Infektsiya
Yallig’lanish
Gipersekretsiya
Shilliq dimlanishi
Bronx drenaj funtsiya
sini buzilishi
Himoya funtsiya
sini
buzilishi
Bakteriyalar
ko’payishi
Bakteriyalar
kolonizatsiyasi
Shu sxema asosida kasallik surunkali shaklga o’tadi
79
hansirash, nafas yetishmovchiligi rivojlanadi hatto nafas siqilishi
kuzatilishi mumkin.
Surunkali bronxitlarda palpator va perkutor o’zgarishlar xarakterli
emas. Bemorlar auskultatsiya qilinganida qattiq (dag’al) nafas hamda
quruq xrillashlar eshitiladi. Yo’tal bilan birga balg’am ajralganda nam
xrillashlar eshitiladi (katta, o’rta, kichik kalibrli nam xrillashlar)
ko’pincha nafas chiqarish fazasida.
Differentsial tashxisi
.
Surunkali bronxitni o’choqli zotiljamdan
farqlashda ko’krak qafasini rentgenologik yo’l bilan tekshirish
muhim rol o’ynaydi. surunkali bronxitda rentgenogrammadagi
o’zgarish o’pka o’zaklari kengayishi va rasmini kuchayishi kuzatiladi.
O’tkir o’choqli zotiljamda esa, o’pkaning yallig’langan qismida
soya ko’rinadi.
Qon tahlilida
–leykotsitoz, EChTning oshishi. Вalg’am analizida-
mikroorganizmlar, leykotsitlar, eritrotsitlar, epiteliylar ko’rishimiz
mumkin. Rentgenologik tekshirganda ko’pchilik holatlarda o’zgarishlar
ko’rmaymiz. Ba’zanda emfizema rivojlanganda o’pka o’zagi va rasmini
kuchayganligini va ularni deformatsiyasini ko’rishimiz mumkin.
Bronxografiyada bronxoektazlarni aniqlash mumkin. Bronxoskopiyada
shilliq qavatning holati yani undagi shish, qizarish, shilliqli balg’am
ko’rishimiz mumkin va kerak bo’lsa biopsiya olinadi hamda gistologik,
tsitologik tekshiruv olib boriladi.
Kasallikni kechishi-uzoq muddat va to’lqinsimon kechib, kasallik
xuruji remissiya bilan almashinib keladi.
Asopati
-o’pka emfizemasi,
o’pkada dimlanish, o’pka–yurak yetishmovchiligi, o’tkir pnevmoniya,
bonxoektaz kasalliklari rivojlanadi. Bemorlarda bronxoobstruktiv
sindromi rivojlangan bo’lsa bronxial astma rivojlanishi ham mumkin.
Davolash.
Ko’p miqdorda issiq qaynoq ichimliklar (asal, lmimon,
malina murabbosi bilan choy). Balg’am ko’chishini engillashtirish
uchun mukolitiklar (termopsis qaynatmasi va nastoykasi, mukaltin,
bromgeksin, ingaliyatsiyada 2% natriy gidrokarbonati). Tabletka
libeksin, kodelak. Siroplar (pertussin, bronxolitin, lazolvan, ambrokcol,
inspiron). Аntibiotiklardan-penitsillin, ampitsillin, (0,5х4р), eritromitsin
0,25х4р, baktriм (biseptol), tsiprofloktsatsin 0,5х4р, кlabel 500 мг.
Аntigistamin preparatlari (suprastin, tavegil, loratal, ketotifen, fenkarol
va
h.k.).
Каltsiy glyukonat, kaltsiy xlor 10%-5-10,0 в/в.
Bronxoobstruktiv sindromlarda bronxlarda o’tkazuvchanlikni yaxshilash
maqsadida betta adrenomimetiklar (oksiprenalin sulfat, astmopent,
80
fenoterol, berotek, salbutamol), spazmolitik preparatlardan papaverin
2%-2,0-4,0; eufillin 2,4%-5,0-10,0 v/i, remissiyadan so’ng sanatoriya va
kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.
Kasallikning profilaktikasi. Organizmni chiniqtirish, sport bilan
shug’ullanish, chekishga, ichishga qarshi kurash olib borish, surunkali
infeksiya o’choqlarini sanatsiyasi (sinusit, tanzilit, gaymarit, tishlar
kariyesi va h.k.), agarda kasallik kasbi bilan bog’liq bo’lsa ish sharoitini,
ishini o’zgartirish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |