Suvtushar sharsharasi
Shahrisabz tumani Suvtushar sharsharasi Suvtushar soyning
boshlanish qismida, dengiz sathidan 2100 m. Balandlikda joylashgan. Sharsharaning balandligi
84m. Boʻlib, katta qoya toshlar va archazorlar orasida joylashganligi bilan tabiat shaydolarini
oʻziga maftun etadi. Ushbu sharshara Hisor togʻ tizmasining 4000 m. Balandlikdagi
Osmontalash korli qoyalaridan paydo boʻlgan suvlar hisobiga hosil boʻladi. Oʻziga xos ajib bir
kuyni chalib, sohibjamolning uzun yoyilgan kokillarini eslatuvchi suvning shiddatli oqimi ushbu
sharshara suvini koʻpirtirib, oppoq holatga olib keladi va shuning uchun mahalliy xalq orasida
gohida uni Suttushar sharsharasi ham, deb ataydilar. Hisor davlat qoʻriqxonasi
Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib
olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy
Xoʻjaligi va iqtisodiyoti
gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi.
Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda
tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan, paxtaning 11,8 %,
gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming
kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish,
qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: — tabiiy gaz va neft qazib olish, gazni qayta ishlash, paxta
tozalash, yogʻ ekstraksiyasi, qurilish materiallari ishlab chiqarish, ip yigiruv, tikuvchilik, oziqovqat
va boshqalar Eng yirik korxonalari: Muborak neftgaz unitar korxonasi, Shoʻrtan gaz unitar
korxonasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Qarshi, Koson
yogʻekstraksiya, Shahrisabz konserva zavodlari, Shahrisabz pillakashlik, Qarshi tikuvchilik
fabrikalari, Qashqadaryo marmar aksiyadorlik jamiyati,
Dehqonobod kaliy zavodi
va boshqalar 49
qoʻshma korxona faoliyat koʻrsatadi, shulardan: Oʻzbekiston — Turkiya „Kashteks“ toʻqimachilik,
„Oqsaroy toʻqimachilik LTD“ qoʻshma korxonalari ishlamoqda.
Viloyat hududidagi dastlabki sanoat korxonasi — Shahrisabz paxta tozalash zavodi 1916-yilda
qurilgan. Undan keyingi davrda viloyatda, asosan, paxta tozalash zdlari, tikuvchilik fabrikalari
qurildi. 1971-yilda Muborak gazni qayta ishlash zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik-yillarida
Shahrisabz, Yakkabogʻ un ktlari, Tallimarjon issikdik elektr stansiyasi, 2001-yil oxirida Shoʻrtan
gaz kimyo majmuasi qurilib ishga tushirildi. Qashqadaryo viloyati da gaz (propan), jun, paxta
tolasi, momiq, polietilen, tomat pastasi, turli xil plitalar ishlab chiqariladi.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik,
sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, tokchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi.
Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik
rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik
naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.
Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari
sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2
ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8
ming ga yer koʻp-yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor,
10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ
holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektordrenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda
sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va
boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv vaʼb.) barpo etilgan.
Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari
yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.
Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi.
Qashqadaryo viloyati shirkat, fermer va shaxsiy xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan,
276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi (2005). 1996-
2005-yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar „Oʻzbekiston
Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻldilar.
Viloyatdagi temir yoʻl uzunligi 401 km. Asosiy temir yoʻl magistrallari Kogon — Qarshi —
Dushanba, Qarshi — Kitob, Qarshi- Samarqand. Yangi qurilayotgan Toshgʻuzor — Boysun-
Qumqoʻrgʻon (umumiy uz. 223 km) temir yoʻlning 106,2 km qismi Qashqadaryo viloyati
hududidan oʻtadi. 2004-yil oktabrgacha ushbu yoʻlning 112 km dan ziyod Toshgʻuzor —
Dehqonobod va Qumqoʻrgʻon — Boysun qismlari foydalanishga topshirildi. Viloyatda jami 13,9
ming km uzunlikda avtomobil yoʻllari mavjud. Shundan umumiy foydalanilayotgan yoʻllar uz. 3,4
ming km, xoʻjaliklar hisobidagi yoʻllar uz. 10,5 ming km. Qashqadaryo viloyati hududidan
respublika ahamiyatiga ega boʻlgan Qarshi — Amudaryo (Turkmaniston), Katta Uzbekiston trakti
(Toshkent — Termiz), Qarshi — Buxoro, Qarshi — Samarqand avtomobil yoʻllari oʻtadi. Qarshidan
Toshkent, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Denov va boshqalar shaharlarga avtobuslar
qatnaydi. Qarshi aeroportidan Qarshi — Moskva, Qarshi — Toshkent, Qarshi — Andijon va
boshqalar yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashuvchi samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Qashqadaryo vohasi oʻzining madaniy tarixi bilan mashhur. 1990-yillargacha Qashqadaryo
hududida paleolit (tosh asri) davrida odamzodning yashaganligi haqida ashyoviy dalillar kam edi.
Faqatgina Tanxozdaryo vodiysidan topilgan chaqmoqtoshdan yasalgan ayrim buyumlar,
Taxtaqoracha dovonida Takalisoy boʻyidagi gʻordan arxeolog D.N.Lev tomonidan mustye
davriga oid bir nechta tosh buyum topilganligi Qashqadaryo vodiysida tosh davri odamlari
yashaganligidan dalolat berar edi.
1990-yillarda arxeologlardan R. X. Sulaymonov, A.S. Saʼdullayevlar yuqori Qashqadaryodagi
Oyoqchisoy, Quruqsoy vodiylarini oʻrganib paleolit davriga oid ashyoviy dalillarni topdilar.
Siylontoshda tosh asrining soʻnggi davriga oid topilmalar aniqlandi.
Transporti
Madaniy maorif, sogʻliqni saqlash va sport
Tarixi
Vohada miloddan avvalgi 10-8-asrlar, jez va temir asrlarga oid Sangirtepa, Yerqoʻrgʻon
yodgorliklari topiddi. Miloddan avvalgi 7-6-asrlarda Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan
shugʻullanuvchi koʻplab aholi istiqomat qilgan. Kesh, Naxshab shahrilari paydo boʻlib rivojlangan.
qadimiy Baqtriya davlati tarkibiga Qashqadaryo vohasining bir qismi ham kirgan.
Miloddan avvalgi 329-yilda Aleksandr Makedoniyalik qoʻshinlari Navtaka (Qashqadaryo)
viloyatini bosib olgan. Qashqadaryo bosqinchilarga qarshi koʻtarilgan Spitamen qoʻzgʻolonining
markazlaridan biri boʻlgan. Miloddan avvalgi 3-2-asrlarda Qashqadaryo vohasi Salavkiylar, undan
keyin Yunon Baqgriya davlati tarkibiga kirdi. 468-yilda kushonlar avlodidan boʻlgan koʻchmanchi
chorvador toxarlar Kidar rahbarligida sharqdan Amudaryo havzasiga kirib kelib Naxshabni
oʻzlariga vaqtincha qarorgoh qilib turdilar.
Qashqadaryoda 7-8-asrlarda iqtisodiy hayot rivojlangan. Bir necha-yillar davomida Sugʻd Kesh
podsholari tomonidan idora qilingan. Kesh podshosi Shasheppi (Shishpar) davrida zarb qilingan
tanga pulda „Ixshid Shishpar“ degan yozuv boʻlgan. Arablar qoʻshini 700-yilda ilk bor
Qashqadaryoga bostirib kelib, Naxshab va Kesh shahrilarini va ular atrofidagi qishloqlarni qoʻlga
kiritdilar. Qutayba ibn Muslim 710-yilda Kesh va Naxshabni qayta fath etdi. Ammo, Qarshi, Kesh
va Naxshab (Nasaf)da yana arablarga qarshi norozilik harakatlari boshlanadi. Kesh asosiy
markazlaridan boʻlgan Muqanna qoʻzgʻoloni butun Movarounnahrga tarqaldi. 9- 10-asrlarda
Qashqadaryoda iqtisodiyijtimoiy hayot, fan va madaniyat yana rivojlandi. Kesh „Qubbat ulilm val
adab“ nomiga sazovor boʻddi.
Moʻgʻul bosqinchilari 1220-yil yozida Qashqadaryoga bostirib kelib Naxshab, Kesh, Gʻuzor
shahrilari va qishloqlarini vayron qildilar. Moʻgʻullar oʻtroqlikka oʻtgandan soʻnggina (14-asrda)
Kepakxon (1318-26) qurdirgan saroy yaqinida yangi shahar — Qarshi shahri ga asos solindi. 14-
15-asrlarda Temur va Ulugʻbek davrlarida Shahrisabzt bir qancha monumental binolar — saroy,
masjid va maqbaralar va boshqalar qurildi. Shahrisabz vohaning yetakchi shahriga aylandi.
Ashtarxoniylar davrida Qarshi, Shahrisabzda Buxoro xonligidan mustaqil boʻlish harakati
kuchaydi. Mangʻitiylar davrida Qarshi taxt vorisi hokim boʻladigan viloyatga aylandi.
Qashqadaryo viloyati qoʻxna tarixi, qadimiy madaniyat yodgorliklari bilan mashhur. Viloyatdan
buyuk olimlar, adib va shoirlar, mashhur sanʼatkorlar, baxshilar, xalq artistlari, rassomlar yetishib
chiqqan.
Qashqadaryo viloyati da 2004/05 oʻquv-yilida 1094 umumiy taʼlim maktabi, shu jumladan 34
ixtisoslashgan, 4 maxsus maktab, 3 gimnaziya va boshqalarda 620 mingdan ziyod oʻquvchi
taʼlim oldi. Viloyatda 62 kasb-hunar kolleji (49 ming talaba), 4 akademik litsey (2 ming oʻquvchi),
18 bolalar musiqa maktabi (1,7 ming oʻquvchi), 3 mehribonlik uyi, 2 oliy oʻquv yurti (Qarshi unti,
Qarshi muhandislikiqtisodiyot instituti; 10,4 mingga yaqin talaba) bor. Qashqadaryo
oʻlkashunoslik muzeyi (Qarshi shahri), Amir Temur muzeyi (Shahrisabz shahri da), viloyat musiqali
drama teatri, viloyat qoʻgʻirchoq teatri, „Eski masjid“, „Muloqot“ teatr studiyalari, „Oʻzbekraqs“,
„Oʻzbeknavo“ning viloyat boʻlimlari, ashula va raqs direksiyasi faoliyat koʻrsatadi. 464 jamoat
kutubxonasi (kitob fondi 3930 ming nusxa), 148 klub muassasasi, 6 madaniyat va istirohat bogʻi
bor. 16 ashula va raqs xalq ansambli, 2 folklor etnografik xalq ansambli, 373 badiy havaskorlik
jamoa va boshqalar madaniy muassasalar ishlab turibdi.
Qashqadaryo viloyati da Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari: Rahimjon Komiljonov,
Sadriddin Salimov, Isoq Toʻrayev; Oʻzbekiston xalq hofizi Oʻlmas Saidjonov; Oʻzbekiston xalq
baxshilari: Shomurod baxshi Togʻayev, Qahhor baxshi Rahimov; Oʻzbekiston xalq artistlari:
Farogʻat Rahmatova, Ikroma Boltayeva, Zamira Suyunova, Maryam Sattorova, Nasiba
Sattorova, Husan Amirqulov, Muhtarama Nosirova; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar:
Tojiddin Murodov, Oygul Xalilova, Bahriddin Rahmonov, Zebo Tursunovalar voyaga yetganlar.
Qashqadaryo vohasi oʻtmishda 300 ga yaqin nasafiylar va oʻnlab keshiylarga vatan boʻlgan
yurtdir. Viloyatda 1996-yilda Amir Temurning 660-yilligi, 2003-yilda Shahrisabz shahrining 2700-
yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Qashqadaryo viloyati da Respublika „Oʻzbekturizm“ milliy
kompaniyasiga qarashli boʻlimlar, bir necha mehmonxona mavjud. 2004-yilda viloyat hududiga 31
mingdan ziyod turist kelib ketdi.
1927-yil 17-fevraldan 1938-yil 15-yanvargacha Qashqadaryo okrugi maqomida.
1938-yil 15-yanvarda Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.
1943-yil 20-yanvarda qayta tashkil etildi.
1960-yil 25-yanvarda Surxondaryo viloyatiga qoʻshildi.
1964-yil 7-fevraldan yangidan tashkil etildi.
Viloyatda94 kasalxona (12,1 ming oʻrin), 395 vrachlik ambulatoriyapoliklinika muassasasi,
ambulatoriya va boshqalar tibbiy muassasalar, 221 bolalar poliklinikasi va xonalari, 199 qishloq
va shahar vrachlik punkti, 368 feldsherakusherlik punkti, 27 qishloq uchastka kasalxonasi, 90
qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 53,6 mingga yaqin vrach
(har 10 ming kishiga 21,9 vrach), 23,6 mingga yaqin oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.
Davlat dasturiga asosan, viloyatdp Davlat tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qarshi boʻlimi (220
oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (410 oʻrin) tashkil
etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan. Tibbiyot sohasida xususiy,
yakka tartibda va boshqalar nodavlat sektorlarida 131 tibbiy muassasa faoliyat koʻrsatadi.
Sogʻliqni saqlash
Qashqadaryo viloyatida 3 sanatoriy ishlab turibdi.
Qashqadaryo viloyati sportchilari sportning koʻp turlari (
kurash
,
dzyudo
,
karate
,
futbol
,
boks
,
shaxmat
,
tennis
va boshqalar) boʻyicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqdalar.
Farhod Xoʻjanov, Zokir Sharipov, Shavkat Joʻrayev, Erkin Xoliqovlar dzyudo boʻyicha; Bahrom
Avezov kurash boʻyicha (Buxarestda va Antaliyada jahon chempioni); akauka Isom va Furqat
Kenjayevlar yunonrum kurashi boʻyicha jahon chempionati bronza medali; Alisher Muxtorov
dzyudo boʻyicha, Sofiya Kaspulatova karate boʻyicha (3-marta) Osiyo chempioni unvonlariga
sazovor boʻldilar. Shaxmatchilardan Anvar Rajabov Yalta, Fransiya, Ispaniya, Sarvinoz Ergasheva
(6-marta respublika chempioni) Fransiyadagi jahon chempionatlarida qatnashdilar. Viloyatning
„Nasaf“, „Mashʼal“, „Shoʻrtan“ jamoalari futbol boʻyicha Oʻzbekistonning oliy ligasida ishtirok
etmoqda. Xotin-qizlarning „Sevinch“ futbol jamoasi 2004-yilda oʻtkazilgan respublika birinchi
chempionatining gʻolibi boʻldi. Viloyatda 21 stadion, tennis kortlari, sport zallari, 8 suzish
havzasi va boshqalar sport inshootlari mavjud. 26 bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat
koʻrsatadi. 689 ming kishi (shu jumladan, qishloq joylarida 614 ming kishi) doimiy ravishda
jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanadi.
Qashqadaryo vohasida qadimiy dan mashhur allomalar, shoir va faylasuflar, yozuvchi va
muhaddislar, mohir xattot va tarjimonlar yashab oʻtgan. 9-asr boshlarida Nasaf va Keshda
hadisshunoslik va fiqhshunoslik maktablari vujudga kelgan. 10-asr da Ahmad ibn Muhammad
atTadyoniy, Hammod ibn Shokir anNasafiy, Abdulmuʼmin ibn Xalaf anNasafiy, alLays ibn Nasr
alKojariy, 11-asrda Abdulaziz ibn Muhammad anNaxshabiy, Muhammad ibn Ahmad alalHasan ibn
Ali alHammodiy anNaxshabiy kabi olimlar islom olamida shuhrat topganlar.
Keyingi davrlarda ham bu ilmiy anʼanalar muvaffaqiyat bilan davom ettirilgan. Aziziddin Nasafiy
asarlari dunyo xalqlarining koʻp tillariga tarjima qilingan. „Nasafiy“ taxallusli bir necha oʻnlab
ijodkorlarning nomlari maʼlum. Bulardan: Moturidiya kalom maktabining atoqli namoyandalaridan
biri Abul Muʼin anNasafiydir. Uning "Bahr alkalom fi ilm alkalom („Kalom ilmi boʻyicha soʻzlar
dengizi“) asari kalom ilmi boʻyicha almoturidiya maktabining asosiy manbalaridan biri
hisoblangan.
Hadisshunos va hanafiy mazhabining taniqli fiqhshunosi Abul Hasan alBazdaviy anNasafiyning
musulmon qonunchiligi asoslari haqidagi „Usuli Bazdaviy“ kitobi Sharqda keng tarqalgan, unga
koʻplab sharhlar bitilgan. Shu sababli „Faqihu Movarounnahr“ va „Us toz alaimma“ („Imomlarning
ustozi“) unvonlariga sazovor boʻlgan. Fiqhshunos Abu Hafs Najmiddin Umar Nasafiy 100 dan
Sport
Adabiyoti
ortiq asar yozgan. Shuningdek, Abul Barakot gnNasafiy, Abu alMutiʼ Nasafiy, Hakim Soʻzaniy,
Abu Turob Naxshabiy, Saido Nasafiy, Nurmuhammad Nasafiy, Shamsiddin Soʻzaniy, Muayiddin
Nasafiy, Shahobiddin Ahmad Nasafiy, Sharafiddin Xusom, Abul Barakot anNasafiy, Hofiziddin
Nasafiy, Xoja Abulbaraka (Firoqiy), Ayub Shahrisabziy, Mavlono Soyiliy, Mavlono Mir Qarshiy va
boshqalar bir qancha nasafiylar yashab, ijod etganlar.
Nasaf va Kesh allomalari arab (9- 10-asrlar), fors (9-11-asrlar) tillarida ijod qilganlar. 15-asrdan
turkiy tilda asarlar yoza boshlaganlar. Temuriy shahzodalar ijod ahlini oʻz ona tillarida yozishga
daʼvat etganlar, oʻzlari ham turkiy tilda asarlar bitganlar. Alisher Navoiyning „Muhokamat
ullugʻatayn“ asari ana shu ijtimoiy talab zaminida yaratilgan. Ammo, amalda arab va fors tillari
ham qoʻllanavergan.
Amir Temur va temuriy shahzodalar saltanati davrida Qashqadaryoda ilmfan, madaniyat va
sanʼat rivojlangan. Ushbu vohadan chiqqan koʻpgina yozuvchi va ulamolar turli-yillarda poytaxt
boʻlgan Buxoro va Samarqandda, ayrimlari esa Hindiston, arab davlatlarida yashab ijod etganlar.
Moʻgʻullar istilosi davrida ziyolilarning kattagina qismi Hindistondan boshpana topgan.
Abu Saʼd Abdulkarim asSamʼoniyning (1113-67) „Kitob alAnsob“ („Nisbalar kitobi“) asarida 8-12-
asrlarda yashab oʻtgan 180 yaqin nasaflik olim va shoirning nomlari qayd etilgan. Nasaf tarixi va
adabiyoti bilan bogʻliq bir qancha asarlar, xususan, Abul Horis Asad ibn Hamduvayh alVarsiniy
anNasafiyning (928-yil v. e.) „Kitob mufoxarot ahl Nasaf va Kash“ („Nasaf va Kesh ahlining
iftixorlari haqidagi kitob“), Abu Saʼd Abdurahmon ibn Muhammad alAstrobodiy alIdrisiyning
(milodiy 1015-yil v. e.) „Tarixi Nasaf“, Abul Abbos alMustagʻfiriy Nasafiyning (961 — 1041, 2 jildli)
mufassal „Nasaf va Kesh tarixi“ asarlari bizgacha yetib kelmagan.
20-asrning 2-yarmi Qashqadaryo adabiy muhitining koʻtarilishi va yangi ijodkorlar bilan boyish
davri boʻldi: Gulshaniy, Togʻay shoir, Shomurod baxshi, Suvon Soqi, Samar Nur, Azim (baxshi)
Xoʻjayev, Qodir (baxshi) Rahimov, Abdulla Oripov, Ikrom Otamurodov, Jumaniyoz Jabborov,
Normurod Narzullayev, Ismoil Toʻxtamishev, Xosiyat Lutfullayeva, Muhammad Ochil, Jumaqul
Qurbon, Normurod Norqobil, Poyon Ravshanov, Ubaydulla Uvatov, Yusuf Berdiyev kabi shoir,
yozuvchi va olimlarning ilmiy va badiiy asarlari adabiyot taraqqiyotiga munosib hissa boʻlib
qoʻshildi. 90-yillar boshlarida Nazar Eshonqul, Chori Avaz, Amir Xudoyberdi, Zebo Mirzayeva,
Habib Abdunazar, Luqmon Boʻrixon, Salim Ashur, Amirqul Karim, Gʻulom Mirzo va boshqalar shoir
va yozuvchilar faol ijod qildilar. Mustaqillik-yillarida Qashqadaryo vohasida adabiy hayot yanada
rivojlandi. Bu davrda erishilgan yutuqlar sifatida Poyon Ravshanovning qadimiy Naxshab va
Keshning tarixiga oid 4 jiddli saylanmasi, Abdulla Oripovning „Adolat koʻzgusi“, „Koʻztumor“,
Normurod Narzullayevning „Alyor“, Ikrom Otamurodning „Tavr“, Amir Xudoyberdining „Yettinchi
malak“, Habib Abdunazarning „Anjir guli“ kabi asarlarini koʻrsatib oʻtish lozim.
Qashqadaryo viloyatida Oʻzbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, meʼmorlar,
jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat shoʻʼbalari faoliyat koʻrsatadi.
Qashqadaryo viloyati da 33 gazeta, shu jumladan, 2 viloyat gazeta (1935-yildan „Qashqadaryo
haqiqati“, 2005-yildan „Qashqadaryo“, adadi 5 ming; 1943-yildan „Kashkadarinskaya pravda“,
2005-yildan „Novosti Kashkadari“, adadi 1,5 ming), shahar („Nasaf“), 13 tuman gazetalari, 16
tarmoq, 1 xususiy gazeta, shuningdek, „Nasaf ziyosi“ jurnali (Qarshi davlat universiteti
muassisligida) nashr etiladi.
Viloyatda birinchi radioeshittirishlar 1945-yil dekabrdan boshlangan. Viloyat radiosi va „Oltin
voha“ GʻM radiostansiyasi eshittirishlar olib boradi. Viloyat radiosi kuniga 1 soatlik, „Oltin voha“
GʻM radiostansiyasi haftada 112 soatlik hajmda eshittirishlar beradi. Qashqadaryo viloyati da 2
davlat (viloyat va Shahrisabz shahar televideniyesi), 3 nodavlat (Qarshi jamoatchilik, Muborak
„Yangi asr“, Qashqadaryo kabelli) televideniyelari mavjud. 1994-yil 24-avgustdan faoliyat
koʻrsatayotgan Qashqadaryo viloyati televideniyesining haftalik koʻrsatuvlari 11 soatni tashkil
etadi. Shuningdek, Qarshi jamoatchilik televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 42 soat, „Yangi
asr“ telestudiyasining 1 haftalik koʻrsatuvlari 21 soat, Shahrisabz televideniyesining 1 haftalik
koʻrsatuvlari 24 soat, Qashqadaryo kabelli televideniyesining 1 haftalik koʻrsatuvlari 63 soatni
tashkil etadi.
Meʼmoriy yodgorliklari. Viloyatdagi tarixiy yodgorliklardan 602 tasi arxeologiya, 192 tasi
meʼmoriy va shaharsozlik yodgorliklaridir, shuningdek, monumental sanʼat yodgorliklari ham bor.
Viloyatdagi mashhur obidalar Shahrisabz shahrida joylashgan. Mirzo Ulugʻbekning 600-yilligi,
Amir Temurning 660-yilligi, Shahrisabz shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Shahrisabzda
obidalarni taʼmirlash ishlari keng koʻlamda olib borildi. Oqsaroy meʼmoriy majmuasi konservatsiya
qilindi, markaziy maydonda Amir Temurga haykal oʻrnatildi. Dor uttilovat, Dor ussiyodat
majmuasidagi Jahongir (Hazrati Imom) maqbarasi (1379-80-yillar), Oqsaroy majmuasi (1380-
1404-yillar), Ulugʻbek madrasasi (Gumbazi Sayidon, 1437-yil), Kitob tumanidagi Xoja Ilimkon
xonaqosi (15-16 asrlar), Lan#ar qishlogʻidagi Langarota (Katta Langar) masjidi (15-asr oxiri —
16-asrlar), Langarota maqbarasi (16-asrning 1-yarmi), Fudino qishlogʻidagi Xusamota ansambli
(11 — 19-asrlar), Qarshi shahrida Mahalla masjidi (19-asr) va boshqalar saqlangan. Qarshi
shahrining 2700-yilligi munosabati bilan Qarshi shahridagi Koʻkgumbaz masjidi, tarixiy koʻprik va
boshqalar madrasa va masjid binolari taʼmirlanmoqda.
Matbuoti, radioeshittirishi va televideniyesi
Adabiyot
Suxareva O.A., K istorii gorodov Buxarskogo xanstva (istorikoetnografimeskiy ocherk), T.,
1958; Zaxarov S.M., Sabirjanov A.S., Karshi, T., 1978; Boburnoma, T., 1989; Nafasov T,
Oʻzbekiston toponimlarining izohli lugʻati, T., 1998; Yangiboyev M., Qashqadaryo viloyati
geografiyasi, Qarshi, 1993; Ravshapov P., Qashqadaryo tarixi, T., 1995; Joʻraqulov O.,
Ergasheva J., Qashqadaryo sanoati tarixi, Qarshi, 1996; Qadimgi Qarshi, Oʻrta Osiyo
shaharsozligi va madaniyati tarixi, Drevpiy Karshi, Istoriya kulturt i I radostroitelstva Sredney
Azii, Karshi, 1999; P ugachen kova G.A., Ochiq osmon ostidagi muzey, T., 1981; Suleymanova
R. X., Drevniy Naxshab, T., 2000; Hakimov N., Joʻraqulov O., Shahrisabz tarixi, Qarshi, 2001;
Nosir Muhammad, Nasaf va Kesh allomalari, T.,2001; Shahrisabz ming-yillar merosi, T., 2002.
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |