Mavzu: Ellektrolizga oid masalalar yechishni o‘rganish


Mavzu: 10-SINFDA KIMYO KECHALARINI O‘TKAZISH



Download 293,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana01.05.2022
Hajmi293,12 Kb.
#601545
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
komp qisqartirilgan m talim

Mavzu: 10-SINFDA KIMYO KECHALARINI O‘TKAZISH 
METODIKASI 
Kechaning mazmunini tanlash, dasturini muxokama qilish va senariyni ishlab chiqish. 
Bu bosqichda yetakchi rolni kimyo o’qituvchisi o’ynaydi. Ammo o’quvchilar xam 
o’zlarining xal qiluvchi xissalarini qo’shadilar. Kimyoviy mavzuda ko’rinishlar, 
she’rlar yozadilar. Jur­nal va badiiy adabiyotlardan materiallar tanlaydilar. Kechaga 
kimyogar-olimlar, ishlab-chiqarish ilg’orlaridan vakillarni taklif etish. Bu 
o’quvchilarga aloxida topshiriq xisoblanadi.Kimyo kechasini tashkillash va o’tkazish 
har bir ishtirokchidan katta mehnat talab qiladi.bir vaqtning o’zida ommaviy tadbirni 
o’tkazish har bir ish tavsifi va yo’nalishiga ta’sir qiladi. Bu sinfdan tashqari ishning 
shakl va xillari o’rtasida o’zaro integratsiya bo’lishini ko’rsatadi.Demak, sinfdan 


tashqari ishlarning barcha elementlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-biriga ta’sir 
ko’rsatadi.“Men aminmanki, kimyo bilan qiziqib, uni o’zi uchun mutaxassislik sifatida 
tanlab olganlar orasida bundan afsuslanuvchi biror kimsa topilmasa kerak” –degan edi 
rus olimi N.D.Zelinskiy. haqiqatdan ham kimyo qiziqarli va mo’jizakor fandir.Shu 
jixatdan kimyo kechalarini tashkillash va o’tkazishda mo’jizakor kimyoning qiziqarli 
tajribalardan o’rinli foydalanish o’quvchilarni kimyo faniga qiziqtirbgina qolmasdan, 
balki kimyoviy bilimlarni chuqur egallashlarida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. 
Kimyo kechalarini o’tkazishda qiziqarli tajribalarni tanlash va namoyish etish muhim 
axamiyatga ega. Bunda avvalo kimyo kechasini mavzusiga oid tajribalar tanlanib, 
kimyo to’garagi a’zolari tomonidan amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Chunki, 
to’garak a’zolari bu tajribalarni kimyo to’garaklarida bajargan bo’lishlari mumkin. Bu 
esa tajribalarni muvaffaqqiyatli chiqishiga yordam beradi. Avvalo tanlangan tajriba 
qiziqarli, shu bilan birga oson bajariladigan, kam vaqt sarflanadigan, qizdirish, yoki 
boshqa sharoitlar zarur bo’ladigan bo’lmasligi kerak. Chunki ko’pgina kimyo 
kechalari odatda katta xonalarda o’tkazilishi munosabati bilan ayrim tajribalarni 
bajarish imkoniyati bo’lmasligi mumkin.Shu nuqtai nazardan men, kimyo kechalarida 
bajariladigan ayrim qiziqarli tajribalarni keltirib o’taman. 
Gugurtsiz olov yoqish.
Suvdan sut hosil qilish.
Sirli yozuvlar.
Bir suyuqlikdan uch xil cho’kma.
Tuxumxo’r grafin.
Oq qanddan qora ustun.
Qand yonadimi?


Sun’iy vulqon.
Fir’avn iloni.
Qon hosil qilish.
Tosh yonadi.
Qog’ozning ko’mirlanishi.
Olov sochuvchi ajdarxo.
Tuxum archilmay tozalanadi.
Yozuvlar qanday paydo bo’ladi?
Bundan tashqari ba’zi bir zaxarli, portlovchi, uzoq vaqt saqlanadigan tajribalarni 
videolavhalar orqali namoyish etish ham mumkin.Quyida men ayrim tajribalarni 
bajarish yo’llarini bayon etaman. 
1-tajriba. Gugurtsiz olov yoqish. 3 ta chinni kosachaga 0,5 gr KMnO4 tuzidan solinib, 
ustiga konsentrlangan H2SO4 dan 1-2 ml quyiladi. Biroz vaqt o’tgandan so’ng, 
oldindan tayyorlab qo’yilgan spirtga ho’llangan paxtani birin-ketin kosachalarga 
tashlanganda, paxtalar o’z-o’zidan yonib ketadi. 
2KMnO4 + 3H2SO4= K2SO4 + 2MnSO4 + 3 H2O +5”O” 
C2H5OH + 6”O”→ 2CO2 + 3H2O 
Bu holda atomar kislorod juda kuchli oksidlovchi bo’lgani tufayli spirtni oksidlab 
yondirib yuboradi. 
2-tajriba. Yozuvlar qanday paydo bo’ldi? Oldindan tayyorlab qo’yilgan 4 varaq oq 
qog’ozga Na2S tuzi eritmasidan purkalsa, qog’oz betida yozuvlar paydo bo’ladi. 


Bu tajriba shunday bajariladi: oq qog’ozlarning birinchisiga qo’rg’oshin atsetat 
tuzining eritmasi bilan “bahor”, ikkinchisiga MnCl2 tuzining eritmasi bilan “yoz”, 
uchinchisiga SbCl3 tuzining eritmasi bilan “kuz” va to’rtinchisiga esa CdCl2 tuzining 
eritmasi bilan “qish” so’zlari yoziladi. Xulosa qilib aytganda har bir kimyo kechasini 
muvaffaqiyatli chiqishi qiziqarli tajribalarning tanlash, o’tkazish va mohiyatini to’liq 
ochib berish orqaligina ahamiyatga molikdir. 

Download 293,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish