1 Ovoz berish natijalarini aniqlash tartibini saylov qonunchiligiga muvofiq yoritib



Download 419,84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana19.05.2022
Hajmi419,84 Kb.
#604569
1   2   3   4
Bog'liq
saylov yakuniy11

2-mantiqiy savol 
O`zbekiston Respublikasidagi hamda chet davlatdagi saylovchilarning turgan 
joyida ovoz berishi bilan bog`liq qoidalarni tahlil qiling. 
Saylov uchastkalarini tuzish tartibi va normasiga asosan, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti saylovini, Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyatlar va 
Toshkent 
shahar 
Kengashlari 
deputatlari saylovini o‘tkazish 
bo‘yicha saylov uchastkalari 
tumanlar 
va 
shaharlar 
hokimliklarining 
taqdimnomasiga binoan okrug saylov komissiyalari tomonidan, tuman, shahar 
Kengashlari deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha saylov uchastkalari esa tuman, 
shahar saylov komissiyalari tomonidan tuziladi. Saylovchilarga mumkin qadar 
qulayliklar yaratish maqsadida saylov uchastkalari hududlarning chegaralarini 
inobatga olgan holda tuziladi. Uchastkalar harbiy qismlarda ham tuziladi va 
qismlar joylashgan yerdagi okruglarga birlashtiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa 
vakolatxonalari huzurida, sanatoriylarda, dam olish uylarida, kasalxonalarda va 
boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin bo‘lgan 
hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum 
etish joylarida saylov uchastkalari tuzilishi mumkin. Bu uchastkalar ular 
joylashgan yerdagi saylov okruglariga kiradi. O‘zbekiston Respublikasidan 
tashqarida tuziladigan uchastkalarni okrugga biriktirish to‘g‘risidagi masala 
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan hal etiladi. 
Bularning hammasi saylov jarayoniga barchaning ishtirok etishi siyosiy 
huquqlardan foydalanish va fuqarolarning faolliklarini yanada oshiradi.
Masalan ayrim saylovchilar sog`lig`ining holatiga yoki boshqa sabablarga 
ko`ra ovoz berish binosiga kela olmasligi va shunga oxshash holatlarda tegishli 
uchastka saylov komissiyasiga iltimosnoma bilan murojaat qiladi va o`sha 
uchastka 
saylov 
komissiyasi 
a’zoularning 
iltimosnomalariga 
asosan 


saylovchilarning iltimosnomalariga binoan ular turgan joyda tashkil etadi. Bunda 
tegishli komissiyaning kamida ikki nafar a’zosi ko`chma saylov qutisi bilan 
saylovchining turgan joyiga yuboriladi va ular saylovchining xohish-irodasiga sir 
saqlanishiga rioya etilgan holda ovoz berish amalga oshirilishini ta’minlaydi. 
Turgan joyda ovoz berishga borilganda kuzatuvchilar va ommaviy axborot 
vositalari vakillari hozir bo`lishi mumkin. 
Chet davlatlarda turgan joyida ovoz berish Respublikamiz xalqaro 
shartnomalariga va chet davlatlarning vakolatli davlat hokimiyati organlari bilan 
kelishuvlarga muvofiq chet davlatlarning aholi zich joylashgan hududlarida 
muddatidan oldin turgan joyida ovoz berish o`tkazilishi mumkin. O‘zbekiston 
Respublikasining chet davlatdagi diplomatik va boshqa vakolatxonasi huzurida 
tuzilgan uchastka saylov komissiyasi saylovchilarning turgan joyida ovoz berish 
vaqti hamda joyi to‘g‘risida qaror qabul qiladi va bu haqda saylovchilarni, 
kuzatuvchilarni 
ommaviy 
axborot 
vositalari 
orqali 
xabardor 
etadi. 
Saylovchilarning turgan joyida ovoz berish O‘zbekiston Respublikasining chet 
davlatdagi 
diplomatik 
va 
boshqa 
vakolatxonasi 
huzurida 
tuzilgan 
uchastka saylov komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida o‘tkaziladi. 
Yuqoridagi tartibda ovoz berish tugaganidan keyin uchastka saylov 
komissiyasi a’zolari ko`chma ovoz berish qutisini ochadi va uning ichidagi saylov 
byulletenlarini sanamasdan maxsus qopga joylaydi. Ushbu byulletenlar saylov 
saylov kuni ovozlarni sanab chiqish jarayoni boshlangunga qadar saqlanadi.


KAZUSLAR: 
1. Saylovga 5 kun qolganda soat 20.00 da uchastka saylov komissiyasiga 
fuqaro murojaat qilib, kecha xorij safaridan kelganligini va mazkur saylov 
uchastkasidagi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilmaganligini aytib, saylovchilar 
ro‘yxatiga qo‘shishni iltimos qiladi. Uchastka saylov komissiyasi binosidagi 
navbatchi unga kech qolganligini shu bilan birga u SJBATdan foydalana 
olmasligini tushuntiradi.

Download 419,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish