Qizilo’ngach kasalliklari
Amaliyotda qizilo’ngach kasalliklari bilan kasallangan bemorlar
tez-tez uchraydi. Bunday kasalliklar qatoriga rivojlanish anamaliyalari,
funktsional kasalliklar (qizilo’ngach diskineziyasi), diafragmaning
qizilo’ngach yorig’i churrasi, qizilo’ngach shilliq qavati yallig’lanishi
(ezofagit), qizilo’ngach peptik yarasi, kardiospazm, divertikulalar,
qizilo’ngachning yaxshi va yomon sifatli o’smasi kiradi.
So’rab-surishtirish;
Shikoyatlar. Qizilo’ngach kasalliklari bilan
kasallangan bemorlar ovqat luqmasining qiyinchilik bilan
qizilo’ngachdan o’tishi (disfagiya), ovqat luqmasining og’riq bilan
qizilo’ngachdan o’tishi (odenofagiya), qusish, kekirish, jig’ildon
qaynashi, so’lak ajralishidan shikoyat qiladilar.
Disfagiya
(yunoncha dys-qiyinchilik, funksiya buzilishi, phagein-
yemoq) ovqat luqmasining qizilo’ngachdan o’tishining buzilishidir va
qizilo’ngach kasalliklarida asosiy simptom hisoblanadi. Bunda bemorlar
ovqat luqmasining qizilo’ngachda turib qolganini, og’riq hamda
ovqatlanayotganda qizilo’ngachda (to’sh ortida) noxush his bo’lishini
sezadilar. Qizilo’ngach kasalliklarida disfagiya doimiy va vaqtinchalik
bo’lishi mumkin. Doimiy disfagiya qizilo’ngachning organik
264
zararlanishlarida
(yangi
hosilalar,
qizilo’ngachning
chandiqli
strukturalari) yuzaga keladi. Kasallik boshlanishida faqat qattiq
ovqatlarning o’tishi qiyin bo’ladi. Keyinchalik qizilo’ngach qisilishining
kuchayishi hisobiga yumshoq hatto suyuq ovqatning ham o’tishi
qiyinlashadi.
Paroksizmal disfagiya qizilo’ngachning funktsional jihatdan
zararlanishida uchraydi (ezofagospazm) va bu tez-tez ovqatlanish hamda
hayajonlanishga olib keladi. Yumshoq hamda suyuq ovqatning
qizilo’ngachdan o’tishi qiyinlashadi, qattiq ovqatning o’tishi esa
nisbatan osonroq kechadi (paradoksal disfagiya).
Qizilo’ngachdan ovqat o’tishining qiyinlashuvi kekirdak va
qalqonsimon bez o’sma kasalliklarida; ko’krak qafasining yomon sifatli
o’smasida, mediastenal limfa tugunlarining kattalashuvida, aorta
anevrizmasida; kardiya axalaziyasi (yutinganda kardiyaning reflektor
tarzda ochilmasligi bilan bog’liq kasalliklar), peptik strikturalar hamda
qizilo’ngach o’smalarida kuzatiladi. Chap bo’lmacha gipertrofiyasida
qizio’ngachni siljitishi munosabati bilan ham kuzatilishi mumkin.
Og’riq.
Qizilo’ngach kasalliklarida og’riq doimiy, xurujsimon
xarakterda bo’ladi, to’sh orqasiga lokalizatsiyalanadi, yelkaga, bo’yinga,
ko’krak qafasining chap tarafiga irradiatsiyalanadi, stenokardiya
xurujiga o’xshaydi. Funktsional kasalliklarda (diskineziya) og’riq
ko’pincha qizilo’ngach devori spastik qisqarishi bilan bog’liq bo’ladi.
Ezofagitda og’riq qizilo’ngach shilliq qavatining yallig’lanishi bilan
bog’liq. Og’riqni bunday hollarda yuzaga kelishi ko’p ovqat yeganda,
tana oldinga egilganda, gorizontal holatda bo’lganida oshqozondagi
moddalarning qizilo’ngachga otilishiga (gastro-ezofagial reflyuks
kasalligi) olib keladi. Yomon sifatli yangi hosilalarda bemorlar
qizilo’ngach seroz qavatida o’smaning o’sishi bilan bog’liq bo’lgan
doimiy iztirobli og’riqdan shikoyat qiladilar.
Qusish.
Qizilo’ngachdan qusish qizilo’ngachning qisilishida yuz
beradi (masalan, chandiqli strikturalar yoki o’smalarda). Oshqozon
hamda 12 barmoqli ichak kasalliklaridagi qusishdan farqli ravishda,
qizilo’ngachdan qusishda ovqat luqmasi qizilo’ngachda ushlanib
qolinadi, qusishdan oldin ko’ngil aynimaydi hamda oldingi qorin
devoridagi muskullar ishtirokisiz amalga oshadi. Bunda qusiq massasi
HCL kislotasi, pepsin tutmaydigan so’lak aralashgan kam o’zgargan,
chaynalgan ovqat massasidan iborat bo’ladi. Qizilo’ngach rakida qusiq
265
massasi yiring hidiga ega bo’lib, allaqachon iste’mol qilingan ovqat
qoldiqlarini, ma’lum miqdorda shilliq tutib, qon aralashgan bo’ladi.
Ovqat luqmasi bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |