O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Qizilo’ngach kasalliklari 
Amaliyotda qizilo’ngach kasalliklari bilan kasallangan bemorlar 
tez-tez uchraydi. Bunday kasalliklar qatoriga rivojlanish anamaliyalari, 
funktsional kasalliklar (qizilo’ngach diskineziyasi), diafragmaning 
qizilo’ngach yorig’i churrasi, qizilo’ngach shilliq qavati yallig’lanishi 
(ezofagit), qizilo’ngach peptik yarasi, kardiospazm, divertikulalar, 
qizilo’ngachning yaxshi va yomon sifatli o’smasi kiradi. 
So’rab-surishtirish; 
Shikoyatlar. Qizilo’ngach kasalliklari bilan 
kasallangan bemorlar ovqat luqmasining qiyinchilik bilan 
qizilo’ngachdan o’tishi (disfagiya), ovqat luqmasining og’riq bilan 
qizilo’ngachdan o’tishi (odenofagiya), qusish, kekirish, jig’ildon 
qaynashi, so’lak ajralishidan shikoyat qiladilar. 
Disfagiya
(yunoncha dys-qiyinchilik, funksiya buzilishi, phagein-
yemoq) ovqat luqmasining qizilo’ngachdan o’tishining buzilishidir va 
qizilo’ngach kasalliklarida asosiy simptom hisoblanadi. Bunda bemorlar 
ovqat luqmasining qizilo’ngachda turib qolganini, og’riq hamda 
ovqatlanayotganda qizilo’ngachda (to’sh ortida) noxush his bo’lishini 
sezadilar. Qizilo’ngach kasalliklarida disfagiya doimiy va vaqtinchalik 
bo’lishi mumkin. Doimiy disfagiya qizilo’ngachning organik 


264 
zararlanishlarida 
(yangi 
hosilalar, 
qizilo’ngachning 
chandiqli 
strukturalari) yuzaga keladi. Kasallik boshlanishida faqat qattiq 
ovqatlarning o’tishi qiyin bo’ladi. Keyinchalik qizilo’ngach qisilishining 
kuchayishi hisobiga yumshoq hatto suyuq ovqatning ham o’tishi 
qiyinlashadi. 
Paroksizmal disfagiya qizilo’ngachning funktsional jihatdan 
zararlanishida uchraydi (ezofagospazm) va bu tez-tez ovqatlanish hamda 
hayajonlanishga olib keladi. Yumshoq hamda suyuq ovqatning 
qizilo’ngachdan o’tishi qiyinlashadi, qattiq ovqatning o’tishi esa 
nisbatan osonroq kechadi (paradoksal disfagiya). 
Qizilo’ngachdan ovqat o’tishining qiyinlashuvi kekirdak va 
qalqonsimon bez o’sma kasalliklarida; ko’krak qafasining yomon sifatli 
o’smasida, mediastenal limfa tugunlarining kattalashuvida, aorta 
anevrizmasida; kardiya axalaziyasi (yutinganda kardiyaning reflektor 
tarzda ochilmasligi bilan bog’liq kasalliklar), peptik strikturalar hamda 
qizilo’ngach o’smalarida kuzatiladi. Chap bo’lmacha gipertrofiyasida 
qizio’ngachni siljitishi munosabati bilan ham kuzatilishi mumkin. 
Og’riq.
Qizilo’ngach kasalliklarida og’riq doimiy, xurujsimon 
xarakterda bo’ladi, to’sh orqasiga lokalizatsiyalanadi, yelkaga, bo’yinga, 
ko’krak qafasining chap tarafiga irradiatsiyalanadi, stenokardiya 
xurujiga o’xshaydi. Funktsional kasalliklarda (diskineziya) og’riq 
ko’pincha qizilo’ngach devori spastik qisqarishi bilan bog’liq bo’ladi. 
Ezofagitda og’riq qizilo’ngach shilliq qavatining yallig’lanishi bilan 
bog’liq. Og’riqni bunday hollarda yuzaga kelishi ko’p ovqat yeganda, 
tana oldinga egilganda, gorizontal holatda bo’lganida oshqozondagi
moddalarning qizilo’ngachga otilishiga (gastro-ezofagial reflyuks 
kasalligi) olib keladi. Yomon sifatli yangi hosilalarda bemorlar 
qizilo’ngach seroz qavatida o’smaning o’sishi bilan bog’liq bo’lgan 
doimiy iztirobli og’riqdan shikoyat qiladilar. 
Qusish.
Qizilo’ngachdan qusish qizilo’ngachning qisilishida yuz 
beradi (masalan, chandiqli strikturalar yoki o’smalarda). Oshqozon
hamda 12 barmoqli ichak kasalliklaridagi qusishdan farqli ravishda, 
qizilo’ngachdan qusishda ovqat luqmasi qizilo’ngachda ushlanib 
qolinadi, qusishdan oldin ko’ngil aynimaydi hamda oldingi qorin 
devoridagi muskullar ishtirokisiz amalga oshadi. Bunda qusiq massasi 
HCL kislotasi, pepsin tutmaydigan so’lak aralashgan kam o’zgargan, 
chaynalgan ovqat massasidan iborat bo’ladi. Qizilo’ngach rakida qusiq 


265 
massasi yiring hidiga ega bo’lib, allaqachon iste’mol qilingan ovqat 
qoldiqlarini, ma’lum miqdorda shilliq tutib, qon aralashgan bo’ladi. 
Ovqat luqmasi bilan 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish