“31” dekabr 2011 yildagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining №352-sonli qarori “Umumiy foydalaniladigan avtomobil
yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishalri tasnifiga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar”ga
va MShN-24 “Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash
bo‘yicha texnik qoidalar” ga muvofiq qabul qilinadi.
Xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llardagi yo‘l bo‘laklari bo‘yicha ishlarning
tuzilmaviy hajmlarini avtomobil yo‘llarining pasporti tarkibiga kiruvchi
muhandislik jixozlanish darajasini tavsiflaydigan yo‘llarning transport-foydalanish
ko‘rsatkichlari asosida aniqlash lozim.
413
Yillik ish rejasi butun yo‘l xo‘jaligi bo‘yicha tuzilib, natural va pullik
ko‘rsatkichli rejalarni o‘z ichiga oladi. Buning uchun har bir xizmat
ko‘rsatiladigan TYEK avtomobil yo‘li bo‘lagi bo‘yicha “Avtomobil yo‘li
bo‘lagining foydalanish varaqasi” tuziladi (01 shaklga qarang). Yillik ish
hajmlarini aniqlashda 6 gr. dagi qiymatlarni 7 gr. da keltirilgan davriylik
koeffistientlariga ko‘paytiriladi.
Avtomobil yo‘lining bo‘lagiga bir necha brigada xizmat ko‘rsatgan hollarda
foydalanish varaqasida ish hajmlarini xizmat ko‘rsatiladigan yo‘llarga muvofiq
brigadalar bo‘yicha bo‘lish lozim (01-shakl, 4,5 grafalar).
Ish va ish haqi me’yorlariga asos sifatida ENiR, VNiR, TNiR, ish turlari
bo‘yicha mujassamlashgan kalkulyastiyalar, me’yoriy hujjatlar to‘plamlari,
mahalliy me’yorlar va boshqalar xizmat qilishi mumkin.
01 shakl tuzilgach, yo‘l bo‘laklari bo‘yicha jami ma’lumotlarni 02 shakl
“Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish hajmlarining
yig’ma hisobi”ga kiritish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash uchun sarf-harajatlar,
xizmatchilar soni va ish haqi fondining rejali ko‘rsatkichlari yuqori tashkilotlar
tomonidan tasdiqlanganidan so‘ng, kerak bo‘lgan hollarda ishlarning davriylik
koeffistientlari va TYEK bo‘limlari, brigadlari bo‘yicha rejali topshiriqlarning
taqsimlanishi hisobiga avtomobil yo‘li bo‘laklari bo‘yicha hisoblarga tuzatma
kiritish lozim.
Rejali ko‘rsatkichlarning choraklar bo‘yicha taqsimlanishini aniq iqlim
sharoitlarining ta’sirini hisobga olib, tuziladigan yo‘llarni joriy ta’mirlash va
saqlash bo‘yicha ishlarni bajarishning davriylik grafigi asosida tuzish lozim.
Ishlarni bajarishning davriylik grafigi 03 shaklda keltirilgan. Har bir ishning
bajarish kunlari soni haqidagi ma’lumotlarni yillik ish hajmiga nisbatan chorakdagi
ish hajmini solishtirishda (% larda) foydalaniladi. Hisoblangan foizlarni avtomobil
yo‘llarining har bir bo‘lagi nomenklaturasi bo‘yicha chorakdagi ish hajmlarini
hisoblash uchun foydalanish lozim. Hisob 04 shakl bo‘yicha bajarilishi lozim.
414
03 va 04 shakldagi ma’lumotlar asosida yo‘l tashkilotining avtomobil
yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha yillik ish rejalari tuziladi (05-shakl).
Unda yo‘l tashkiloti bo‘yicha rejali yillik topshiriqlar va choraklarlar bo‘yicha sarf-
harajatlar hajmi, xodimlar soni, ish haqi fondi, hamda tashkilotning har bir bo‘limi
bo‘yicha xizmat ko‘rsatilayotgan yo‘llarning muhim, yirik bo‘laklari bo‘yicha
sonlarni ajratib ko‘rsatilgan holda yig’ma ma’lumotlar keltirilish lozim. 06 shakl
bo‘yicha yig’ma rejaning ko‘chirmalarini avtomobil yo‘llarni joriy ta’mirlash va
saqlash ishlarini bajarayotgan har bir bo‘limga jo‘natish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini chorak bo‘yicha
rejalashtirish.
Ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va
saqlash ishlarini boshqarish tizimidagi yakunlovchi bosqich bo‘lib, o‘z ichiga
chorak, oy va yanada qisqa muddatlardagi rejali topshiriqlarni hisoblash va
bajaruvchilarga etkazish, hamda shu topshiriqlarning bajarilishini tashkil etishni
o‘z ichiga oladi.
Chorak rejalarini ishlab chiqishda yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash
bo‘yicha yig’ma yillik ish rejalarini choraklar bo‘yicha taqsimlanishi asos bo‘ladi
(05-shakl). Bundan tashqari bahorgi va kuzgi ko‘rikdan o‘tkazish materiallari,
mehnat va moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlanganlik haqidagi materiallardan
ham foydalanish mumkin.
Chorak rejalari chorak boshlanishidan 20 kun avvaldan kechiktirmay ishlab
chiqiladi va yo‘l tashkilotining bo‘limlariga etkaziladi.
Yo‘l tashkiloti bo‘yicha yig’ma chorak rejasi 07 shakldagi ko‘rsatilgan.
Uning 06 shakldagi ko‘chirmasini yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini
bajaruvchi har bir bo‘limiga yuborish lozim.
Avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlarini oylik
rejalashtirish.
Oylik rejalarni tuzishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi: chorak
rejasining oylar bo‘yicha nazorat sonlari (07 shakl), xizmat ko‘rsatiladigan yo‘l
bo‘laklarini tekshirish ma’lumotlari, sifatni nazorat qilish xizmatining mulohazasi
415
va takliflari; yo‘llardan foydalanish varaqalari ma’lumotlari; yillik yoki choraklik
rejalarni bajarishdan orqada qolish mavjud bo‘lganda, bu ishlarni to‘liq yoki
qisman bajarish uchun mehnat va material resurslar bilan qo‘shimcha ta’minlash
imkoniyati; mehnat sarfi va boshqa resurslar rejali me’yori.
Oylik ishlab chiqarish dasturlari loyihasi katta ish yurituvchilar tomonidan
tuziladi, yo‘l korxonasi rahbarlari tomonidan ko‘rib chiqib tasdiqlanadi va
rejalashtirilgan oy boshlanishidan 5 kun oldin ijrochilarga etkaziladi.
Yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar dasturlarini ko‘rib
chiqishda yo‘llarni mukammal va o‘rtacha ta’mirlash bo‘yicha ishlar bilan ularni
bog’liqligi amalga oshiriladi.
Ishlab chiqarish dasturi yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlar
me’yoriy ro‘yxatini o‘z ichiga oladi, bunda rejali hajmlar, mehnat sarfi, ish haqi
sarfi ko‘rsatilib o‘tiladi. Bu bilan yillik va choraklik ishlarni tezkor rejalashtirishda
o‘zaro bog’liqlik ta’minlanadi. Tezkor reja ko‘rsatkichlari ijrochiga 06 shaklda
etkazilishi lozim.
Brigadalar bo‘yicha ishlar hajmini va ko‘rsatkichlarini taqsimlashni xuddi
usha tartibda yo‘llarga xizmat ko‘rsatayotgan brigadalarga biriktirilgan ish
hajmlariga muvofiq amalga oshirish kerak. Brigadalar bo‘yicha tezkor reja
ko‘rsatkichlari vaqtbay-ishchilarga me’yorlashtirilgan topshiriqlarni va ishbay
ishchilarga naryadlarni tuzishda ko‘rsatma hisoblanadi. 08 shaklda taqdim
etiladigan brigadalar ishlari oylik reja-grafiklari iqqi qismdan tashkil topadi:
yo‘llarni joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarni, ularni mehnat hajmini
ko‘rsatgan holda va ishlarni bajarish ketma-ketligini hamda ular bo‘yicha
ishchilarni taqsimlanishini ko‘rsatish bilan to‘plash. Ishlarni bajarishning va ularni
rejalashtirish ta’sirini oshirishning haqiqiy sharoitini maksimal hisobga olish
maqsadida grafikni hafta bo‘yicha bajarish talab etiladi. Rejalashtirilayotgan oy
boshlanishidan oldin ushbu oy birinchi haftasi grafigi taqdim etiladi, grafik
bajarilish davomida ikkinchi hafta grafigi tuzib bo‘linadi va xuddi shunda davom
etadi. Zarur bo‘lgan hollarda alohida qatorda ish yurituvchi mashinalar va
416
mexanizmlar belgilanadi. “Izoh” grafasida asosiy materiallarga va yordamchi
ishlab chiqarish mahsulotlariga bo‘lgan talab ko‘rsatiladi.
Brigada ishlari grafik-rejasida nazarda tutilgan mashinalarni yuklash va
materiallarni etkazib berish bosh mexanik xizmati va yordamchi xo‘jalik ishlari
rejasini tuzishda hisobga olinishi lozim. Hamma bo‘linmalar (yo‘l ustalari va ish
yurituvchilar) bo‘yicha ish rejasini bajarishni har oyda nazorat qilishni
rejalashtirish bo‘limi, ishlab chiqarish-texnika bo‘limi va hisob bo‘limi bilan
birgalikda amalga oshiradi. Qurilish mashinalari va mexanizmlariga bo‘lgan
ehtiyoj rejasini 3 bo‘limda bayon qilingan tartib, hisoblashlar natijalaridan
foydalanib tuzish talab etiladi. Joriy ta’mirlash va saqlash ishlari bo‘yicha asosiy
materiallarga bo‘lgan ehtiyojni rejalashtirish materiallar sarfini ishlab chiqarish
me’yori asosida ishlab chiqiladi. Asosiy materiallarga bo‘lgan ehtiyojni tavsiya
etilayotgan shakli 09 shaklda keltiriladi. Tuman yo‘l ekspluatastiya korxonasi
(TYEK) avtomobil yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha yillik
yig’ma rejani (05 shakl) hududiy yo‘ldan foydalanish tashkilotiga (HYFT)
kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
AYHBB TYEK ning 05 shakldagi ma’lumotlari asosida yillik choraklar
bo‘yicha (10 shakl) avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash ishlari
bo‘yicha yig’ma reja tuzadi va kompaniyaga taqdim etadi.
AYHBB ning 10 shakldagi ma’lumotlari bo‘yicha kompaniya tomonidan
rejalashtirilayotgan yilga avtomobil yo‘lini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 11
shaklda yig’ma jadval tuziladi.
417
Do'stlaringiz bilan baham: |