig a n isb atan tu rli 
so'zlam ing tovush tuzilishi qiyoslanadi.
Asosiy d iqqat-e’tibor um um iy va nutqiy m aterialning rivojlantirilishiga, 
eshitish qobiliyatining, xotiraning shakllantirilishiga, ya’ni aqli za if b o ig a n
b o la la r d a g i ta l a f f u z q ilis h b u z ilis h la r in in g b a r c h a s a b a b la r in i 
norm allashtirishga qaratiladi.
Talaffuzdagi buzilishlarning korreksiyasida d iq q a t-e ’tib o r so 'zning 
tovush tarkibi haqidagi aniq tasaw urga ega bo'lishga, so'zdagi tovushni
437


ajrata bilishga, nutq tovushlarning m a’no bildiruvchi vazifalarini aniqlashga 
qaratiladi.
Yordam chi m aktabda logopedik ish bilan savodga o'rgatish o'rtasida 
o'z aro uzviy aloqa am alga oshiriladi. Tovushni to 'g 'ri talaffuz qilish 
ustidagi ish bolani shu tovush ifodalagan harfni o'zlashtirishga tayyorlaydi. 
Boshqa tom ondan harfni o'rganish esa tovushni nutqqa m ustahkam lash 
uchun grafik tayanch bo'lib xizm at qiladi. Bola harfni o'rganishdan aw al, 
tovushni to 'g 'ri talaffuz qila bilishi, uni n utqda ajrata olishi kerak.
Aqli za if o 'q u v c h ilard a talaffuz buzilishlarini to 'g 'rila s h davrida 
ulardagi psixik jarayon kechishining o'ziga xos tom onlarini hisobga olish 
zarur (tem pning sekinlashishi, d iq q at-e’tiborni bir joyga yig'a olm aslik 
va boshqalar).
Y ordam chi m ak tab lard a talaffuzdagi n u q so n larn i b a rta ra f etish 
yuzasidan olib boriladigan logopedik ishlarning o'ziga xos tom on larid an 
y an a biri ish n i y ak k a ta rtib la s h tiris h h iso b la n a d i. O 'z ig a x oslik 
rejalashtirishda ham o 'z aksini topadi. N orm al bola uchun qiyinchilik 
tug'dirm aydigan har qanday masala, yordam chi m aktablarda iloji boricha 
o d d iy la sh tirilish i lo zim . L o g o p ed bu o 'z ig a xo slik ni talaffu zd ag i 
kam chiliklarni to'g'rilashdagi ishning har bir bosqichida hisobga olishi 
darkor.
Y ordam chi m aktablard a talaffuz buzilishlarini b a rta ra f etish nin g 
dastlabki bosqichi uzoq davom etadi va sifat jihatd an boshqa m azm un 
kasb etishi bilan xarakterlanadi. U m um iy nutqiy m otorikani rivojlantirish, 
eshitish va xotirani m ustahkam lash ustida ishlar olib boriladi.
N utqiy nafas olish, uzoq nafas chiqarib turishni shakllantirish zarur. 
Bular o'y in ko'rinishidagi m ashqlarda o'tkaziladi.
U zo q vaqt nafas ch iq arish g a ovoz te m b ri, b alan d lig i, k u ch in i 
rivojlantirish m aqsadida, ovoz m ashqlarini kiritish lozim. Keyinchalik 
oddiy artikulator m ashqlar kiritiladi.
Aqli zaif bolalarda artikulator m otorikani rivojlantirish ikki yo'nalishda 
olib boriladi: h arak atn in g knetik asosini rivojlantirish va artik u lato r 
h a ra k a tn in g k in e s te tik aso slarin i riv o jlan tirish . K in e ste tik h o la tn i 
rivojlantirishda ish ko'zgusiz olib boriladi, o'qu vchilar lablar holatini 
takrorlaydi, logopedning nutqiy yo'riqnom asi asosida til holatini passiv 
o'zgartirishini qaytaradi. Bolalarni eshitib nutqiy birliklarni ajratishga 
o'rgatiladi. ("qani kim qichqirayapti?", "top-chi ovoz qayerdan kelayapti?" 
kabi o'yinlar). Shuningdek, o'quvchilarni so 'zlar tartibini eslab qolishni, 
bo'g 'in larn i aw al rasm lar asosida keyin ularsiz qaytarishga o'rgatiladi. 
Dastlabki, bosqichda tovush analizi va sintezining elem en tar shakllarini 
rivojlantirish amalga oshiriladi. Bolalar undosh va unli tovushlarni ajratib 
ko'rsatishni o'rganadilar.
Aqli zaif bolalarda tovushni yo'lga qo'yish aralash usullarda am alga 
o s h i r i l a d i . 
Y o r d a m c h i
m a k ta b l a r d a
n u t q
t o v u s h l a r i n i


avtom atizatsiyalashtirish uzoq davom etadigan bosqich hisoblanadi. Bu 
bosqichda so'zdagi tovushni ajratib ko'rsatish, boshqa tovushlarga nisbatan 
uning o 'rn in i belgilash, tovush analizi va sintezining m urakkab shakllari 
ustida ish olib boriladi. Aqli za if b olalar so'zdagi tovush o 'rn in i yaxshi 
belgilay olm aydilar, shuning uchun o 'z vaqtida artik ulator a ’zolarini 
tovushni talaffuz qilishga tayyorlay olm aydilar. A yniqsa, bu hoi tovush 
so'z o 'rtasid a yoki oxirida kelganda yaqqol seziladi.
Tovushlarni avtom atizatsiyalashtirish jarayon id a nutqning ohangini 
rivojlantirish ustida ishlash tavsiya etiladi. B o'g'indagi urg'u, so 'z urg'usi 
ustida bog'lanishli nutqda intonatsiya ustida ishlash lozim bo'ladi.
Bu bosqichning o'zig a xos to m o n i darslarni rejalash, m avzularni 
taqsimlash hisoblanadi. M ashg'ulotlar aniq rejalashtiriladi, bu rejada nutqiy 
m aterial to p sh iriq la rin i asta-sek in m u rak k ab lash tirish m aqsad qilib 
qo'yiladi. M asalan, bo'g'inlardagi 

Download 16,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish