MAVZU
:
MANTIQIY AMALLAR VA MANTIQIY
ELEMENTLAR USTIDA AMALLAR BAJARISH
Mantiqiy amallar mulohazalar mazmuni yoki hajmining о‗zgarishiga hamda
yangi mulohazalarni shakllantirishga olib keladi.
Mantiqiy ifodalar A, B, C, …
lotin harflari yordamida belgilangan mulohazalarni konyunksiya, dizyunksiya,
inversiya, implikatsiya va ekvivalensiya kabi mantiqiy bog‗lovchilar bilan ma‘lum
bir qoidaga ko‗ra birlashtirish natijasida hosil qilinadi.
Mantiqiy ifodalar unda
ishtirok etgan o‗zgaruvchilarning qiymatlariga bog‗liq ravishda rost (mantiqiy 1)
yoki yolg‗on (mantiqiy 0) qiymatlardan birini qabul qilishi mumkin.
Quyida sodda mulohazalar ustida bajarilishi mumkin bo‗lgan ba‘zi amallar
bilan tanishamiz.
Ikkita sodda mulohazaning ―va‖ bog‗lovchisi orqali bog‗lanishidan hosil
bo‗lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar ko‗paytmasi dеyiladi.
Mantiqiy amallar
, mantiqiy operatsiyalar — berilgan
hadlari va natijasi
mulohaza (fikr) dan iborat amallar. Berilgan hadlar soniga qarab Mantiqiy amallar
bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k. deb yuritiladi. Bir oʻrinli Mantiqiy amallar soni
toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin (aynan haqiqat) amal, natijasi
doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan
amal va, nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon
boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal. Soʻnggi mantiqiy amal bir oʻrinli
Mantiqiy
amallardan eng muhimi boʻlib, u inkor amal deyiladi. A fikrning inkori ~hA kabi
belgilanib, "A emas" deb oʻqiladi. Mas, 1 Oy sayyora — "Oy sayyora emas", (]
2*2=4) — ikki karra ikki toʻrt emas.
Ikkilik kodda yozilgan mashina soʻzlari ustida Mantiqiy amallar mos
razryadlar boʻyicha bajarilib, i oʻrniga 1, l oʻrniga 0 olinadi,
matn shakliga
aylantiriladi va maʼlumot koʻrinishida chiqish qurilmasiga beriladi. Mantiq-
informatsion mashina tez ishlashi, "xotira" hajmining
kattaligi bilan oddiy
hisoblash mashinalaridan farq qiladi. Mantiq-informatsion mashina i. t. natijalarini
ishlash, adabiyot topishni avtomatlashtirish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va
transportga oid statistik maʼlumotlarni, davolash muassasalarida bemorlarni
kuzatishdan
olingan natijalarni, meteorologik, seysmologik stansiyalardan, Yer
sunʼiy yoʻldoshlaridan olingan maʼlumotni ishlash
va tarjima ishlarida
qoʻllaniladi.
[1]
Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini
tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini
ko‘rib chiqamiz.
Insonlar kundalik hayotda o‘zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan
foydalanishadi. Ma‘lumki, mulohaza – narsa yoki
hodisalarning xususiyatini
anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg‘onligi
haqida so‘z yuritish mumkin bo‘lgan darak gap.
Mulohazalar sodda va murakkab bo‗lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan
bog‗lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar