return 0;
}
5.
Inkrement va dekrement amallar.
Razryadli mantiqiy amallar. Chapga
va o‘ngga surish amallari.
Inkrement va dekrement amallari
С++ tilida operand qiymatini birga oshirish va
kamaytirish-ning samarali
vositalari mavjud. Bular inkrement (++) va dekrement (--) unar amallardir.
Operandga nisbatan bu amallarning prefiks va postfiks ko‘ri-nishlari bo‘ladi.
Prefiks ko‘rinishda amal til ko‘rsatmasi bo‘yicha ish bajarilishidan oldin operandga
qo‘llaniladi. Postfiks holatda esa amal til ko‘rsatmasi bo‘yicha ish bajarilgandan
keyin operandga qo‘llaniladi.
Prefiks yoki postfiks amal tushunchasi faqat qiymat berish bilan bogʻliq
ifodalarda o‘rinli:
x=y++;
//
postfiks
index =--i; //
prefiks
count++; //
unar amal, ”++count;”
bilan ekvivalent
abc-- ;
//
unar amal, ”--abc; ” bilan ekvivalent
Bu yerda y o‘zgaruvchining qiymatini x o‘zgaruvchisiga o‘zlashtiri-ladi va
keyin bittaga oshiriladi, i o‘zgaruvchining
qiymati bittaga kamaytirib, index
o‘zgaruvchisiga o‘zlashtiriladi.
Razryadli mantiqiy amallar
Dastur tuzish tajribasi shuni ko‘rsatadiki, odatda qo‘yilgan
masalani
yechishda biror holat ro‘y bergan yoki yo‘qligini ifodalash uchun 0 va 1 qiymat
qabul
qiluvchi
bayroqlardan
foydala-niladi. Bu maqsadda bir yoki undan ortiq
baytli o‘zgaruvchilardan foydalanish mumkin. Masalan,
bool turidagi
o‘zgaruvchini shu maqsadda ishlatsa bo‘ladi. Boshqa tomondan,
bayroq sifatida
bayt-ning razryadlaridan foydalanish ham mumkin. CHunki razryadlar faqat ikkita
qiymatni - 0 va 1 sonlarini qabul qiladi. Bir baytda 8 razryad bo‘lgani uchun unda
8 ta bayroqni kodlash imkoniyati mavjud.
Faraz qilaylik, qo‘riqlash tizimiga 5 ta xona ulangan va tizim taxtasida 5 ta
chiroqcha (indikator) xonalar holatini bildiradi: xona qo‘riqlash tizimi nazoratida
ekanligini mos indikatorning yonib turishi (razryadning 1 qiymati)
va xonani
tizimga ulanmagan-ligini indikator o‘chganligi (razryadning 0 qiymati) bildiradi.
Tizim holatini ifodalash uchun bir bayt etarli bo‘ladi va uning kichik razryadidan
boshlab beshtasini shu maqsadda ishlatish mumkin:
7
6
5
4
3
2
1
0
ind5 ind4 ind3 ind2 ind1
Masalan, baytning quyidagi holati 1, 4 va 5 xonalar qo‘riqlash tizimiga
ulanganligini bildiradi:
7
6
5
4
3
2
1
0
х
х
х
1
1
0
0
1
Quyidagi jadvalda С++ tilida bayt razryadlari
ustida mantiqiy amallar
majmuasi keltirilgan.
1.5-jadval. Bayt razryadlari ustida mantiqiy amallar
Do'stlaringiz bilan baham: