Farg‘ona viloyati hokimining 2020-yil 20-avgustdagi 3222-sonli qarori bilan



Download 405,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana19.05.2022
Hajmi405,08 Kb.
#604728
  1   2   3   4
Bog'liq
1643187622 (1)



Kazus: 
Farg‘ona viloyati hokimining 2020-yil 20-avgustdagi 3222-sonli qarori bilan 
2020-yil 1-sentabridan boshlab viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk avtomobillari 
uchun yo‘l solig‘i joriy qilindi. Yuqoridagi qarorga asosan Farg‘ona viloyati 
hududiga kirayotgan har bir yuk mashinasidan 10 000 so‘m soliq olinadi va ushbu 
soliq summasi to‘laligicha mahalliy byudjetga o‘tkaziladigan bo‘ldi. Engil 
avtomobillar egalari hamda Farg‘ona viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk 
avtomobillari ushbu to‘lovlardan ozod qilingan. 
Vaziyatga huquqiy baho bering. 
 
Kazusga javob: 
Yuqoridagi kazus yuzasidan fikr bildiradigan bo’lsak, unda Farg’on viloyati 
hokimining viloyat hududiga kirib kelayotgan yuk avtomobillari uchun yo‘l solig‘i 
joriy qilganligi aytilmoqda. 
Farģona viloyati hokimining qarori yuzasidan vaziyatga huquiy yondashadigan 
bòlsak, avvalo Konstitutsiyaga murojaat qilishimiz lozim, uning 123-moddasida: 
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar 
joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli deyilgan.
“MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA”gi qonunning 25-
moddasida hokimning vakolatlari keltirilgan bo’lib, ushbu qonunda hokimning soliq 
joriy qilish to’g’risida biror bir vakolati keltirilmagan. Faqatgina qonunchilikda 
belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning 
hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda 
pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritish bo’yicha vakolatlari 
keltirilgan xolos. 
Shunday ekan hokimning soliqlar joriy qilish to’g’risida vakolati yo’q ekan. 
Bundan tashqari, agar Soliq Kodeksida belgilangan prinsiplarga ko`ra alohida 
ma`muriy birlik uchun soliq solish mumkin emas. Quyida bir nechta prinsiplarni 
ko`rib o`tamiz. 
Soliq tizimining yagonaligi prinsipi 
Soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagonadir. 
Joriy etiladigan soliq faqat bitta viloyatda amal qilmasligi lozim, bu 
umumdavlat miqyosida amalda bo’lishi shart. Bu vaziyatda bo’lsa faqat Farg’ona 
viloyati nazarda tutilgan. 
Adolatlilik prinsipi 
Soliqlar va yig‘imlar kamsitish xususiyatiga ega bo‘lishi hamda ijtimoiy, irqiy, 
milliy, diniy va boshqa shu kabi mezonlardan kelib chiqqan holda qo‘llanilishi 
mumkin emas. 


Mulkning shakliga, jismoniy shaxslarning fuqaroligiga yoki kapitalning kelib 
chiqish mamlakatiga qarab farqlangan soliq stavkalarini, soliq imtiyozlarini yoki 
boshqa afzalliklarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Fuqarolarning o‘z konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik 
qiladigan soliqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ko’rinib turibdiki soliq yengil avtomobillar egalari hamda Farg‘ona viloyatida 
davlat ro‘yxatidan o‘tgan yuk avtomobillari ushbu soliqlardan ozod qilingan, bu esa 
adolatlilik prinsipiga ziddir. 
Hech kimga soliqlar va yig‘imlarning barcha alomatlariga ega bo‘lgan, biroq 
ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan yoxud uning normalari buzilgan holda 
belgilangan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin emas. 
Xulosa qilsak, bu vaziyatda hokimning soliq joriy qilish to’g’risidagi qarori har 
tarflama 
noqonuniydir. 
Bunga 
asos 
qilib 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitusiyasining 123-moddasi, Solioq kodeksi, “Mahalliy davlat hokimiyati 
to`g`risida”gi qonunni ko`rsatib o`ttik. 

Download 405,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish