tartibga solish.
Hozirgi
kunda mamlakatimiz, dunyo tan olayotgan mustaqil davlatlardan
biriga aylanmoqda.
Shunday ekan, uning kelajagi va ravnaqi istiqlol g„oyasi
asosida ta‟lim-tarbiya olayotgan mustaqil va teran fikrlaydigan ma‟naviyatli
barkamol yoshlar qo„lidadir.
Davlatimiz tomonidan barcha yoshlarga katta e‟tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz yoshlarga ko„rsatayotgan bu kabi g„amxo„rliklar, avvalo
Respublikamizda vujudga kelgan iqtisodiy-siyosiy va ma‟naviy-mafkuraviy
muhitning sog„lomlashuvi, milliy hayot tarzi va
milliy fikrlash tarzining
tiklanishiga, yoshlarga esa burch va mas‟uliyat hissini oshishiga asos bo„lmoqda.
Yurtimizning ertangi kuniga ishonch bildirayotgan, ayniqsa, uning kelajagi uchun
tinmay o„qib izlanayotgan iqtidorli talabalarimiz, iste‟dodli yoshlarimizda, ijtimoiy
kayfiyat, milliy urf-odat va an‟analarga bo„lgan munosabatlarining yuksak
darajada shakllanishi jamiyatimizning kelajakdagi ravnaqini ta‟minlaydi.
Bu kabi ma‟naviyatli yoshlar o„z
Vatanini, xalqini sevish va ularni e‟zozlash,
o„tmish ajdodlari tomonidan yaratilgan moddiy va ma‟naviy madaniyatni bilish va
u bilan faxrlanish tuyg„usi hamda ularni asrab avaylash muhim vazifa ekanligini
anglab yetdi. Albatta, ana shu vazifalarni
amalga oshirishda murabbiy,
o„kituvchilarning talaba yoshlar bilan olib borayotgan uzluksiz ta‟lim-tarbiyaviy
ishlari yaxshi natija bermokda.
Jamiyatimizning asosiy maqsadi ham Vatanga, xalqiga, millatiga fidokor mustaqil
fikrlaydigan, har bir masalani ongli ravishda mas‟uliyat bilan hal qiladigan,
izlanuvchan ma‟naviyatli barkamol farzandlar o„stirish,
ularni jismoniy ham
ma‟naviy-axloqiy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash va bilimli, ma‟rifatli
kishilar etib voyaga yetkazishdan iborat. Demak, ana
shunday iqtidorli talabalar,
ma‟naviyatli yoshlargina yurtimizning tayanchi bo„lishi va porloq kelajagini
yaratishini mumkin.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Yuksak ma‟naviyat – yengilmas kuch»
kitobida: “Ma‟naviyatni shakllantirishga bevosita ta‟sir
kiladigan yana bir muhim
hayotiy omil - bu ta‟lim-tarbiya tizimi bilan chambarchas bog„liqdir1”, deb yozadi.
Darhaqiqat, shuni aytish lozimki, kelajakda yoshlarimizning
qanday yetuk inson
bo„lishi, ularning olgan ta‟lim tarbiyasiga bog„liqdir. Shuning uchun ham,
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublikamiz miqyosida ta‟lim-tarbiya,
ilm-fan, kasb-hunar ta‟limi tizimlarini tubdan isloh qilishga kirishildi.
Kadrlar
tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish hamda uni hayotga tadbiq etish ustida
samarali ishlar amalga oshirildi.
Tarbiya jarayoni quyidagi
Do'stlaringiz bilan baham: