FANLARARO INTEGRATSIYADA EKOLOGIK TARBIYA TAHLILI
Nazarov Geldiyor., Raxmonov Abduxomid
O‟zbekiston QXTXQTMOI Maktabgacha, boshlang‟ich va maxsus
ta‟lim fanlari kafedrasi o‟qituvchilari
Hozirgi kunda boshlang‘ch maktab ta‘limini integratsiya qilish haqida ko‘p
gapirilmoqda. Bu tushunarli – kichik maktab o‘quvchisi atrofdagi olamni bir
butunligicha qabul qiladi. Uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa
o‘quv predmetlarini nomi emas, balki atrofdagi olam ob‘yeklarining tovushlar,
hajmlarning turli tumanligi mavjuddir. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi
barcha narsalarning bog‘liqligini ko‘rishga o‘rgatish kerakligini o‘qituvchi
sezadi, biladi.
Ta‘limni integrasiyalash fikri xalq ta‘limida tabaqalashtirish va
individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshladi. Agar kichik maktab
ta‘limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan
mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida
qiziqishlarni faol shakllantirish yotsa, integrasiyaning asosi qilib turli fanlarni
o‘rganish ob‘yektlari bo‘lgan ba‘zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish,
aniqlashtirish va kengaytirish mumkin.
Ta‘limni integratsiyalashning asosiy maqsadi - boshlang‘ich maktabdayoq
tabiat va jamiyat haqida yaxshi tasavvur asoslarini qo‘yishi va ularning
rivojlanishi qonunlariga o‘z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning
uchun kichik maktab o‘quvchisi predmet yoki voqealik hodisalarining bir necha
tomondan ko‘rish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va
ilmiy ommabop maqolada biolog, so‘z ustasi, rassom, musiqachi nuqta nazardan
va boshqalar.
Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang‗ich sinflarda
o‗rgataladi. Shuning uchun ekologik ta‘limning natijasi maktab ta‘limining
birinchi bosqichiga bog‗liq.
Integratsiya, integratsiyalash jarayonlari zamonaviy maktabga kirib kelib,
faqat uning mazmuningina emas, balki kichik maktab o‘quvchilarini ekologik
ta‘limning tashkiliy shakl va uslublariga ham faol kirib bormoqda.
Ta‘lim jarayonida integratsiyalashgan darslarni tashkil etilish hamda
bunday darslar jarayonida ekologik tarbiyani tashklil etishilishini o‘rganish
maqsadida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bilan anketa savollarini o‘tkazdik. Bu
darslarni ona tili va tabiatshunoslik darslari misolida ko‘rib chiqamiz. Anketa
o‘tkazishdan oldin integrasiya, integratsiyaning dars jarayonida qay tariqa
qo‘llanilishini tushuntirdik. O‘qituvchilar buni darslaro yoki fanlararo aloqalar,
mavzulardagi bir-biri bilan bog‘lanishlar deb ko‘proq tushunishdi. Anketa
so‘rovnomasida 10 nafar o‘qituvchi ishtirok etishdi.
252
Bu suhbatdan so‘ng ularga quyidagi savollar bilan murojaat etdik:
1. Boshlang‘ich sinf fanlaridan qaysi birini bir-biriga bog‘lab o‘tish
mumkin deb o‘ylaysiz?
a) o‘qish va ona tili, tabiatshunoslik. ( 1 kishi)
b) barcha fanlarni bir-biriga bog‘lab o‘tish mumkin deb o‘ylayman. (3
kishi)
c) o‘qish, ona tili, musiqa, rasm. (2 kishi)
d) o‘qish, ona tili, musiqa, rasm, matematika(2 kishi)
e) o‘qish va ona tili, tabiatshunoslik va matematika. ( 2 kishi)
Birinchi anketa savolimiz natijalarini tahlil qilar ekanmiz, deyarli barcha
o‘qituvchilar boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan barcha fanlardan ko‘proq ona tili,
tabiat, o‘qish, matematikani bir-biriga bog‘lab o‘tish mumkin deb javob
berganlar.
2. Ona tili darslarida tabatshunoslikka oid tushunchalarni berishga
munosabatingiz?
a) juda ham yaxshi, o‘quvchilar nutqi ham o‘sadi va dars qiziqarli bo‘ladi
(3 kishi)
b) ona tili darsida deyarli barcha mashqlar tabiatdagi hayvonlar, qushlar va
o‘simliklar orqali ifodalangan. Bu mashqlarni bajarish orqali o‘quvchilarning
tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati oshadi. ( 4 kishi)
v) ona tili darsida o‘quvchilarning yozma savodxonligi oshiriladi, matnlar,
mashqlar orqali esa og‘zaki nutqi o‘stiriladi. Ona tili darslarida tabiatga doir
tushunchalarni berish ijobiy natijalarga olib keladi deb o‘ylayman. ( 2 kishi)
d) ona tili darslarida tabiatga doir bilimlarni berish o‘quvchilarni
tabiatshunoslik fanini o‘rganishlariga turtki beradi. (1 kishi)
Bu anketa savolimizga deyarli barcha o‘qituvchilar ona tili darslarida
tabatshunoslikka oid tushunchalarni berishni ijobiy holat deb baholaganlar.
30 % kishi bu holatni darsni qiziqarli bo‘lishini ta‘minlaydi deb; 40% kishi
esa o‘quvchiularning tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbati oshishiga xizmat qiladi;
20 % kishi esa o‘quvchilar savodxonligini oshiradi va ular tarbiyasiga,
ekologik tarbiyani olib borishda ishtirok etadi; 10 % kishi esa ona tili darslarida
tabiatga doir bilimlarni berish o‘quvchilarni tabiatshunoslik fanini o‘rganishlariga
turtki beradi, zamin yaratadi deb izohlaganlar.
3. Fanlarni integrasiyalab o‘tish o‘quvchilarga qiyinchilik uyg‘otadimi?
a) bir mavzuni turli darslarda o‘tish, o‘sha mavzuning har xil tomonlarini
ochib beradi. (3 kishi)
b) masalan, ―Bahor‖ mavzusini o‘qish, ona tili, tabiat, musiqa darslarida
takrorlanaversa, o‘quvchilarda zerikish hosil qiladi. (3 kishi)
v) fanlar qanchalik bir-biriga bog‘lanaversa, mavzular shunchalik
maydalashib boradi, o‘quvchilarning mavzuga bo‘lgan qiziqishlari kamayadi. (2
kishi)
g) boshlang‘ich sinf fanlarini integrasiyalab o‘tish, yuqori sinfdagi fanlarni
o‘zlashtirishlariga yordam beradi. (3 kishi)
Uchinchi anketa savolimizga 50% o‘qituvchi fanlarni integrasiyalab
o‘tishni ijobiy holat deb, qolgan 50% o‘qituvchi esa salbiy holat deb baholashdi.
3.
―Tabiat + inson‖ tizimidagi bilimlarga ega bo‘lish uchun qaysi fanlarni
integrasiyalash mumkin?
a)
tabiatshunoslik, o‘qish, ona tili (2 kishi)
253
b)
tabiat va o‘qish, rasm, musiqa (3 kishi )
c)
barcha fanlarda tabiatga oid tushunchalarni shakllantirish mumkin (5
kishi)
To‘rtinchi anketa savolimizga 50% o‘qituvchi ―tabiat va inson‖ tizimidagi
bilimlarga ega bo‘lishi uchun o‘quvchilarda barcha fanlarda tabiatga oid
tushunchalarni shakllantirish mumkin deb, 20% o‘qituvchi uchta fan:
tabiatshunoslik, o‘qish, ona tilida, 30 % o‘qituvchi esa tabiat va o‘qish, rasm,
musiqa fanlarida shakllantiriladi deb javob berganlar.
Yuqoridagi savollarga berilgan javoblardan shunday xulosaga keldikki,
boshlang‘ich sinf darslarida fanlarni integrasiyalash mavzularning turli xil
tomonlarini ochib beradi. O‘quvchilarning tabiatga doir bilimlarini egallashlariga
yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |