Qashqadaryo
viloyati
Oʻzbekistondagi viloyat
Qashqadaryo viloyati
— Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda
tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ
sistemasining gʻarbiy chekkasida,
Amudaryo
va
Zarafshon
daryolari, Hisor va Zarafshon tizma
togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan
Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6
ming km². Aholisi 3,225,800 kishidan ziyod (3-oʻrin) (2020). Viloyat hokimi Murotjon Azimov
(2021-yil 18-noyabrdan) Tarkibida 14 tumani (
Dehqonobod
,
Kasbi
,
Kitob
,
Koson
,
Mirishkor
,
Muborak
,
Nishon
,
Chiroqchi
,
Shahrisabz
,
Yakkabogʻ
,
Qamashi
,
Qarshi
,
Gʻuzorko'kdala tumani
), 12
shahar (
Beshkent
,
Kitob
,
Koson
,
Muborak
,
Tallimarjon
,
Chiroqchi
,
Shahrisabz
,
Yakkabogʻ
,
Yangi
Nishon
,
Qamashi
,
Qarshi
,
Gʻuzor
), 4 shaharcha (
Yangi Mirishkor
,
Dehqonobod
,
Miroqi
,
Eski
Yakkabogʻ
,
Pomuq
), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).
[5]
Qashqadaryo viloyati
viloyat
Tarkibida
13 ta tuman
Maʼmuriy markazi
Qarshi
Yirik shaharlari
Yakkabogʻ
,
Shahrisabz
,
Qarshi
Hokim
Murodjon Azimov
[1][2][3][4]
Rasmiy tili
oʻzbekcha
Aholi
3,225,800
(9,7 % , (3-oʻrin)
Dinlar tarkibi
musulmonlar
Maydoni
7900
km²
Balandligi
dengiz sathidan
Baland choʻqqisi
4643 metr
m
Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga q;
mas, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar. Viloyat
hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shim.,
sharq va jansharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari
bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan.
Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan
iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq.
Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori
temperatura 45°. Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-
550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda
garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri
tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo,
Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga).
Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda
foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8 Mart, Eskibogʻ,
Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6
nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning
tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq
tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy
Do'stlaringiz bilan baham: |