Oshqozon va 12 barmoqli ichak yara kasalligi
Meda va 12 barmoqli ichak yara kasalligi – bu organizmning
surunkali davom etuvchi va tеz-tеz rеtsidivlovchi umumiy kasalligi
bo’lib, ularning shilliq qavatda yarali dеfеktlar paydo bo’lishi bilan
kechadi.
Yaraning paydo bo’lishi meda shirasi tarkibidagi kislotaga
bog’liq.
S
hilliq qavat butunligi xlorid kislota va pepsin saqlagan meda
shirasi ta’sirida buziladi. Shilliq qavatdagi yara dispeptik sindrom va
qorindagi uzoq davom etuvchi og’riqning asosiy sababi hisoblanadi.
Kasallik silliq kechib, unga mavsumiylik xos (bahor va kuz).
Yara kasalliklari ichida 12 barmoqli ichak yarasi ko’proq uchraydi.
Bundan tashqari meda ichak traktida simptomatik (ikkilamchi) yaralar
ham yuzaga keladi. Bularga tireotoksikozda kelib chiqadigan, nosteroid
yallig’lanishga qarshi dorilar, Kushing kasalligida va stressdan keyingi,
bazi bir yurak qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak kasalliklari tufayli
kelib chiqadigan, Zollinger-Ellison sindromi (meda osti bezi adenomasi,
gastrinoma bilan yara birga kelishi), Kurling (kuyishlarda) yuzaga
keladigan yaralarni kiritish mumkin.
279
Yara kasalliklari joylashishi bo’yicha;
Meda yarasi
-kardial,
subkardial, tana qismi, antral qismi, pilorik qismi yarasi uchraydi.
12
barmoqli ichak yarasi;
Bulbar, postbulbar yaralar uchraydi. Yaralar
soni bo’yicha bir yoki ko’p yara bo’lishi mumkin. Yaralar; xuruj davri;
chandiqlanish davri; remissiya davri farqlanadi;
Etiologiyasi.
Yara rivojlanishi shilliq qavat butunligini
ta’minlaydigan himoya va agressiya omillar o’rtasidagi balans buzilishi
bilan ta’riflanadi. Yara kasalligini etiologiyasida genetik moyillikni ham
ahamiyati kattadir. Avloddan avlodga o’tishi to’g’risida aniq malumot
yo’q. Yara hosil bolishiga olib keluvchi sabablar quyidagilar bo’lishi
mumkin.
Infektsion nazariya 1983 yilda Helikobakter pyliori Avstraliyalik
(B.Marshall, A. Warren) olimlar aniqlashdi (63 surat)
Pepsinogenni ko’payishi Peptik - 1856-1878 y (C. Bemard, H.
Quincke);
Yallig’lanishdan keyin (gastrit)-1817-1923 y (F. Uden va G.E.
Konjetzny),
Qon-tomir nazariyasi (Vaskulyar - 1852 y (R. Virchov)),
Stress -1953 y (Seiye),
Kislotali peptik omil – 1956 y (L.R. Dragstedt),G hujayralar
giperfunksiyasi;
Kortiko-vistseral – 1949 y (k.M. Bikov, I.T. Kurtsin),
Travmatik - 1912 y (L. Aschoff),
I (0) qon guruhi;
Alfa antitripsin yetishmovchiligi;
Alfa makroglobulin yetishmovchiligi;
Mukoproteidlar yetishmovchiligi;
B5, B15, B35 HLA antigen mavjud kishilarda yara ko’proq
kuzatiladi.
Patogenez.
Kasallik rivojlanishiga agressiv va himoya omillari
orasidagi muvozanatni buzulishi yotadi. Agressiv omillar kuchi oshsa,
himoya omillar ham kompensator osha boradi yoki zaiflasha boradi.
Agressiya omillari va gastroduodenal gipermotor diskineziya medadagi
oziq-ovqat va meda shirasini tezda 12 barmoqli ichakka evakuatsiya
qiladi va meda shirasi tarkibidagi xlorid kislota shilliq qavatga tasir
qiladi.
280
Do'stlaringiz bilan baham: |