O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali


Jigar va o’t yo’llari kasalliklari



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Jigar va o’t yo’llari kasalliklari 
Mavzuning maqsadi
: Jigar va o’t yo’llari kasalliklari. Surunkali 
gepatitlar. Jigar tsirrozi. Surunkali xoletsistit va pankreatitlar to’g’risida 
tushuncha berish. 
Tayanch atamalar;
Teleangioektaziya (tomir yulduzchalari), 
Palmar eritema, ksantoma, ksantelazma, Dyupyuitren kontrakturasi, 
gnekomastiya, Kayzer-Fleysher halqasi, jigar usti sariqligi, jigar osti 


306 
sariqligi, parenximatoz sariqlik, gepatomegaliya, portal gipertenziya
astsit, meduza boshi, jigar tsirrozi. 
Gepato biliar tizimni anatomo-fiziologik xususiyatlari 
Jigar (hepar)
insonning ichki azolarining eng kattasidir va klin 
shaklidadir. Jigarning asosi ko’krak qafasining o’ng tomoniga old 
tomonga yo’nalgan holda joylashib, yuzasi taloq tomonga qaraydi, silliq, 
yumshoq va yaltirrab turadi. Meyorda jigar yuqoridan V qovurg’a 
orasidan boshlanib, pastki chegarasi o’rta o’mrov chizig’idan o’ng 
qovurg’a yoyigachadir. Jigarning kengligi 25-30 sm, uzunligi 12-20 sm, 
qalinligi 6-10 sm. Nafas olish fazasida jigarning pastki chegarasi 
qovurg’a yoyidan biroz pastga siljiydi. Katta kishilarda jigar massasi 
tana massasining 1/18 qismini va yangi tug’ilgan bolalarda 1/50 qismini 
tashkil qiladi, uning massasi erkaklarda 1500-1800 va ayollarda 1300-
1500 g ni tashkil qiladi. Jigarning diafragmal yuzasi old va yuqoriga 
yo’nalgan bo’lib, diafragmaning pastki yuzasiga yotadi. Jigarning 
vistseral yuzasi pastga va orqaga yo’nalgan. Jigarni diafragma va 
qorinning oldingi devori bilan o’roqsimon bog’lam (lig. falciforme) 
birlashtirib turadi (72 rasm.а). O’roqsimon bog’lamni pastki dumaloq 
(aylana) bog’lam (lig. teres hepatis)
 
deb ataluvchi erkin qismi kindik 
venasini o’zida bog’lab turadi. Venoz bog’lam (lig. coronarium hepatis) 
frontal yuzada joylashib, uning o’ng va chap cheti uchburchak shaklida 
kengayib, o’ng va chap uchburchak bog’lamni (lig. triangulare dextrum 
et sinistrum)
 
hosil qiladi. Jigarning orqa tomonida venoz bog’lamni ikki 
varag’i kengayib, jigarning bir qismi ochiladi va diafragmada yotadi 
(rasm. 72 б). Jigarning bir qismidan tashqari (area nuda) hamma joyi 
vistseral qorin parda (brushina) bilan qoplangan. Qorin parda ostiga 
jigarning yupqa fibroz qobig’ glisson kapsulasi yotadi. Jigarning 
darvoza tomonidan fibroz to’qima organ parenximasiga kirib, qon 
tomirlar bilan birga yo’naladi.
Jigarni makroskopik ko’zdan kechirganda o’ng (lobus hepatis 
dexter), chap (lobus hepatis sinister), kvadrat (lobus quadratus) va dum 
(lobus caudatus) qismi ajratiladi. Kvadrat va dum qismi jigarni o’ng 
qismini tashkil qiladi. Jigar qismi va diafragmal yuzani chegarasi bo’lib 
o’roqsimon bog’lam, vistseral-venoz tirqish (lig. venosum (Arantii)) va 
jigarni dumaloq bog’lami xizmat qiladi. Jigarning o’ng qismi diafragmal 
yuza bilan chap qismini o’roqsimon bog’lam, vistseral tomondan pastki 
kovak vena va o’t qopini tubini (dno) birlashtiruvchi liniya ajratib turadi. 
Jigarning kvadrat qismi o’t qopi, dumaloq bog’lam va jigar darvozasi 


307 
orasida joylashgan. Dum qismi pastki kovak vena, jigar darvozasi va 
venoz bog’lam orasida joylashgan. Jigarning dum va kvadrat qismi 
orasidagi chuqurchada jigar arteriyasi, darvoza venasi va umumiy o’t 
yo’li o’tgan va u jigar darvozasidir (porta hepatis)(rasm.72 в).
Jigarning o’ng qismi chap qismidan katta va o’t qopiga yaqin 
joylashgan, o’ng qism davomi shakliga ko’ra tilga oxshab, ”Ridel qismi” 
deyiladi. Bu ko’pincha jigar kattalashgan deb xato qilish mumkin. 
Qon tomirlar va o’t yo’llarining taxsimlanishiga ko’ra segmentlarga 
bo’lininb, jigarda 8 ta segment mavjud (73 rasm). Uchinchi qator 
darvoza venasi, jigar arteriyasi va o’t yollari bilan o’rab olingan jigar 
parenximasini segment deb tushunamiz. Jigar qismlari (lobulus hepatis)
 
orasida uncha ko’p bo’lmagan biriktiruvchi to’qima, jigar qismlari 
orasidagi o’t yo’llari, arteriya va vena joylashgan. Bular jigar uchligi 
hisoblanadi. Jigar qismlari bir biri bilan bog’lanib turgan jigar 
plastinkalari (balka) lardan tuzilgan. Jigar qismlarini markazida 
markaziy vena joylashgan. Jigar plastinkalari orasida sinusoid 
kapilyarlar 
joylashgan. 
Sinusoid 
kapilyarlar 
qonni 
qismlar 
periferiyasidan uni markaziga yani markaziy venaga haydaydi. 


308 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish