Mavzu: TEST TUZISH VA TEST YORDAMIDA BILIMLARNI
NAZORAT QILISH. TEST TURLARI
Test yordamida o'quvchilarning kimyodan bilim va ko'nikmalarini tekshirish
dasturlashtirilgan ta'lim usullaridan biri hisoblanadi. Testning muvaffaqiyati ko'p
jihatdan o'quvchilarning bilim darajasiga va dars mavzusining mazmuniga qarab,
testning har xil turlaridan foydalanishga hamda mavzuga doir topshiriqlarni izchil
tuzilganligiga bog'liq bo'ladi. Kimyo o'qitishda testning quyidagi turlaridan
foydalanish tavsiya etiladi.
l. Javobi yoziladigao test. Kimyoni dastlabki o'rganish jarayonida o'quvchilarga
qo'yiladigan asosiy talab kimyo tilini yaxshi o'zlashtirish, ya'ni kimyoviy elementIar
belgilarini, moddalarning formulalarini, reaksiya tenglamalarini mustaqil yoza
bilishdir. Shuning uchun o'quv jarayonida 8-sinf o'quvchilarining o'zlashtirishini
tekshirishdajavobi yoziladigan testlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Bunday
testni 3 turga bo'lish mumkin.
Kimyoviy inshoni ifodalovchi test. Bunday testlarda elementning berilgan nomiga
qarab, uning belgisini yozish, moddaningnomiga qarab, uning formulasini yozish,
savol shartiga muvofiq reaksiya tenglamalarini yozish va bularning aksini ifodalovchi
savollar beriladi. Test topshiriqlarida nuqtalar bilan ko'rsatilgan, javob yoziladiganjoy
qoldiriladi va ularning hammasi to'g'rijavob yozishga mo'ljallangan bo'ladi.
I-misol. Quyida nomlari keltirilgan elementning belgilarini yozing:
A Kislorod ... B. Azot... C. Temir ... D. Kalsiy ...
2-misol. QUyida nomlari keltirilgan kislotalaming formulalarini yozing:
A Xlorid ... B. Nitrat... C. Sulfut... D. Silikat...
3-misol. Quyida formulalari keltirilgan tuzlaming nomini yozing:
A AICI3... B. FeiS04)3'" C. Mg(OH)Cl... D. NaH2P04 ...
4-misol. Quyidagi reaksiya tiplariga doir reaksiya tenglamalarini yozing:
A Birikish ... B. Ajralish ... C. O'rin olish ... D. Almashinish ...
Javobi to ‘ldiriladigan test. Bunday testda qisqa javob yozishga joy qoldiriladi va
ma'lum so'zlar yoki masalajavobi bilan to'ldiriladi. Test savoli ko'pincha bir-biriga
yaqin bo'lgan tushunchalaming o'zlashtirilishini aniqlash uchun tuziladi. Masalan,
atom va molekula, element va oddiy modda, molyar va molekulyar massa, izotop va
izobar va boshqalar.
Misol. Quyidagi jumlada tushirib qoldirilgan so'zni «atom» yoki «molekula» so'zlari
bilan to'ldiring:
Xona havosida azot va kislorod ... laridan tashqari, simob ... laridan va suv ... laridan
iborat bug'lar borligi aniqlandi.
Javobi qo 'yiladigan test. Bunday test ko'pincha ikkita usulda yozilib, unda birinchi
ustundagi formula, tushuncha yoki sonlarga mos keluvchi javoblar ikkinchi ustunda
berilganlardan topiladi.
l-misoI. l-ustundagi formulalarning yoniga 2- ustundagi javoblaming belgilallgan
nomlarini yozing:
A. AI(OH)3'"
A. Kislota
B. Fe 2(S04)3
B. Asos
C. CaO
C. Tuz
D. H3P04...
D. Oksid
Do'stlaringiz bilan baham: |