459
Gipoglikemik koma tez orada o’tib ketishi mumkin. Agar gipoglikemik
komani diabetik koma bilan almashtirib insulin berilsa, bemor halok
bo’lishi mumkin. Shuning uchun tibbiy xodim insulin oluvchi bemorlar
ahvolini diqqat e’tibor
bilan kuzatib borishi, gipoglikemik komaning
dastlabki belgilari ko’rinishi bilanoq yordam choralarini ko’rilishi lozim.
Bemorga tezda yengil hazm bo’ladigan uglevodlar: 30-50gr qand,
murabbo, asal, konfetlar, pechenelar beriladi.
Qandli diabetni davolash va oldini olish.
Kasallikning davolash
uchun, engil og’irligiga qarab davolanadi va 3 yo’nalishda olib boriladi:
1. Dieta orqali.
2. Peroral qandni pasaytiruvchi dorilar orqali.
3. Insulin bilan davolash.
Qandli diabet organizmda insulin yetishmasligiga bog’liq
bo’lganligi sababli davolash organizmga insulin yuborishga asoslangan.
Kasallikning yengil darajasida insulin qo’llanilguncha dietaterapiya
o’tkaziladi. Kasallikning davolashda asosiy o’rnini parhez egallaydi.
Kasallikning yengil formalarida bemorlar parhezga rioya qilsa va qandli
diabetga qarshi dorilar qabul qilmasa ham tuzalib ketishi mumkin.
Parhez ni diabetning boshqa darajalarida (o’rta va og’ir darajasida) ham
tayinlanadi. Qandli diabetda parhezning sutkalik
energetik qiymatini
quyidagicha aniqlanadi. Kunduzgi ovqat ratsioni energiya qiymatini ish
xarakteriga va sarflanadigan energiya hajmiga ko’ra belgilanadi. Agar
qandli diabet bo’lgan bemor o’rinda yotoq rejimida bo’lsa (og’ir
formasi, o’rtacha og’irlikdagi biror kasallik, qo’shilib kelgan ayrim
hollari) bu holda 1 kg tana massasiga 104.6-104.5 kj bo’ladi. Bemor
ishini davom ettirib yurgan yengil formasida o’rtacha og’irlikdagi
nagruzkada bo’ladigan shaxs 1 kg tana massasiga taxminan 209.3 kj
oladi. Diabetli
bemor ratsionida oqsillar, yog’lar, uglevodlar va
vitaminlarning fiziologik miqdorlari bo’lishi kerak. Har bir holda 1 gr
oqsillar yoki uglevodlar taxminan 16.7 kj 1 gr yog’lar esa o’rta hisobda
37.7 kj berishini nazarda tutib ovqatlanishning energetik qiymati
hisoblab chiqariladi. Masalan tana massasi 60 kg bo’lgan qandli
diabetning yengil formasi bilan kasallangan bemor o’rtacha og’irlikdagi
jismoniy ishni bajaradi. Bir sutkada u 25.104 kj olishi kerak. Bu
ratsionda uglevodlar 7531 kj oqsillar 3138 kj, yog’lar 1883 kj
(uglevodlar 250-300 gr, oqsillar taxminan 180 gr va yog’lar 50 gr ni
tashkil qiladi.
460
Insulinni parhez ovqatlanish bilan
davolash natija bermagan
hollarda tayinlanadi. Og’ir va o’rta og’irlikdagi qandli diabet va
ketoatsidoz, diabetik koma, diabetik angiopatiya,
jigar zararlangan va
boshqa asoratlari yuzaga chiqqan bo’lsa insulin qo’llashga ko’rsatma
hisoblanadi. Insulin bilan davolash taktikasi: 2,5-5 gr glukozani (o’rta
hisobda 4gr) o’zlashtirish uchun 1TB insulin zarur deb hisoblanadi.
Shunga ko’ra talab etiladigan insulin miqdorini o’zlashtirmagan qand
deb ataladigan, ya’ni siydik bilan ajratiladigan qand miqdorini nazarda
tutgan holda hisob qilinadi. Insulinning sutkalik miqdori bemorning
qonidagi qand miqdoriga va tasir qilish vaqtiga qarab tayinlanadi.
Insulinni ovqatdan 15-20 min oldin teri ostiga yuboriladi.
Keyinchalik
zarur bo’lib qolsa siydik va qondagi qand miqdorini hisobga olib insulin
dozasi oshirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Qandli diabetni
davolashda
Do'stlaringiz bilan baham: