359
84 surat
Laborator
ma’lumotlar.
Kompensatsiyalangan
tsirroz
bo’lgan
kasallarda
biokimyoviy
ko’rsatkichlar
o’zgarmagan
bo’lishi
mumkin.
Biroq
zardobda transaminaza aktivligi oshishi
mumkin.
Dekompensirlangan
tsirrozni
laborator
tekshirganda
anemiya,
leykopeniya, trombotsitopeniya,
bilirubin va
gamma-
globulin
miqdori
oshishi,
shuningdek, albumin, protrombin, xolesterin miqdorining kamayishi
aniqlanadi. Yallig’lanish rivojlangan bo’lsa α
2
globulin, sariqlik
sindromida β globulinlar miqdori oshadi. Biliar tsirrozda qonda lipidlar
va xolesterin miqdori oshadi. Qon zardobida
xolinesteraza faolligi
pasayadi. Tsirroz xuruj qilganda transaminazalar ko’payadi va biliar
tsirrozda ishqoriy fosfataza miqdori oshadi. Siydik bilan ko’p miqdorda
urobilin, sariqlik sindromi kuchli rivojlangan bo’lsa bilirubin ham
ajraladi. Najas bilan sterkobilin ajralishi kamayadi.
Instrumental tekshirish
. Rentgenologik
tekshiruvlar natijasida
qizilo’ngach va gemoroidal venalarni kengayganligini aniqlashimiz
mumkin. UTT (jigar va taloq o’lchamlarining o’zgarishi, bir xil
bo’lmagan jigar parenximasi hamda portal gipertenziya belgilari), KT
(informativ metod), shuningdek jigar punktsiyali biopsiyasi (jarayon
variant va stadiyalarini aniqlash) qo’llaniladi.
Davolash.
Birinchi navbatda etiologik omilni bartaraf etish, ish
rejimini, oqsil va vitaminlarga boy parhez rejimini tashkil qilish. O’tkir,
konservalangan, achchiq, yog’li, yog’da
qovurilgan,
shokolad
maxsulotlari ovqat ratsionidan cheklanadi. Pastki daraja faolligidagi
tsirrozni davolashda umumiy tavsiyalariga rioya qilinishi (kasbga
aloqador va zararli omillarini inkor qilgan holda, gepatotoksik dori
vositalari, alkogolni cheklash kasallik davolashda yordam beradi) zarur.
Agar jigar tsirrozi faol davomiylikda ega bo’lsa, bunda davolash etiotrop
bo’lishi kerak. Astsit va shish chegaralangan osh tuzi va suyuqlik kechki
stadiyalarda
siydik haydovchi vositalar, aldosteron antagonisti
(spironolakton) va boshqa kaliy saqlovchi diuretiklar (triamteron yoki
amilorid) qo’llaniladi. Garchi qizilo’ngachda, gemoroidal venalar
kengaygan bo’lsa qon ketishini oldini olish maqsadida sklerozlovchi
davo chorasi va β blokatorlar va boshqa davo usullari ko’llaniladi. Biliar
360
tsirrozda qichishni oldini olish uchun
ursodezoksixolevoy kislotasi,
ursosan kapsulada, legalon (kartsil) 1-2 drajadan 3 mahal, xafitol
(tsinariks) per os 2 t x 3 m ovqatgacha, tikveol 1-2 t x 3 m 1-3 oy
davomida beriladi. Geptral (L-adenozil-L- metionin) 800 mg og’iz
orqali yoki vena ichiga 2- 4 hafta, gepamerts (L-arnitin-L-aspartat) 10,0
100,0
glyukozaga vena ichiga, α-lipoevaya kislota mushak orasiga
yuboriladi. Α interferon 3 mln dan haftaga 3 marta (pegasis 180 mg 1 m-
haftaga), Ribavirin (kapegus), Rabetol 800-1200 mg/sutkaga buyuriladi.
Tsirrozning og’ir darajalarida jigar transplantatsiyasi qo’llaniladi. O’t
yo’llari tosh bilan tiqilgan va osmalar bilan zararlangan bo’lsa operativ
davo chorasi samaralidir.
Do'stlaringiz bilan baham: