Mа’ruzа №5.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari resurs
xarajatlari smetasi tarkibi va tuzilishi (2 soat)
Reja:
1.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini
saqlash ishlari tarkibi va
tuzilishi.
2. Resurs xarajatlari smetasi tarkibi va tuzilishi
3. IQN 03-10 Idoraviy qurilish normalari.
Avtomobil yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlari quyidagi turlarga bo‘lina:
-
avtomobil yo‘lini saqlash;
-
qishda saqlash;
-
ko‘kalamzorlashtirish;
Avtomobil yo‘llarini saqlash
– avtomobil yo‘llarini va yo‘l inshootlarini
elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining butun
uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining
texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar, yo‘l, yo‘l inshootlari va
ajratilgan
mintaqaga qarish, doimiy ravishda paydo bo‘ladigan mayda
shikastlanishlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, harakat havfsizligini
tashkil etish va ta’minlash, shuningdek avtomobil yo‘llarini qishda saqlash va
ko‘kalamzorlashtirish.
Avtomobil yo‘llarini qishda saqlash
- avtomobil yo‘llarini va yo‘l
inshootlarini elementlarini soz holatda saqlash, shuningdek avtomobil yo‘lining
butun uzunligida yil mobaynida bajariladigan avtomobil yo‘llari va yo‘l
inshootlarining texnik qurilmalari ish rejimlari bo‘yicha kompleks ishlar,
avtomobil yo‘llarini qish davrida qor qatlamlari, ko‘chkilar, uyumlaridan himoya
qilish,
qordan tozalash, qishgi sirpanchiq paydo bo‘lishini oldini olish va ularni
bartaraf etish hamda muzgarchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ishlar va tadbirlar.
Avtomobil yo‘llarini ko‘kalamzorlashtirish
– ajratilgan mintaqada qor va
qor uyumlaridan, shamol va suv eroziyasidan himoya qilish, avtomobil yo‘llarini
estetik bezash uchun zarur bo‘lgan yo‘l tasmasida daraxtzorlar barpo etish va o‘t
ekish ishlari hamda ko‘kalamzorlashtirish elementlarirni parvarish qilish ishlari;
Yo‘l ta’mirlash bo‘limi (YTB)
– yo‘l xo‘jaligining quyi bo‘limi bo‘lib, bu
bo‘limga avtomobil yo‘llarini ia’mirlash
va saqlash, avtomobil harakati
xavfsizligini ta’minlash, yo‘llarning texnik darajasini oshirish bo‘yicha ishlarni
bajarish vazifasi yuklatiladi.
Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlari harajatlarini
moliyalashtirish belgilangan tartibda ishlab chiqilgan smeta asosida assmalga
oshiriladi. Smetaga yo‘l xo‘jaligida foydalanish ishlarini
amalga oshiriruvchi
asosiy bo‘g‘in bo‘lgan yo‘l ta’mirlash bo‘limlari xarajatlari kiritiladi. Yo‘l
xo‘jaligining foydalanish korxonalari yoki yo‘l va ko‘priklardan foydalanish
maxsus boshqarmalari faqatgina saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bilan mashg‘ul
bo‘lib, mintaqada boshqa pudrat ishlariga buyurtma bo‘lmagan holatda yoki
boshqa pudrat ishlarini bajarishga ishlab chiqarish quvvati yetishmagan taqdirda
uning ma’muriy boshqaruv apparati xodimlarini yillik saqlash xarajatlari
“O‘zavtoyo‘l” DQ tomonidan amalga oshiriladi.
Saqlash ishlari resurs smeta xarajatlarini
xisoblash uchun dastlabki
ma’lumotlar sifatida quyidagi resurs ko‘rsatkichlar aniqlab olinadi:
-yo‘l bo‘limi muxandis yetexnik xodimlar;
-ishchi-xizmatchilar, mashinist-mexanizatorlar, xaydovchi xodimlar asosiy
ish haqini hisoblash uchun mexnat sarfi ( odam-soatlarda) ko‘rsatkichlar;
-mashina – mexanizm, transport vositalari vaqt sarflari(moto-soatlar)
ko‘rsatkichlari;
-materiallar, ish qurollari va boshqa jixozlarga xarajatlari xisob-kitobi
qaydnomalari;
-yuk tashish masofasi haqidagi ma’lumotlar.
Aniqlangan resurslar qiymatini baxolashda
amaldagi joriy narxlarda
xisoblash tavsiya etiladi.
Respublika
yo‘l
xo‘jaligi
korxonalariga
biriktirilgan
umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlariga jalb qilinuvchi ishchi-
xizmatchilar, xaydovchilar va mexanizatorlar xamda muxandis texnik xodimlar
soni yo‘l ta’mirlash bo‘limiga biriktirilgan avtomobil yo‘llari texnik ko‘rsatkichlari
va yillik saqlash ishlari davriyligini xisobga olgan holda bebgilangan ish
xajmlariga ko‘ra amaldagi me’yoriy xujjatlar bo‘yicha aniqlanadi.
Yo‘l ishchilar sonini aniqlashda “O‘zavtoyo‘l”DQ tomonidan tasdiqlangan
MShN 02-2004 “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini saqlash ishlarining
vaqt me’yorlari” o‘z kuchini IKN 02-2010 “Umumiy
foydalanishdagi avtomobil
yo‘llarini saqlash ishlariing vaqt me’yorlari” kuchga kirishi bilan yo‘qotadi.
Yo‘l bo‘limi muxandis –texnik xodimlarning soni ( bo‘lim boshlig‘i,
usta,mexanik,energetik,texnik, harakat xavfsizligi mutaxasisi, buxgalter) unga
biriktirilgan yo‘llar uzunligi, texnik murakkabligi, transport harakati jadalligi
ko‘rsatkichlari va yl toifasiga qarab aniqlanadi.