O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

O’pka parenximasi 
shikastlanishi 
O’pka elastik to’qimala 
rini shikastlanishi 
Jarayonni surun
-
 
kaliga o’tishi 
Qaytmas jarayon 
shakillanishi 


97 
Qari, holsizlangan bemorlarda esa yallig’lanish jarayoni sust
o’tib, uzoq muddatga cho’zilishi mumkin.
Klinik belgilari.
Kasallik to’satdan boshlanib bemorning tana
harorati 39- 40º C ga ko’tariladi. Bemorlar varaja qiladi, darmoni 
qurib, boshi og’riydi, terlaydi. Avval quruq, so’ngra zangsimon 
(kofesimon) balg’amli yo’tal, ko’krak qafasida sanchiqli og’riq, havo 
yetishmasligi paydo bo’ladi. Og’riq yo’talganda, chuqur nafas olganda 
kuchayadi. Ko’pchilik bemorlarda bosh og’rig’i, ishtahaning bo’g’ilishi 
va mialgiya kuzatiladi. Bemorning nafas olishi (ayniqsa o’pkaning katta 
qismi yallig’langanda) tezlashadi va yuzaki bo’ladi. Bemorlar ko’zdan 
kechirilganda labi, burni, qulog’ida tsianoz kuzatiladi, labiga, og’iz 
burun atrofiga uchuqli toshmalar toshadi. Kasallikning klinik 
manzarasini patomorfalogik o’zgarishlar davri bilan taqqoslaganda I 
bosqichga to’g’ri keladi.
Qonga to’lish davri kasallikning boshlang’ich, dastlabki kunlarida 
to’g’ri keladi. Bunda bemorning ahvoli og’ir, tana harorati yuqori 
darajada (39-40ºC) bo’lib, varaja qiladi. Ko’krak qafasining sanchib 
og’rishi va havo yetishmovchiligidan shikoyat qiladi. Bemorda avvalo 
quruq, so’ngra shilimshiq balg’am ajraladigan yo’tal paydo bo’ladi. 
Nafas olishi tezlashadi. Shilliq qon aralash balg’am ajraladi. 
Palpatsiyada ovoz drillashi kuchaygan. Perkussiya qilinganda
o’pkaning yallig’langan qismi sohasida qisqargan perkutor yoki
bo’g’iq timpanik tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda
o’pkaning yallig’langan qismi sohasida vezikulyar nafasning
susaygani, bundan tashqari, qisqa muddatli erta paydo bo’ladigan
krepitasiya (krepitatsio indux) eshitiladi. Ayrim vaqtlarda plevra
ishqalanishi shovqini eshitiladi. Bemorlarda bronxofoniya kuchaygan 
bo’ladi.
Kasallikning II bosqichida bemor yo’talganda temir zangi 
rangidagi balg’am ajraladi. Bemorning umumiy holati anchagina og’ir 
bo’ladi. Paypaslab ko’rilganda ko’krak qafasida og’riq borligi, tovush
dirillashi kuchayganligi aniqlanadi. Perkussiya qilinganda esa o’ta
bo’g’iq tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda esa bronxial
nafas shovqini eshitiladi. Bronxofoniya kuchaygan. 
 
III bosqichda shilliqli va yiringli balg’am ajrala boshlaydi,
paypaslanganda, perkussiyada va auskultatsiyada bu o’zgarishlar II
bosqichdagiga o’xshash bo’ladi.


98 
Kasallikning IV bosqichi yoki kasallikning III klinink bosqichida
esa tana harorati pasayib, shilliqli balg’am ko’proq ajrala boshlaydi.
Bemorning umumiy holati yaxshilana boshlaydi. Paypaslanganda
og’riqning kamayganini yoki yo’qolganini, tovush dirillashi biroz
pasayganligini, ko’krak qafasi rezistentligining tiklanayotganini
aniqlash mumkin. Perkussiya qilinganda bir oz bo’g’iq tovush,
auskultatsiya qilinganda, bronxovezikulyar nafas shovqini, dag’al
krepitatsiya (krepitatsio redux) va nam xirillash eshitilishi mumkin.
Krupoz zotiljamda nafas olish a’zolaridan boshqa a’zolarida
ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.
Yurak- tomirlar sistemasida yurak urishi tezlashadi, arterial qon
bosimining pasayishi kuzatiladi. Yurak tonlari susayadi. Bu
o’zgarishlar qari, holsizlangan bemorlarda ko’proq jiddiy oqibatlarga
olib kelishi mumkin.
Buyrak tizimidagi o’zgarishlar: bemorning siydigi kamayadi, 
uning solishtirma og’irligi oshadi. Ayrim hollarda siydik bilan oqsil
ajralib chiqadi. 

Bemorning balg’amidagi o’zgarishlar kasallikning kechish


bosqichlariga bog’liq ravishda I bosqichda shilliqli, II bosqichda
qon aralash (temir zangiga o’xshash), III-IV bosqichlarda shilliqli
va yiring aralash bo’ladi.

 
Krupoz zotiljam kasallikni aniqlashda rentgen usuli bilan
tekshirish muhim rol o’ynaydi. Oldingi va orqa tomondan tushirilgan
rentgen tasvirlarida kasallangan o’pka bo’lagi soyasining
zichlashganligini ko’rish mumkin. Rentgenogrammada yallig’lanish
o’pkaning qaysi bo’lagidaligini, hajmini aniqlash mumkin.
Rentgenologik o’zgarishlar o’pka to’qimasi qattiqlanishi sohasida 
o’choqli soya ko’rinadi (28-surat).
Kasallikni to’liq aniqlash uchun bemorning qonini, balg’amini,
siydigi, qon oqsilini laboratoriyada tekshirish kerak. Laborator 
tekshirish; leykotsitoz leykositar formulani chapga siljishi bilan (15-
300000 1 mkl qonda), tayoqcha yadroli neytrofillar 30% gacha oshadi, 
eritrotsitlar soni ko’payadi, aneozinofiliya, EChT 40-45 mm/s gacha 
oshishi kuzatiladi. Qonda yirik dispers oqsillarning nisbiy miqdori
ortadi. Fibrinogen, mukoprotein, seromukoid, gaptoglobulin, sial kislota, 
zardob globulinlari miqdorining oshishi, albuminlarning kamayishi, S 
reaktiv oqsil musbat bo’lishi kuzatiladi. 


99 
28-surat. 
Rentgenografiyada o’ng o’pkaning krupozli
yallig’lanishi tasvirlangan. 
Tana harorati yuqori bo’lganda siydik analizida biroz proteinuriya 
va tsilindruriya bo’lishi mumkin.
Balg’amni tekshirganda; bemorlar 
balg’ami tarkibida ko’p miqdorda eritrotsitlar, fibrinlar va sariq 
jigarlanish bosqichida leykotsitlarni ko’rish mumkin. 
Krupoz zotiljam kasalligining asoratlari; o’pkada abtsess,
plevraning yallig’lanishi, o’pkaning surunkali yallig’lanishiga o’tishi,
o’pkadan tashqari asorati infektsion toksik shok, o’tkir yurak-qon
tomirlarlar sistemasi yetishmovchiligi, buyrak yetishmovchiligi,
oshqozon- ichak shilliq qavatida yaralar vujudga kelishi, qonning 
tomir ichida ivish sindromi (DVS sindrom), infektsion-allergik
miokardit, endokardit, perikardit, meningit, nefrit, gepatit kiradi.

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish