Sotil-gan
mahsu-lot
summasi,
soʻm
Qoʻshimcha
mahsulot,
ya’ni differentsial
renta II,
soʻm
Birinchi yil 10000 20 500 500 10000 -
Ikkinchi yil 15000 40 375 500 20000 10000
Misolimizda yerga qoʻshimcha 5 ming soʻm xarajat sarf qilish
natijasida qoʻshimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qoʻshimcha olingan 10
ming soʻm daromad differentsial renta II ni tashkil etadi. Bunday intensiv rivojlanish qishloq xoʻjaligida
bosh yoʻl hisoblanadi. CHunki qishloq xoʻjaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab
chiqarishni va jamiyat a’zolarining oʻsib borayotgan talabini qondirib boʻlmaydi. Shuning uchun ham
qishloq xoʻjaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida e’tibor beriladi. Buning uchun qishloq xoʻjaligini
agrar sanoatlashgan asosga qoʻyish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab
chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligini zamonaviy texnika bilan ta’minlash
uzluksiz oʻsmoqda. Qishloq xoʻjaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan kapital mablagʻlar ham
ortmoqda. Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday
differentsial renta II boʻlmas edi. Gap Shundaki, yer birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda,
viloyatlarda, xoʻjaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.
Qishloq xoʻjalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati oʻrtasidagi tafovut
xoʻjaliklarning ustama qoʻshimcha mahsulotini tashkil qiladi. Ya’ni, differentsial rentaning har ikkala
koʻrinishini (renta I va II ni) oʻz ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy
qiymati bilan zona boʻyicha yoki alohida olingan xoʻjalikning individual qiymati oʻrtasidagi tafovutdan
iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xoʻjalik oʻrtasida taqsimlanadi. Uning davlatga
toʻlangan qismi yer rentasi koʻrinishini oladi (chunki bizda yer davlat mulkidir). Differentsial renta I
yuqorida qarab chiqilganidek, xoʻjaliklar faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi.
Shuning uchun ham qishloq xoʻjaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki
boʻlganligi sababli uning manfaatlari yoʻlida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida
(budjetida) toʻplanishi lozim. Bu hol oʻrta va yaxshi unumli yerda joylashgan xoʻjaliklarning iqtisodiy
manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xoʻjaliklar bilan ozmi-koʻpmi iqtisodiy sharoitlarni
tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga oʻtgan bu mablagʻlarni (differentsial
renta I), mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni oʻzlashtirish va yer
unumdorligini oshirish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yoʻnaltirilishi mumkin
boʻladi. Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish
bilan bogʻliq boʻlganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xoʻjaliklarning oʻzlarida qoldirilishi
mantiqan toʻgʻri boʻladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum
darajada bu rentaning hosil qilishda oʻz hissasini qoʻshadi, ya’ni transport yoʻllari qurilishiga, irrigatsiya-
melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablagʻlar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral
oʻgʻitlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differentsial renta II yer egasi boʻlgan
davlat bilan xoʻjalik yurituvchi sub’ektlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: