O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Patogenezi. 
Bakterial agent, uning toksinlari yuqori nafas yo’llari 
va bronxlar shilliq qavatini, simpatik nerv tolalari tugunlarini 
zararlantiradi, bu zararlanish o’z navbatida bronxlar trofikasining
buzilishiga olib keladi. Bakterial agentlar va ular ishlab chiqargan
zararli moddalar (toksinlari) nafas yo’llarining himoya
xususiyatlarini, spetsifik va nospetsifik chidamlilik qobiliyatini keskin
kamaytiradi natijada bronxlar yallig’lanadi.
Birlamchi bronxitlar-bronxial daraxtining to’g’ridan to’g’ri tamaki 
tutuni yoki atmosfera havosining har xil zararli omillar va 
mikroorganizmlar bilan zararlanishi natijasida vujudga keladi. 


75 
Ikkilamchi bronxitlar-bunda bronxit odatda rinosinusit, o’pkaning 
surunkali abtsessi hamda boshqa kasalliklar asorati natijasida ya’ni 
qizilcha, ko’k yo’tal, tuberkulyoz, yurak qon tomir tizimi kasalliklari 
biriktiruvchi to’qimaninig diffuz sistemali kasalliklari natijasida yuzaga 
keladi.
Patologoanatomik
o’zgarishlar-shilliq qavatda qizarish va shish, 
shilliq osti qavatini neytrofillar va limfotsitlar bilan infiltratsiyasi, 
tsilindrik epiteliylar ko’chishi va degeneratsiyasi, qadoqsimon 
hujayralarni ko’payishini kuzatiladi. 
Klassifikatsiya.
Etiologiyasiga ko’ra infektion (bakterial, virusli), 
noinfektsion-ximik, fizik, aralash va aniqlanmagan etiologiyali 
bronxitlar. Bronxlarni shikastlanishiga ko’ra - traxeobronxit, bronxit, 
bronxiolit va h.k. Eksudatning xarakteriga ko’ra- kataral, yiringli 
bo’ladi. 
Kasallikning klinikasi.
Boshlang’ich kunlarida yo’tal quruq 
bo’ladi, keyinchalik qiyin ajraluvchan shilimshiq balg’am bilan yoki 
yiring aralash shilliq yoki yiringli balg’am ajralishi bilan bo’ladi. 
Bemorlarda ish qobiliyati pasayishi, tumov, bosh og’riqlari bezovta 
qiladi. Kichik kalibrli bronxlar va bronxiolalar shikastlanganda hamda 
bronxoobstruktiv sindromda nafas chastotasi oshadi, hansirash 
kuzatiladi, nafas yetishmovchiligi hatto nafas siqilishi kuzatilishi 
mumkin.
Kasallik to’sh suyagi atrofida og’riq, yuqori nafas
yo’llarining o’tkir yallig’lanishiga xos o’zgarishlar bilan boshlanib,
yallig’lanish bronxlarga tarqalgach, hansirash va ketma-ket yo’talish
paydo bo’ladi, bemorlar yo’talish vaqtida ko’krak qafasining pastki
qismida og’riq sezadilar. Holsizlik, terlash, tana haroratining 37,5-
38 ºC ga ko’tarilishi, gripp bilan og’rigan bemorlarda esa lablariga
uchuq toshishi (herpes labialis) kuzatiladi. 
O’tkir bronxitlarda palpator va perkutor o’zgarishlar xarakterli 
emas. Bemorlar auskultatsiya qilinganida qattiq (dag’al) nafas hamda 
quruq xrillashlar eshitiladi. Yo’tal bilan birga balg’am ajralganda nam 
xrillashlar eshitiladi (katta, o’rta, kichik kalibrli nam xrillashlar). 
Bronxoobstruktiv sindrom bilan kechsa o’pkada tarqalgan quruq
hushtaksimon yoki g’o’ng’illovchi xirillash eshitiladi, yo’taldan
so’ng xirillashning kamayishi kuzatiladi. Kasalliknig 2-3 kuni nam
xirillash paydo bo’lishi mumkin. O’tkir bronxit kasalligida o’pka
rentgenogrammasida o’zgarish bo’lmaydi. Tashqi nafas funksiyasi
tekshirilganda o’pkaning tiriklik sig’imi va maksimal ventilyasiya


76 
15-20% ga kamayadi. Qonning kislorod bilan to’yinishi daqiqali
(minutli) nafas chastotasi (sig’imi) ning ortishi hisobiga buzilmaydi. 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish