50
2.3.2. Uzum va pamidor moyini rangini tekshirish
.
Uzum moyini rangi – sarg’ishroq, pamidor - och sariq..
2.3.3. Uzum va pamidor moyini kislota sonini tekshirish
.
Uzum moyini kislota soni: 10-20mg KOH ga teng. Pamidor moyini kislota
soni: 1,0-5,0 mg KOH ga teng.
2.3.4. Uzum va pamidor moyini xromatografiya usulida yog’ kislota tarkibi
tekshirildi.
.
Kimyoning analitik usullari orasida xromatografiya eng ko’p qo’llaniladigan
usullaridan biri bo’lib qoldi. U aralshmalarni ayrim komponentla tapkibiy
kismlap ga ajpatish,suyuk va gaz holdagi apalashmalapni
komponentlapga ajpatish va identifikasiyalash , reatgentlar konstentrastiyasi
o’zgarishi bevosita kimyoviy reakstiya vaqtida nazorat qilishda ishlatiladi.
Xromatoggrafik analiz olib boriladigan asbob-xromatografni
istalgan kimyo
laboratoriyasi va ko’pgina kimyo korxonalarida uchratish mumkin.
Analiz qilish usulini birinchi bo’lib rus olimi M.S.Stvet 1903 yilda qo’lladi.
U xlorofill tarkibini o’rganib, xlorofill
eritmasini
bo’r
kukuni
bilan
to’ldirilgan nay orqali o’tkazib, uni
Turli rangdagi qatlamlarga ajratishga muvaffaq bo’ladi. Ranglar gammasi unga
bu usulni namlashga yordam bergan bo’lsa kerak ( grekcha « xroma» – «rang»,
«grafo» – «yozaman» ).
Hozirgi zamon analiz usullarining ko’pida tekshirilayoygan namunalarning
rangi hech qanday ahamiyatga ega emas, lekin bu tekshirish usulining nomi
saqlanib qoldi.
Bu usulning eng rivojlangan davri asrimizning o’rtalari, ya’ni gaz-suyuqlik
xromatografiyasi yaratilgan vaqtga to’g’ri keladi. Uning mazmuni quyidagicha:
tekshirilayotgan aralashmaning bir qismi gaz oqimi yordamida maxsus tanlangan
bug’lanmaydigan ajratuvchi naychaga kiritiladi. Bu suyuqlik bilan to’ldirilgan
ajratuvchi naychaga kiritiladi. Bu suyuqlik qattiq neytral nasadka (shisha
sharchalar, keramika va boshqa) ga shimdirilgan bo’ladi.Tekshirilayotgan
51
aralashmaning komponentlari
tanlab sorbstiyalanadi, ya’ni kolonka bo’ylab
ajraladi. Hozirgi zamon asboblarida kolonkalar spiral holidagi metall
naychalardan iborat.
Naychaga uzluksiz kirib turgan gaz navbat bilan ajratilgan komponentlarni
siqib chaqaradi. Avval aralashmaning eng kuchsiz sorbstiyalangan komponenti
siqib chiqariladi va hokazo . Nayning uzunligi, nasadkaning
tipi va ajratuvchi
suyuqlikni, shuningdek temperature hamda gaz oqimining tezligini tanlab olib
ximik-analitik gaz fazasiga o’tkazish mumkin bo’lgan juda murakkab sintetik va
tabiiy moddalar aralashmalarini ham ajratish mumkin emas. Lekin aralashmani
komponentlarga ajratishi etarli emas.
Moddalarning konstrasiya va xossalarini aniqlash zarur. Shuning uchun har
bir xromatograf o’lchash qurilmasi – detector bilan jihozlangan bo’lib, u naydan
siqib chiqarilgan o’zidan o’tayotgan komponentlar haqida signal beradi.
Ko’pincha, asboblar 2 tipdagi detector bilan ta’minlanadi.
Katorometr ingichka simdan o’tayotgan tok kuchining o’zgarishi orqali gaz
oqimi issiqlik o’tkazuvchanligi o’zgarishini yozib boradi. Asbob detektorga
kirayotgan moddaning kimyoviy tabiatiga ta’sir etmaydi.
U kychaytirgich orqali
o’zi yozadigan peroga ulangan bo’lib, moddaning qismlari detektorga kirishi bilan
harakatdagi qog’oz lentada cho’qqi chiziladi, bu cho’qqi moddaning
konstenrastiyasiga proporsional bo’lgan sohani chegaralab beradi.
Monizasion detector organic modda bug’ining ionlanishi va ular ta’sirida
doimiy tokning oshishiga asoslangan. Analiz qilinayotgan aralashma
xromatogrammada alohida komponentlarga tegishli cho’qqilar tarzida qayd
qilinadi. Tarkibi noma’lum bo’lgan aralashmaning har bir cho’qqisini
aniqlash
turli kimyoviy va fizik-kimyoviy analiz usullari qo’llaniladigan alohida bir
tadqiqot ishi bo’lib qoladi. Agar aralashmaning tarkibi ma’lum bo’lsa,
xromatograf har bir komponentning konstenrastiyasini tezda aniqlashga imkon
beradi.
Xromatografiyaning boshqa turlarida aralashma komponentlari bilan
ajratuvchi moddalar orasida boradigan turli tipdagi reakstiyalardan foydalaniladi.
Bu ion almashinish xromatagrafiyasi, adsorbstion xromatografiya.
52
Xromatografiya usulining tadbiq etilishi,
tufayli organic kimyo ayniqsa,
tabiiy birikmalar kimyosi jadal sur’atda rivojlandi. Xromatografiya ko’p
komponentli Xromatografiya sistemalarni sifat va miqdoriy analiz qilish, toza
holda ajratib olishda katta ahamiyat kasb etadi. Xromatografiya yordamida nodir
metallar analiz qilinadi. Sun’iy tayyorlangan transuran
elementlarining ochilishida ham xromatografiya katta imkoniyatlar yaratdi.
Xromatografiya havo, suv, tuproq, monomerlar tarkibidagi aralashmalarni
aniqlashda , organic va neft kimyo sintezi mahsulotlari analizida, dori-darmonlar
tozaligini aniqlashda, kriminalistikada katta ahamiyatga ega.
Xromatografiya
yoqori molekulali birikmalar, ayniqsa, inson, hayvon va
o’simlik , mikroblar dunyosiga tegishli bo’lgan biologic ob’ektlarning analizi
uchun nihoyatda zarur.
O’zbekistonda ham xromatografiya ysullari rastional qo’lanilib kelinmoqda,
xususan o’simlik tarkibidagi birikmalarni aniqlash, ajratib olish, neft’, gaz
tarkibini o’rganish kabi jarayonlarda bu usuldan keng foydalanilmoqda.